Новые поступления литературы 2013г.

На узбекском языке

 

Zokirov O’.T., Mamajonov T., Bo’riyev E.S.

    Oqava suv tarmoqlari qirilmalari.-T.: Ilm ziyo,2012.-96 b.

Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishi 3580400 — «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» kasbi hamda 3580401 — «Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi» yo'nalishi bo‘yicha tahsil oladigan o‘quvchilar uchun tavsiya etilgan.

O‘quv qo‘llanmada shahar va sanoat korxonalarida hosil bo‘ladigan oqova suvlarining turlari va ularni oqizish, tozalash, tozalash inshootlarida tutilgan chiqindilarga ishlov berish, chiritish va tozalangan oqova suvlarni zararsizlantirib, suv havzalariga oqizish usullari va qurilmalarining ishlatilishi bayon qilingan.

Norqulov A., Nurmurodov S., Turkmenov X.

    Metallar texnologiyasi.-T.:Iqtisodiyot-Moliya,2012.-192 b.

O‘quv qo‘llanmada metallar texnologiyasi fani haqida umumiy tushunchalar, qora va rangli metallar metallurgiyasi, qotishmalar nazariyasi, metallami mexanik sinash usullari, konstruksion materiallar, metallarga termik va kimyoviy-termik ishlov berish usullari, rangli metallar va ulaming qotishmalari, metall va qotishmalarning tarkibi, strukturalari, xossalari, aniq o‘lchamli, detal tayyorlash usullari, nometall materiallar (plastmassa, yog‘och, shisha, rezina va boshqalar), kompozitsion materiallar bo'yicha ma’lumot berilgan. O‘quv qo‘llanma metallar texnologiyasi fani va shu yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlariga hamda bakalavr va magistrlar, olim va mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim- izlanuvci foydalanishi uchun moijallangan.

Fayziyev R.

    Ish joylarni kompyuterlashtirish.-T.: O’zbekiston,2012.-200 b.

O‘quv qo'llnnmnda avtomatlashtirilgan ish joylari, turlari va unga qo‘yiladigan talablar tahlil etllgan, Axborotlashtirishning umumiy masalalari ko‘rib chiqilgan boblarda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, tizimlar tushunchasi va ularning klassifikatsiyasi bayon etllgan. Ularda iqtisodchi-foydalanuvchilar ehtiyojini hisobga olib, kompyuter tarmoqlarida ishlashda tizim va texnologiyalarning kerakli ta’minot turlarini, telekommunikulslya vosltalarlni qo'llashga alohida e’tibor berilgan.

 

Baratov R,J., Mahmudov P.M., Djalilov A.U.

    Elektr o’lchash asboblari va elektr o’lchash.-T.:2012.-128 b.

Ushbu o‘quv qo'llanma qishloq va suv xo'jaligini avtomatlashtirish, elektro- energetika, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va elektromexanika yo'na- lishlarida ta’lim olayotgan kollej talabalari uchun mo'ljallangan. O‘quv qo'llan- mada asosiy o'lchov birliklari, o‘lchash asboblari, o‘lchash xatoliklari va o'lchash usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari, o‘quv qo'llanmada nazorat-o'lchash asboblarining asosiy elementlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari, ularni ishonchlash va tekshirish masalalari hamda laboratoriya ishlari kel­tirilgan bo‘lib, bu ma’lumotlar kasb-hunar kollejlarida malakali texnik xodimlar tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.

 

Turdiyev M.

    Elektrotexnika va elektroiiika asoslari.-T.:O’qituvchi,2012.-128 b.

Ushbu qo'llanma kasb-hunar kollejlarining barcha yo‘nalishIari uchun tuzilgan. Davlat ta’Iim standartlari o'quv dasturi asosida va “Elektrotexnika va elektroiiika asoslari” predmeti kasb-hunar kollejlarining elektroenergetika asosiy bo‘lmagan yo'nalish va mutaxassisliklari o‘quv dasturlariga muvofiq yozilgan. Qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining talabalari uchun mo‘ljallangan.

Taslimov A.D., Rasulov A.N., Usmonov E.G., Rafikova G.R.

    Elektr ta’minoti.-T.:Ilm Ziyo.2012.-176 b.

Ushbu o‘quv qo'ilanniada elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalarining turlari, stansiyalar va podstansiyalarning o‘z ehtiyoj iste’molchilari va ularni energiya bilan ta’mlnlash sxemalari, elektr yuklamalar grafigi, elektr yuklamalarini aniqlash usullari bayon qilingan. Shuningdek, tsex elektr ta’minotining sxemalari, quvvat va energiya isrofini aniqlash, elektr uskunalarini texnika xavfsizligi bo'yicha zaminlash masalalari va releli himoya masalalari ham yoritilgan,

 

Mahmudov G’.N., Zikrllayev H.F.

Avtomobil dvigateli va boshqa agregatlarni electron boshqarish.-T.:Ilm Ziyo.2012.-104 b.

O'quv qo‘llanmada avtomobil dvigateli va boshqa agregatlarini elektron boshqarishga taalluqli tizimlar ko‘rib chiqilgan. Xususan, zamonaviy dvigatellardagi yonilg‘i purkash tizimlarining tarkibiga kiruvchi asboblarning tuzilishi, ishlashi, ulami tekshirish va nosozliklarini aniqlash masalalari batafsil yoritiigan. Avtomobil dvigatelini elektron boshqarishda ishlatiladigan asosiy datchik va ijrochi mexanizmlaming tuzilishi va ishlashi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalami kamaytirish borasida tatbiq etilgan elektron boshqarish tizimlariga yetarlicha e’tibor berilgan. Shuningdek, avtomobil tormoq tizimi, osmasi, gidromexanik avtomat uzatmalar qutisini elektron boshqarish asoslari ham qisqacha ko‘rib chiqilgan.

 

Isroilov R., Sharipov R.M., Matkarimov K.J. , Pirmatov R.M., Inomov A.M., G'aniyev G'.A.

   “Avtotransportda hisob va hisobot”.-T.:2012.- 408 b.

Mazkur o'quv qo'llanma “Avtotransportda hisob va hisobot” fani bo'yicha aviomobil, transport va qishloq xo'jaligi mashinalari, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari, transport vositalarini ishlaiish va ta'miriash, transportda tashish va boshqarishni tashkil ctish yo'nalishidagi kasb-hunar kollcjlari talabalari uchun namunaviy dasiurlnr asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanmada mamla- katimizdagi avtokorxonalarda statistik kuzatish, olingan kuzaluv ma'lumotlarini tahrirlash, ulaming o'rtacha miqdori, nisbiy miqdorlar bo'yicha o'rganish, ma'lumotlami dinamika qaiorlari bo'yicha o'rganish, transport korxonasida tashish stalistikasi kabi statislik ma'lumotlar hamda kotxonalarda hisob va hisobotlarni tuzilishi batafsil yoritib berilgan.

Magdiyev Sh.P., Rasulov H.A.

      Avtomobil va dvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash.-T.: Ilm Ziyo.2012.-208 b.

O'quv qo'llanmada O‘zbekiston Respublikasida avtomobil sanoatmi rivojlantirish bo'yicha hukumatiiniz qarorlari, xalq xo'jaligida avtotransportning roli borasidagi ko‘rsatmalar, avtotransportda ilm-fan yutuqlari, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlashning vazifasi hamda mazmuni, ura boshqa fanlar bilan aloqadorligi, avtotransport harakatlantiruvchi tarkibiga texftik xizmat ko'rsatish asoslari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo'llaniladigan jihozlar, ta’ifidrlash texnologiyasi va joriy ta’tnixlash ishlarini tashkil etish hamda avtomobillar servisi to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriigan.

Abdurahmonov A., Mahmudov G'., Yo'ldoshev E. 

     Avtomobil elektr jihozlarini ishlatish, diagnostika qilish va ta’mirlash.3-T.: Ilm Ziyo.2012.-144 b.

O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlarining avtomobil transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ixtisosligi bo'yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda avtomobillaming elektr jihozlarini ishlatish va ulaiga xizmat ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlangan. Kitobda avtomobillaming elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlashning asosiy tamoyillari, elektr jihozlariga taalluqli asbob va agregatlardagi nosozliklarni aniqlash uslublari, ulami ta’mirlash tartiblari keng yoritilgan. Nosozliklarni aniqlash va diagnostika qilishda ishlatiladi- gan qurilma va asboblar tuzilishi hamda ishlatilishiga alohida e’tibor berilgan.

Matkarimov K.J.

     Avtotransportda qonunchilik asoslari.-T.:Davr nashriyoti,2012.-336 b.

Mazkur o‘quv qoilanma «Avtotransportda qonunchilik asoslari» fani bo‘yicha 3521200-Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlashhamda 3521203-Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish tayyorlov yo'nalishlarining o‘qtuvchilari uchun namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu o‘quv qoilanmadan avtomobil transporti yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, oily o‘quv yurti talabalari, transport sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin.

Qodirov S.M.

     Dvigstellar va avtomobil nazariyasi.-T.:Cho’lpon.2012.-328 b

Kasb-hunar kollejlarining avtomobilsozlik, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan o'quv qo'llanmaning birinchi qismida ichki yonuv dvigatellarida sodir bo‘ladigan jarayonlaming nazariyasi hamda ulaming ish sikli, quwati va yonilg‘ining kam sarilanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan; yonilg'i va uning kimyoviy reaksiyalari bayon etilgan. Karbyuratorli dvigatellarda yonilg'i va havo aralashtirish apparatining ishlash prinsipi, dizellarda yonilg'i berish apparatlarining ishlashi hamda yonuvchi aralashma hosil qilish jarayonlari ко‘rib chiqilgan.

Gurin V.F., Klepikov V.D. , Reyn V.V. , Qodirov S.M., Do'stmuhamedov Q.N..

    Avtomobilsozlik texnologiyasi.-T.:Sharq.2012.-304 b.

Darslikda avtomobillar va traktorlaming ayrim detallarini zavod sharoitida yasab, yig‘ib, tayyor avtomobil (traktor) holiga keltirilgunga qadar bo‘ladi- gan jarayonlar bayon etilgan. «Технология автотракторостроения» (М.: «Машиностроение», 1981; В.Ф. Гурин, В.Д. Клепиков, В.В. Рейн) va «Технология автомобилестроения» (М.: «Машиностроение», 1986; В.Ф. Гурин, М.Ф. Гурин) kitoblaridan tarjima qilinib, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, t.f.d., professor S.M. Qodirov va TAYI professori Q.N. Do'stmuhamedovlar tomonidan kasb-hunar kollejlari o'quv dasturiga moslashtirilgan, «O‘zDEUavto» va «SamKochavto» zavodlari haqidagi boblar bilan to‘ldirilgan.

Qulmuhamedov J.R., Qodirxonov M.O.

     Avtomobillarni sinash.-T.: Iqtisod-Moliya,2012.-60 b.

Ushbu o'quv qo'llanma shu yo'naltshdagi kollej oquvchilari uchun moljal- langan bo'lib, undan instilut bakalavriari, avtosanoal korxonalarida ishlovchi muhandis, texnik xodimlar ham foydalanishlari mumkin.

O'quv qo’llanma avtomobillami sinashning maqsad va vazifalari, sinash lurlarining lasnifi, sinash davrida ishlatiluvchi o'lchash va qayd etish jihozlari, o'lchash-axborot lizimi, aviomobil va agregailami siendda va yo’lda sinash usullari, transport vosilalarining ckspluataision xususiyailarini sinash kabi masalalami qamrab olgan.

Fanni o'zlashtirishda o'quvchitaming rcfcrat yozishi maqsadga muvo- fiqiigini hisobga olgan holda ulaming mavzulari korilgan.

Qulmuhamedov J.R., Asomiddinov, Nazarov K.M.

Xususiy avtotransport vositalarida  yo’lovchilar tashishni tashkil etish.-T.:Ilm Ziyo.2012.-120 b.

Qo'llanmada bozor iqtisodiyotining (shu jumladan, transport xizmati bozorining) asosiy tushunchalari, uni hayotga tatbiq etishda «o‘zbek modeli»ning o'ziga xos xususiyatlari, avtotransportni monopoliyadan chiqarish va bosh- qaruvni yanada takomillashtirish. xo'jalik yurituvchi subycktlar faoliyatini litsenziyalash asoslari, ochiq tenderlarni tashkil etish va ularda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkama- sining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, boshqa nofmativ-huquqiy huj- jatlar va yo‘riqnomalarning ahamiyati, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli kabi masalalar yoritilgan.

Matkarimov K.J., Mahmudov B.J., Norqulov A.A..

     Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar.-T.:Talqin.2012.-304 b.

Mazkur o'quv qo'llanma «Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar» fani bo'yicha avtomobil, transport va qishloq xo'jaligi mashina- lari, traktorlari yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun namunaviy dastur asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanmadan avtomobil, transport va qishloq xo'jaligi mashinalari yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.

Xashimov D.I., Axmedov D.А.

     Avtomobil rama va kuzovlarini ishlab chiqarish texnologiyasi.-T.:Iqtisodiyot-Moliya,2012.-96 b.

Mazkur o‘quv qo'llanmada avtomobil kuzovlari list materiallarini sovuqlayin shtamplash, rama va kuzovlami ishlab chiqarishda qo‘lla- niladigan materiallar, stamplaming konstruksiyasi, payvandlash uslublari va avtomatik liniyalarda yig‘ish-payvandlash, shuningdek, kuzovlami ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yengil qotishmalar va materiallar, kuzov o‘lchamlarini yakuniy va birlamchi nazorat qilish uslublari va jihozlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu o‘quv qo'llanma yer usti transport tizimlari yo‘nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

Ahmedov R.M., Ahmedov F.R.

     Yonilg‘i quyish shahobchasida servis xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.-T.:Noshir,2012.-128 b.

Mazkur o‘quv qo‘llanma «Yonilg‘i quyish shahobchalarida servis xizmat ko‘rsatishni tashkil etish» fani bo‘yicha yonilg‘i quyish shahobchalariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun namunaviy dastur asosida tayyorlangan.

Qoilanmada avtomobill, traktor va qishloq xo'jalik mashinalariga yonilg'i quyish shahobchalarida texnik xizmat ko‘rsatish, ishlatish va uskunalami ta’mirllash yoritilgan.

Xudoyberdieva M., Xudoyberdiyev A. , Otaxonov Sh. .

     Mahsulot sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari.-T.:Ilm Ziyo,2012.-168 b.

Ushbu o‘quv qo'llanmada mahsulot sifati, uning iste’molchi salomatligi, hayoti hamda atrof-muhitga bezararligi mezonlariga qo‘yiladigan davlat ta- lablari, standartlashtirishning maqsadi, vazifalari, kategoriyalari, turlari va mahsulotlarni kodlashtirish, ular sifat ko‘rsatkichlarini boshqarishning huquqiy tamoyillari yoritilgan.

Shuningdek, «Umumiy ovqatlanish» yo‘nalishi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan normativ jhujjatlar, standartlar, texnik shartlar islab chiqish uslublari haqida ma’lumot berilgan.

Abdullayev Yo., Qudratova O.

     Statistika.-T.:Iqtisod-Moliya,2012.-296 b.

Ushbu darslik «Iqtisodiyot» yo'nalishi bo'yicha kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u statistika fanining uch tarkibiy qismini o‘z ichiga oladi, ya’ni Statistikaning umumiy nazariyasi, Makroiqtisodiy statistika, Mikroiqtisodiy statistika. Birinhi qismda statistika fanining nazariy va metodologik masalalari, ikkinchi qismda makroiqtisodiy kategoriyalar va ko‘rsatkichlar, uchinchi qismda esa qishloq xo‘jaligi statistikasi misolida mikroiqti­sodiy kategoriya va statistik ko'rsatkichlar tizimi yoritilgan.

Inoyatov U.I., Yusupova S.D., Salimbekova F.R.

    Buxgalteriya hisobi.-T.:Sharq,2012.-288 b.

Mazkur «Buxgalteriya hisobi» o‘quv qo'llanmasi korxona (tashkilot)larda buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi, ulaming faoliyatida hisob ishlarining yuritilishi bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar asosida tuzilgan bo'lib, amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda Davlat ta’lim standartlariga mos ravishda tayyorlandi.

Ushbu qo‘llanmadan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda «Bux­galteriya hSsobi»ni o‘rgamshga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foyda- lanishlari mumkin.

Yo’ldoshev O’.R., Rahimov O.D., Xo’jaqulov K.T., Hasanova O.T.

     Mehnat muhofazasi va texnika xafsizligi.-T.:Fan va texnologiya.2012.-200 b.

O'quv qo'llanmada fanning maqsadi, vazifalari, asosiy bo’limlari va ularda o‘rganiladigan masalalar, rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan o'zaro bog‘liqligi, fanning nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yongin xavfsizligi asoslari hamda jarohatlanganda yoki shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalari va usullari yoritilgan.

O‘quv qo'llanma kasb-hunar kollejlarining «Neft va gaz ishi» ta!lim yo‘nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. Undan boshqa vo‘nalish talabalari. pedagoglar va soha mutnxassislari hamda oliy o'quv yurtlari talabalari ham foydalanishlari mumkin.

Sabirjanova D., Boymatova U.

    Ishlab chiqarishni tashkil etish va iqtisodiyot.-T.:Noshir,2012.-334 b.

Ushbu o‘quv qo'llanma iqtisodiyot kolleji va litseylarida ta’lim olayot- gan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy maqsadi qanday qilib bozor iqtisodiyoti sharoitida muvaffaqiyatli ishlab chiqarish faoliyatini olib borish va uning asosiy qonun-qoidalariga asosan ishlab chiqarishni rivojlan- tirish maslalarini oydinlashtirishdir. Ya’ni, boshqacha qilib aytganda, bo­zor iqtisodiyoti qonunlari asosida qanday qilib atrof-muhitdagi hayot bilan uyg‘unlashib yashash va unda muvaffaqiyatli ishlashning asosiy tamoyillari amaliy yo'nalishlarida atroflicha yoritiladi.