Новые поступления литературы 2015г.

На узбекском языке​
 

Karimov I.A.

Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. - Toshkent: 0‘zbekiston, 2015.- 304 b.

Mazkur to‘plam bilan tanishgan kitobxon undan o‘rin olgan barcha fikr-mulohazalarni o‘zaro uzviy bog‘lab turadigan asosiy fazilat - bu Vatanimiz istiqloliga fidoyilik, shu zamin, shu xalqning farovonligi va baxt-u iqboli, yorug‘ kelajagi uchun har qanday sinov va mashaqqatlarga tayyor turish, shu ulug‘ maqsadlarga erishishni oliy saodat, o‘z hayotining mazmuni deb biladigan insonning - betakror shaxs, ulkan davlat arbobining bezovta va bedor qalbi, yurak harorati, keng tafakkuri, mustahkam iroda va e’tiqodi ekaniga amin bo‘ladi.

 

Каримов И.А.

Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш - энг олий саодатдир.- Тошкент: 0‘zbekiston, 2015. -304 б.

Мазкур тўплам билан танишган китобхон ундан ўрин олган барча фикр-мулоҳазаларни ўзаро узвий боғлаб турадиган асосий фазилат - бу Ватанимиз истиқлолига фидойилик, шу замин, шу халқнинг фаровонлиги ва бахту иқболи, ёруғ келажаги учун ҳар қандай синов ва машаққатларга тайёр туриш, шу улуғ мақсадларга эришишни олий саодат, ўз хаётининг мазмуни деб биладиган инсоннинг - бетакрор шахе, улкан давлат арбобининг безовта ва бедор қалби, юрак харорати, кенг тафаккури, мустаҳкам ирода ва эътиқоди эканига амин бўлади.

Bakiyeva G. va boshq.

English: Student’s Book.-Toshkent: O'zbekiston, 2014. -176 b.

 

This is a set of course books created according to the CEFR for the B1 level for the first year students of vocational colleges arc academic lyceums. It consists of a Student’s Book, a Student’s Workbook and a Teacher’s Book (+DVD). It is the first new course a book written for Uzbekistan. 

 

Rashidova F.va boshq.

ENGLISH: Student’s Book.-Toshkent: 0‘zbekiston, 2015. - 104 b.

This is a complete English-language teaching packet for the second year students of Secondary Specialized and Professional Education in Uzbekistan. According to the State Standard of Learning, Teaching and Assessing Foreign Languages this course material covers the CEFR requirements of language skills and competences particularly, focuses on improving writing. Due to the State Standard writing skill is crucial in organizing the course project, as well as the presentation tasks will help students to instill confidence in public speaking and presenting skills.

Mahmudov G.N.

     Avtotransport vositalarining elektr jihozlari: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-Toshkent.: “ILM ZIYO”,2014.-262 b.

   Darslik kasb-hunar kollejlarining avtotransport sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo‘lib, unda avtomobillarning elektr va elektron jihozlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, tavsifnomalari keltirilgan. Ayniqsa, zamonaviy avtomobillarga o‘rnatilayotgan yangi elektr jihozlar: «xizmat ko‘rsatilmaydigan» va «kam xizmat ko‘rsatiladigan» akkumulatorlar, kontaktsiz (cho‘tkasiz) va kompakt (ixcham) tuzilishga ega bo'lgan generatorlar, ichki reduktorli va doimiy magnitdan uyg‘otiladigan starterlar, elektron va mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimlari, axborot-diagnostik va yoritish tizimlariga katta e’tibor berilgan. Avtomobillarga oxirgi yillarda jadal ravishda joriy qilinayotgan benzinli va dizel motorlari va boshqa agregatlarni elektron boshqarish tizimlari ham ancha batafsil yoritilgan. Darslikning har bir bolimi muayyan tizimda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozliklar va ularni bartaraf qilish usullari hamda nazorat savollari bilan yakunlangan.

Nurmatov va boshq.

       Gidravlika: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo`llanma. – Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. –  Toshkent: “ILM ZIYO”, 2014. – 216 b.: rasm.

Ushbu o‘quv qo‘llanmada gidravlikaning nazariy asoslari, gidravlik mashinalarning amaldagi tatbiqi, suyuqliklarning teshik va qisqa quvurlardan oqib chiqishi hamda gidroinshootlarda suv harakati yoritilgan.

I-2 ilovada gidravlik shartli belgilar kiritilgan.

 

Zokirov O’.T. va boshq.

Oqova suv tarmoqlari qurilmalari: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo`llanma. – Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri. –  Toshkent: “ILM ZIYO”, 2014. – 110 b.: rasm.

Ushbu o‘quv qo‘llanma 0‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo'nalishi 3580400 — «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji» kasbi hamda 3580401 — «Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi» yo‘nalishi bo'yicha tahsil oladigan o‘quvchilar uchun tavsiya etilgan.

0‘quv qo'llanmada shahar va sanoat korxonalarida hosil boladigan oqova suvlarning turlari va ularni oqizish, tozalash, tozalash inshootlarida tutilgan chiqindilarga ishlov berish, chiritish va tozalangan oqova suvlarni zararsizlantirib, suv havzalariga oqizish usullari va qurilmalarining ishlati- lishi bayon qilingan.

 

Abdullayeva Sh.Z.

Pul muomalasi va kredit: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/- 7-nashr. Тoshkent: «ILM ZIYO», 2014. - 280 b.

Ushbu kitob pul, kredit va banklar haqida o‘quv qo‘llanma bo‘lib, unda pul muomalasi, kredit tizimi va banklar faoliyatini tashkil etish asoslari ko'rsatib o'tilgan. Qo‘llanmada, shuningdek, pulning zarurligi, funksiyalari, milliy valutaning muomalaga kiritilislii, kredit va uning shakllari, kredit tizimi, uning tarkibi, kredit muassasalari, banklarning tashkil topishi, rivojlanishi, 0‘zbekiston Respublikasi bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi, bank faoliyati barqarorligi va likvidliligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. Bir qator bank operatsiyalari, shu jumladan, bankning aktiv, passiv va boshqa operatsiyalari nazariy jihatdan hozirgi zamon talablari asosida yoritib berilgan.

 

Nurmuxamedova B.I., Kabirova N.V.

Moliya: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma /O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. — Т.: «Iqtisod-Moliya», 2014. - 224 bet.

O‘quv qo‘llanmada moliyaning mohiyati, funksiyalari, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning rivojlanishidagi ahamiyati, bozor sharoitida moliyaviy munosabatlardan foydalanish nazariyasi va amaliyoti yoritib berilgan. 0‘quv qo‘llanmada korxonalar moliyasining xususiyatlariga, davlat moliyasini tashkil qilish masalalariga, shuningdek, moliya bozorining amal qilish xususiyatlariga alohida o‘rin berilgan.

O‘quv qo‘llanma «Moliya» fanining namunaviy dasturi asosida tayyorlangan va iqtisodiy yo‘nalishdagi kasb-hunar kolle­jlari, oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda o'qituvchilar uchun mo‘ljallangan.

 

Abdullayeva Q.M., Mo‘minova M.N.

Pazandachilikka o‘rgatish metodikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. – 2 nashr. - Тoshkent: «ILM ZIYO», 2014. — 112 b.

Tavsiya etilayotgan «Pazandachilikka o‘rgatish metodikasi» darsligi 3141602 — Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi yo‘nalishi, ya’ni pazandachilik, tikuvchilik, kashtachilik to‘garagi ishi tashkilotchisi mutaxassisligi bo‘yicha pedagogika kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun moijallangan bo‘lib, mazkur kollejlaming tarmoq standard va o‘quv dasturi, 0‘zbekiston Respublikasida maktabdan tashqari ta’lim to‘g‘risidagi Nizom hamda Davlat talablari asosida yozildi. Dars- likdan bolalar madaniyat markazlari to'garak rahbarlari ham foyda- lanishlari mumkin.

 

Бола ҳуқуқларини ҳимоя қилишга оид норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўплами (2015 йил 1 февралгача бўлган ўзгартиш ва қўшимчалар билан)/Ўзбекистон Республикаси Олий суди раиси Ш. Газиевнинг умумий таҳрири остида. - Тошкент: Адолат, 2015. - 544 б.

Мазкур тўплам бола ҳуқуқларини таъминлаш ва ҳимоя қилиш соҳасида фаолият олиб борувчи мутахассислар, жумладан, халқ таълими, меҳнат ва аҳолими ижтимоий муҳофаза қилиш, васийлик ва хомийлик органлари, вояга етмаганлар ишлари бўйича комиссиялар, судлар ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идоралар ходимлари, нодавлат нотижорат ва бошқа ташкилотларнинг вакиллари, шунингдек, ўқувчилар, талабалар ҳамда бола ҳуқуқлари масалаларига қизиқувчи барча шахслар учун мўлжалланган.

BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi.- Toshkent: «O‘zbekiston» NMIU, 2014. - 64 b.

Mazkur to‘plam 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning sessiya ochilish marosimidagi nutqi, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Taleb Rifaining nutqi, shuningdek, BMT Jahon sayyohlik tashki­loti Ijroiya kengashining 99-sessiyasi xorijiy qatnashchilarining ayrim chiqishlari va intervyularidan ko‘chirmalardan tarkib topgan.

На английском языке

 

The 99th Session of the Executive Council of the United Nations World Tourism Organization. - Tashkent: O'zbekiston NMIU, 2014. - 32 p.

 

This collection contains texts of welcoming speech by Islam Karimov, the President of the Republic of Uzbekistan, at the opening ceremony and the speech by Taleb Rifai, UNWTO Secretary-General.

На узбекском и русском языках

 

Қадим шаҳарларнинг янги жамоли=Новые лики древних городов. -Ташкент: «Шарқ», 2015. -293 с.

Книга приглашает читателя прогулять­ся по красивым и ухоженным улицам и площадям с переливающимися фон­танами, познакомиться с рабочим про­цессом современных заводов и фабрик, увидеть облик новых жилых массивов, школ и здравниц, обогатиться духовно в театрах и музеях. Невозможно не оце­нить размах преобразований, что проис­ходят на наших глазах. Все это вызывает вполне оправданные радость и гордость. Искреннюю радость за то, что сбылись вековые мечты и чаяния миллионов со­отечественников, и огромную гордость за то, чего мы добились в эпоху великих перемен и больших возможностей - в годы независимости нашей Родины.