2013 йилги муҳим саналар тақвими
Январь
1. 30 январь Ислом Абдуганиевич Каримов - Ўзбекистон Республикасининг биринчи Президенти
Islom Abduganiyevich Karimov
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Oliy ma’lumotli. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya ministri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi etib tayinlandi.
1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko'ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o'zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
U oilali, ikki nafar farzandi, besh nabirasi bor. Rafiqasi T.A.Karimova – mutaxassisligi iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta ilmiy xodim bo'lib ishlagan, ayni paytda – pensiyada.
I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni, "Mustaqillik" va "Amir Temur" ordenlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden-medallari bilan ham mukofotlangan.
I.Karimov O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘pgina xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori hamda akademikligiga saylangan.
O`zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan salmoqli yutuqlarni haqli ravishda I.Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi.
I.Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir:
• O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir;
• demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘la javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir;
• markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo‘g‘inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi;
• xalqning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg‘or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yo‘li iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, o‘tish davrida davlatning boshqaruvchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoya kabi mashhur besh tamoyilni o‘z ichiga oladi va u dunyoda "O‘zbek modeli" deb e’tirof etilgan;
• O‘zbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir Qurolli Kuchlar, Chegara va Ichki qo‘shinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga boshchilik qildi;
• KPSS Markaziy Komiteti boshchiligidagi kuchlar O‘zbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda o`zbek xalqining nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqimizning or-nomusini, milliy g‘ururini tiklashda fidoyilik namunasini ko‘rsatdi;
• xalqimiz ma’naviy qadriyatlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimizni, urf-odatlarimizni, bebaho tarixiy merosimizni hayotga qaytarishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi;
• xalqaro maydonda O‘zbekistonning obro‘-e’tiborini yuksaltirish, o‘zbek nomini butun dunyoga tarannum etishga ulkan hissa qo`shdi;
• odamlarning tafakkurini o‘zgartirish, ularning ongida yangi milliy g‘oya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash ishiga rahnamolik qildi;
• yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni qaror toptirish, uni saqlash hamda mustahkamlashga beqiyos hissa qo‘shdi;
• mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mutlaqo yangi ta’lim-tarbiya tizimi – Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishda bevosita yetakchi bo‘lib kelmoqda;
• mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash tashabbuskori bo‘ldi;
• yurtimizning turar joylarida yangi qurilishlar, shu jumladan, ulug‘ ajdodlarimizning qadamjolarini obod qilish, iqtisodimizning salohiyatini oshirishda katta o‘rin tutgan yirik-yirik korxonalarni bunyod etishda, ko‘pgina shahar va qishloqlarimiz, avvalambor, poytaxtimiz Toshkentning shakl-qiyofasining tubdan o‘zgarishida bevosita rahbarlik qilmoqda.
• Muxtasar qilib aytganda, Islom Karimov O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bormoqda.
O`zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida davlat rahbari olib borayotgan siyosatning asosiy ustuvor yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
• mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni yangilash, iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan o‘sishi va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, bu yo‘nalishlarni amalga oshirishning garovi bo‘lmish tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatining izchil qadamlar bilan erkin rivojlanishiga kafolat va imtiyozlar beradigan siyosatni davom ettirish va kuchaytirish;
• iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, soliq yukini kamaytirish, yuksak texnologiyalar bilan qurollangan tarmoq va ishlab chiqarish korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish;
• o‘rta sinf vakillari – tadbirkorlik, fermerlik harakati va xususiy biznes tuzilmalarining, barcha moddiy va intellektual mulk egalarining manfaatlarini ustun qo‘yish, ularga to‘liq imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berish, ularni qo‘llab-quvvatlash;
• iqtisodiyot yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlash hisobidan xalqimizning real daromadlari va farovonligini oshirish, muhim ijtimoiy dasturlarni hayotimizga muvaffaqiyatli tadbiq etish;
• zamonaviy mehnat bozorini yanada kengaytirish asosida yangi ish o‘rinlari tashkil etish, sog‘liqni saqlash va aholi salomatligini muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoya qilish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yordam va ko‘makka muhtoj toifalarga, kam ta’minlangan oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirishga qaratilgan ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish;
• kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tishga erishish;
• hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirishga doir islohotlarni faol davom ettirish, shu asnoda inson, uning huquq va erkinliklarini eng oliy qadriyat va boylik sifatida jamiyatimiz hayotida asosiy o‘ringa qo‘yish, "Inson manfaati har narsadan ulug‘" degan tamoyilni amalda ro‘yobga chiqarish;
• mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash;
• "Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch" degan hayot haqiqatidan kelib chiqqan holda, madaniy va ma’rifiy sohalarda olib borayotgan ishlarning ta’siri va samarasini kuchaytirish;
• Jamiyatimizda demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirish, jumladan, bu masalaning eng muhim sharti va garovi bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi, fuqarolik institutlari va nodavlat tashkilotlar faoliyatini, ularning huquq va vakolatlarini kuchaytirish, jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzini yanada oshirish, ommaviy axborot vositalarining tom ma’noda to‘rtinchi hokimiyat sifatida faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha huquqiy va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish;
• sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha boshlagan ishlarning ta’siri va samarasini kuchaytirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash;
• "Adolat – qonun ustuvorligida" degan tamoyilni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni zamon talablari darajasiga ko‘tarish yo‘lida yangi, amaliy qadamlar qo‘yish;
• tashqi siyosat sohasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqli asosda sherikchilik qilish, yuzaga keladigan har qanday mojaro va muammoni faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va huquqiy vositalar orqali hal etish, uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va totuvlikda yashash tamoyiliga qat’iy amal qilish;
• yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolar o‘rtasida totuvlik, turli millatlar va diniy konfessiyalararo hamjihatlikni yanada kuchaytirish;
• Qurolli Kuchlarimiz qudratini oshirish, milliy armiyamizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, Vatanimiz sarhadlari daxlsizligini ko‘z qorachig‘iday asrash.
2. “Ўзбек халқ қахрамони, буюк саркарда, султон Жалолиддин Мангуберди таваллудининг 815 йиллигига” (1198-1231)
Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad (1198-1231) (1220-1231)
Xorazmshohlar davlatining so‘nggi hukmdori, mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadning katta o‘g‘li. Onasi – Oychechak turkman kanizaklaridan bo‘lgan. Jaloliddin burnida holi (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan. Jaloliddin voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomiyon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha bo‘lgan yerlarda hokim va taxt vorisi etib tayinlangan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qat`iy noroziligi sababli Qutbiddin O‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (qadimgi Irg‘is daryosi bo‘yidagi jang).
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo‘yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolidan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddinni o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshohlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e`lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 kishilik suvoriylar bilan o‘z vatani – Xorazmni tashlab Xurosonga ketishga majbur bo‘ladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan so‘ng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga qarshi birlashishga da`vat etdi, bir oydan so‘ng G‘azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo‘shin bilan kelib qo‘shildi. Qandahorni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo‘shinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdu ularni tor-mor keltirgan. U G‘aznaga 1221-yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A`zam malik, afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Manguberdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal`asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan so‘ng ular tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari o‘ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘priki buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. G‘azna yaqinidagi Parvon jangida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo‘lib, Jaloliddin dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turib piyoda jang qilish uslubini qo‘llaydi. Mo‘g‘ullarning Ushbu jangdagi mag‘lubiyati to shu vaqtgacha jiddiy zarbaga uchramagan Chingizxonning asosiy kuchini urushga solishi va harbiy harakat rahbarligini o‘z qo‘liga olishga majbur etadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o‘lja ustida o‘zaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A`zam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk o‘z lashkari bilan qolgan, xolos.
Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlangan. G‘ardiz qal`asi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Manguberdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25-noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda (Sind daryosi bo‘yidagi jang) mag‘lubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketdi (Bu cho‘l hozirda ham cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!”, degan. Endilikda Chingizxon O‘ziga teng raqibga duch kelganini yaxshigina tushunib, Jaloliddinning katta kuch to‘plashiga xalaqit berish uchun barcha choralarni ko‘radi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga yetdi. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa`diddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo‘shildi. Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho‘lida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi bo‘lgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga hujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon o‘qidan rana halok bo‘ladi, qo‘shini esa parokanda bo‘lib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta o‘ljani qo‘lga kiritadi. Bu g‘alabadan so‘ng Sind, Uchcha, Mo‘lton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205-1227)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga o‘zini xayrixohligini izhor etib, sovg‘a-salomlar jo‘natgan. G‘iyosiddin Pirshohdan ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonhon, Elchi pahlavon, O‘rxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar o‘z lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qo‘shildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qal`alarini qo‘lga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qo‘shini hamda mamluklar sulolasidan bo‘lgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishdan olgan qo‘shimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq mag‘lubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarog‘lari o‘lja tushgan.
1222-yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan To‘rbay To‘qshin va Bola no‘yonni 20 minglik qo‘shin bilan jo‘natadi. Lekin ular Mo‘ltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi o‘ziga qarshi mo‘g‘ul qo‘shinlari jo‘natilgani xabarini Parosravar qal`asini olgandan so‘ng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Mo‘lton tomon yo‘l olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qo‘shini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qo‘shin jo‘natadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qo‘shin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining O‘zbek Toy Jahon Pahlavon qo‘mondonligi ostidagi ilg‘ori Eltutmish ilg‘ori bilan to‘qnashib raqibidan ustin keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh so‘raydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda o‘z nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormoqda edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari o‘zaro til biriktirib Jaloliddin Manguberdiga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon bo‘lib qoldi. Jaloliddin Manguberdining lashkarboshisi Yazidak pahlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga o‘tganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning ko‘pchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni G‘iyosiddin Pirshohdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilinadi. Jaloliddin Manguberdi o‘zining Hindistonda zabt etgan mulklariga O‘zbek Toy Jahon Pahlavoni, G‘ur va G‘azni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yo‘l olgan. Cho‘lu biyobonlarni kesib o‘tishda Jaloliddin Manguberdining ko‘p jangchilari nobud bo‘lgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. G‘iyosiddin Pirshohning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan so‘ng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors hokimi otabek Sa`d ibn Zangiy va Yazd hokimi otabek Alouddavla ibn To‘g‘onshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfahonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qo‘shini qurol-aslaha bilan ta`minlanadi. Bu hol G‘iyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qo‘shin bilan yo‘lga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovg‘a-salomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida jo‘natgan va o‘zaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qo‘shin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga o‘tgan. 1225-yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. So‘ng Bag‘dodga qarshi yurishga hozirlik ko‘radi. Xalifa Nosirgacha elchi jo‘natib, mo‘g‘ullarga qarshi birlashishga chaqiradi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi o‘zining mamluki amir Jamoliddin Qushtemir boshliq 20 minglik qo‘shin jo‘natdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qo‘shinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bag‘dod mudofaasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Jaloliddin Manguberdi Bag‘dod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi O‘zbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225-yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Damashq, Erbil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi bo‘ladilar. Otabek O‘zbek Tabrizni tashlab Ganjaga, so‘ng Alinjo qal`asiga qochib o‘sha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan so‘ng o‘z qo‘shinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni qal`asi yaqinida gurjilarning Ivane Mxargdzeli boshliq 60 minglik qo‘shinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga ko‘chib o‘tgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri hokimlari o‘z tobeliklarini bildirishgan. 1227-yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlog‘i yaqinida Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yenggan.
Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdi haqida: “Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan”, degan. Jaloliddin Manguberdining Ko‘niya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashrof Muzafariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Is va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish yo‘lidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
1230-yil 10-avgustda Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marog‘a, Tabrizni egallab (1231) Jaloliddin Manguberdi ta`qib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida mo‘g‘ullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltirdilar, Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta`qibdan qutulib Qurdiston tog‘lariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, fojiali ravishda halok bo‘lgan.
Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: “Jaloliddin qorachadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir so‘zli, kek saqlamaydigan, ochiq ko‘ngil, to‘g‘ri odam edi. U jiddiy shaxs edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa jilmayib qo‘yardi. U adolatsizliklarni yomon ko‘rardi. Jaloliddin o‘ta qat`iyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi. O‘zbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, vatanga va o‘z xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” qaror qabul qildi (1998). Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh bo‘lgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlab “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) nomli asar, Maqsud Shayhzoda esa “Jaloliddin” (1943-yil) dramasini yozgan. Jaloliddin Manguberdi haqida video film, doston, p`esa va boshqalar yaratilgan. 2000-yilning 30-avgustida “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan.
Февраль
3. 9 февраль “Буюк ўзбек шоири, ёзувчиси ва мутафаккири Алишер Навоий таваллудининг 572 йиллигига”(1441-1501йй.)
Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi
Alisher Navoiy 1441-yil 9- fevralda Xirot shaxrida tug’ildi.Uning otasi G’iyosiddin kichkina bir necha qarindoshlari temuriylar saroyiga yaqin turgan amaldor aristokrat, buvilari esa temuriy shag’zodalarning enagalari bo’lgan.Alisher go’dakligida temuriy shag’zodalar bilan birga tarbiyalandi.To’rt yoshida o’qishga berdilar. Ziyrak va qobilyatli Alisher maktabdagi boshqa bolalardan ajralib turar va kattalarning diqqatini o’ziga jalb qilar edi.
Navoiy Xirotda qoldi va o’qishni davom ettirdi.U adabiy asarlarni qunt bilan o’qiy boshladi.
Ota va ona Alisherning xar tomonlama bilim olish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berdilar.Alisher zamonasining mashxur muzikashunosi Xo’ja Yusuf Burxondan muzika o’rgana boshladi.xamda tarix, adabiyot,xusnixat va boshqalar bilan jiddiy shug’illana boshladi.Alisher ayniqsa adabiyotni sevdi.Oila muxiti bolaligidayoq unda adabiyotga zo’r xavas tug’dirgan edi.Alisherning otasi marifatparvar kishi va san’at xamda adabiyot muxbirlaridan edi. Alisher badiiy asarlarni o’qish va o’rganish bilan kifoyalanib qolmadi.
Uning o’zi xam sherlar yoza boshladi.Navoiyning necha yoshidan boshlaqb she’r yozganini bilmaymiz.
Lekin shunisi ma’lumki,u 10-12 yoshlaridayoq badiiy zavq vadidi xamda ilk she’rlari bilan tanilib,katta san’atkorlar va olimlarning diqqatini o’ziga jalb qilgan edi.Alisher otadan yosh yetim qoldi.U marifatparvar xukumdor Abulqosim Bobur qaramog’ida tarbiyalana boshladi va 15 yoshida Culton Xusayn Bayqaro bilan birga Abulqosim Boburning saroyida xizmat qila boshladi.Abulqosim Bobur 1456-yilda mashxatga jo’nadi.Navoiy va Xusayn Bayqaro xam Abulqosim Bobur bilan mashxatga borib,o’sha yerda o’qishni davom ettirishadi.1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etadi. Navoiy mashxatda qolib o’qishni davom ettiradi.
Mansab va davlat orzusida yurgan Xusayn mirzo Marvga borib,taxtni egallash uchun kuch to’play boshlaydi.Navoiy Mashxadda Sayid Xasan Ardasher va Kamol Turbatiy kabi davirning mashxur shoirlari bilan tanishadi. Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abduraxmon Jomiy bilan tanishadi.Navoiyning bilim saviyasi va adabiy qobilyatidan mamnun bo’lgan Jomiy uni xam shogird,xam farzand deb biladi.Ko’p o’tmasdan shogird va uystozning munosabaatlari ikki ulug’ shoir va mutaffakkirning do’stligi va xamkorligiga aylandi.Navoiyning otasidan qolgan mol-mulkni musodara qildirgan.Navoiy qattiqmoddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Navoiy shu axvolda Samarqandga keldi.Samarqandda xam tastlabki payitlarda moddiy qiyinchilikda yashadi,lekin shunga qaramay,Samarqand madrasalariga qatnadi,ilm-fan, san’at va adabiyot axli bilan yaqinlashdi,bilim saviyasi istedodi va qobilyati bilan tez orada obro’ va etibor qozondi.Navoiy Samarqandda Sakkokiy va boshqa shoirlarning badiiy merosi bilan yaqindan tanishdi.
Samarqanddagi madaniy yodigorliklar,ayniqsa Ulug’bek Observatoriyasi va Uluf’bek madrasasi unda katta Tassurot qoldirdi.
Navoiy keyinchalik bu tassurotlarini o’z asarlarida, jumladan, ,,Xamsa’’ sida ifodaladi.
Navoiy Samarqandda 1469-yilga qadar turdi.Toju-taxt orzusida yurgan Xusayn Bayqaroning Xirot taxtini egallab olishi uchun shu vaqtlarda qulay bir voqea yuz berdi.1468-yilningoxirlarida Abusaid G’arbiy Eronni egallash uchun jang olib boradi.Jangda Abusaidning qo’shini yengilib, uning o’zi o’ldiriladi. Shu vaqtda Xirot ostonalariga yaqinlashib qolgan Xusayn Bayqaro fursatdan foydalanib,1469-yil Xirotga kiradi va taxtni egallaydi.Xuddi o’sha yilning aprel oyida Navoiy Xirotga qaytib keladi.Alisher Navoiydek obro’li va tadbirli kishilarga muxtoj bo’lgan Xusayn Bayqaro Navoiyning Xirotga qaytishidan mamnun bo’lib,uni saroyga chaqirdi va muxirdorlik vazifasini topshirdi. Bu mansab eng katta mansablardan biri bo’lib,davlatning xar qanday xujjatini muxirdor orqali rasmiylashtirilar,muxirdor muxr bosar va imzo chekar edi.Muxirdorlik vazifasi Navoiyning ijodiy ishlari bilan ko’proq shug’illanishiga imkon bermas edi.Shuning uchun u bu vazifadan istefo berdi.Lekin Xusayn Bayqaro o’z davlat apparatida Navoiydek tadbirli va donishmand kishining bo’lishini zarur deb xisoblab,oradan ko’p vaqt o’tar-o’tmas,Navoiyni amirlik yani vazirlik vazifasiga tayinladi.Xusayn Bayqaro bilan uning o’g’illari o’rtasidagi nizo-adovatlarni bartaraf qilishga xarakat qilar edi.Ayniqsa u obodonchilik va madaniy xayot soxasida juda katta xizmatlar qildi. Alisher Navoiy o’z atrofiga olimlar, yozuvchilar va san’atning turli soxalaridagi kishilarni jalb etdi.
Mashxur rassom Bexzod, xattot Sulton Ali kabi kishilar xam bevosita Navoiyning xomiyligida kamolga yetgan edilar. Navoiy olim,san’atkor va yozuvchilardan unumli ishlashni,o’z qobilyati va imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanishni talab qilar edi.U ijodiy ishga beparvolik bilan qarovchi,shoshma-shosharlik bilan yuzaki ish qiliuvchi kishilarni yoqtirmas,ularga qattiq tanbex berar edi. U xam marxamatli, xam talabchan ustoz edi.
Navoiy vazirlik vaqtidan xam, undan keyin xam obodonchilikka katta axamiyat berdi. Podsholikning dastlabki yillarida Xusayn Bayqaro Navoiyning obodonchilik soxasidagi faoliyatini qo’llab-quvvatladi,davlat xazinasidan mablag’ ajiratdi.Shu bilan birga,Navoiy obodonchilik ishlariga o’z mablag’ini ayamay sarf etdi.Samarqandda juda muhtojlikda yashagan Navoiy Xirotga qaytganidan keyin,otasidan qolgan mol-mulkga ega bo’ldi, Xusayn Bayqaro unga Xirot,Sabzavor va boshqa joylardan katta mulk ajiratib berdi.Navoiy ko’pchilik asarlarni o’zbek tilida yozib,bu tilning badiiy durdonalar yaratish uchun katta imkoniyatlarga ega ekanini ko’rsatib berdi,o’zbek yozuvchilari oldiga o’z ona tilida ijod etish vazifasini qo’ydi.ularga bu yo’lda xar jixattan yordam berdi.Shu bilan birga, u fo’rs – tojik tilini xam o’z ona tilidek sevdi, bu tilda xam ajoyib asarlar yaratdi va fors - tojik shoirlariga katta ehtirom bilan yondashdi,ular bilan ijodiy xamkorlik qildi,arab tili va uning leksikasi bilan shug’illandi.
Navoiy dastlab lirk sherlari bilan keng shuhrat qozona boshladi.1465 – 66 yillardayoq Navoiyning kitobxonlari uning she’rlarini to’plab,devon tuzadilar.Navoiyning o’zi esa 1470-yilning boshlarida birinchi devoni ,,Badoyul bidoya’’ ni tuzdi. Keyinroq,1476 – 1483 yillar oraqsida, ikkinchi devonni ,,Navodirun-nixoya’’ ni yarati.
Lirik turda katta tajriba orttirib,shuhrat qozongan Navoiy, endi o’zbek tilida yirik epik asarlar yaratish vazifasini o’z oldiga qo’ydi.Vazirlik mansabidan istefo berganidan keyin ,,Xamsa’’yozishga tayyorlana boshladi.U oz vaqt davomida ,,Xamsa’’uchun kerakli barcha materiallarni to’pladi.Nizomiy,Xisrav Dexlaviy va boshqa shoirlarning ,,Xamsa’’si yoki ,,Xamsa’’sikli bo’yicha yaratga aloxida dostonlarini,xalq og’zaki ijodi xamda tarix asarlarini mukammal o’rganib chiqdi va ,,Xamsa’’ yozish fikrini Abduraxmon Jomiyga aytdi.Jomiy uning maqsadi va rejalarini maqulladi,maslaxatlar berdi.Navoiy 148-yilda ,,Xamsa’’ni yozishga kirishdi.U ,,Xamsa’’ni yozish uchun juda qisqa muddat – ikki yildan sal ko’proq vaqt sarf qildi.1483-yilda ,,Xamsa’’ning birinchi dostoni ,,Xayratul – abror’’,1484-yilda ,,Farxod va Shirin’’, ,,Layli va Majnun’’, ,,Sabai sayyor’’, 1485-yilda ,,Saddi Iskandariy’’ dostonlarini yozdi.Bu dostonlarida u davirning juda muxim praoblemalarini qo’ydi,o’rta asirning ilg’or mutaffakiri sifatida progressiv fikr-qarashlarini ilgari surdi.
1501-yilning 3 yanvarida Alisher Navoiy vafot etdi. Butun Xirot qattiq motam tutdi. Musubatli xabar tezda butun Xursonga, Movvarunnaxirga va boshqa joylarga borib yetdi.
Navoiy Lirikasi
Alisher Navoiy ulug’ lirk shoirdir.U Saddiy,Xofiz, Xisrav Dexlaviy va Abduraxmon Jomiy kabi mashxur sharq lirk shoirlarining,Xorazimiy,Sayfi Saroiy,Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy kabi o’zbek dunyoviy adabiyoti namoyondalarining eng yaxshi adabiy tradsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi,xalq poetik ijodiyotining g’oyaviy-badiiy boyliklaridan unumli foydalandi.Badiiy adabiyotning xayotga,jamiyat extiyojlariga xizmat qilish uchun kurashgan Navoiy lirik poeziyaning tematikasi, g’oyaviy motivlari va obrzlari sistemasini boyitdi, takomillashtirdi.
Navoiy juda katta va boy lirik xazina yaratib qoldirdi. Bu lirik xazinaning asosiy 45 ming misraga yaqin o’zbek tilidagi sherlarini o’z ichiga olgan ,,Xazoyinul maoniy’’ va 12 ming misradan ziyod fors-tojik tilidagi sherlarni o’z ichiga olgan ,,Devonni Foniy’’, fors-tojik tildagi 6 falsafiy qasidadan iborat.
4. 14 февраль “Ўзбек мумтоз адабиётининг йирик вакили, буюк шоир,тарихчи, давлат арбоби, истеъдодли саркарда – Бобур (Заҳириддин Муҳаммад ибн Умаршайх Мирзо) таваллудининг 530 йиллиги” (1483-1530 йй.) Zahiriddin Muhammad Bobur |
||
Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. |
5. “Ўзбек олими, файласуф, мутафаккир Абдухолиқ Ғиждувоний таваллудининг 910 йиллигига” (1103-1179)
Абдулхолиқ Ғиждувоний
Мусулмон Шарқида машҳур тариқат пири, хожагон-нақшбандия силсиласининг асосчиси Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний Бухоро вилоятининг Ғиждувон туманида туғилган. У бошланғич таълимни Ғиждувонда олиб, 9 ёшидаёқ Қуръони каримни ёд билган, 10 ёшидан бошлаб дарвешларнинг зикр тушишларида фаол иштирок этган. Кейин таҳсилни Бухоро шаҳрининг машҳур мадрасаларида давом эттиради. Бу ерда у Имом Садриддин исмли замонасининг етук алломасидан тафсир илмини мукаммал ўрганади.
Абдулхолиқ 22 ёшида Бухорога келган ўша даврнинг донгдор шайхи Хожа Юсуф Ҳамадоний (1048—1140) билан учрашиб, унга шогирд тушади. Хожаи Хизр унинг сабоқ пири бўлса, Хожа Юсуф суҳбат ва хирқа пирига айланади. Абдулхолиқ Ғиждувоний устози Хожа Юсуф Ҳамадоний Хуросонга қайтиб кетгунига қадар у буюк зотнинг хизмат-мулозаматида бўлиб, хожагон тариқатининг усулларини мукаммал эгаллайди (хожагон тариқатини гарчанд Хожа Абдулхолиқ асослаган бўлса-да, унинг илк уруғлари Хожа Юсуф томонидан ташланган) ва кўп ўтмай ўзи ҳам йирик тасаввуф олимига айланади. Алишер Навоийнинг «Насойим ул-муҳаббат» асарида ёзилишича: «... аларнинг валояти ул ерга еттики, ҳар вақт намозда Каъбага борурлар эрди. Аларнинг валояти кўп эрди ва Шомда аларға кўп муридлар пайдо бўлдилар».
Хожа Абдулхолиқ Ғиждувонийнинг тасаввуф тарихидаги буюк хизмати янги бир тариқатга асос солгани билангина белгиланмайди. Хожагон тариқати воситасида у тариқатни Муҳаммад пайғамбар суннатига мувофиқлаштирди, уни турли бидъатлар ва ботил қарашлардан тозалади. Шариатга амал қилиш, ундан чекинмасликни асосий қоидага айлантирди. Таркидунёчилик ва хилватни рад этиб, жамоат билан бирга бўлишни шарт қилиб қўйди. Оллоҳ муҳаббати деб дунёдан кечмасликка даъват қилди. Луқма ҳалоллиги — ҳар ким ўз меҳнати билан кун кўриши зарурлигини тариқатнинг асосий талаби қилиб белгилади. Бу тариқат тақво деб ҳаддан ошишни маъқулламайди. Ахлоқ масаласи қатъий қилиб қўйилди. Буларнинг барчаси тасаввуф тараққиётида муҳим аҳамиятга эга бўлди. Хожагон-нақшбандия реал ҳаётий шарт-шароитлар, инсоннинг мавжуд имкониятларига асосланганлиги унинг ҳамма замонлар ва барча табақалар талабига жавоб берадиган замини мустаҳкам тариқат эканлигидан далолат беради. Шариат андозасига солинган, бидъат ва нуқсонлардан холи Абдулхолиқ Ғиждувоний йўлининг асрлар давомида тариқатда ҳужжат ва барча гуруҳларда мақбул, деб эътироф этиб келинаётгани ва Туркистон, Эрон, Афғонистон, Ҳиндистон, Туркия, Ироқ, ҳатто Шимолий Африкада кенг тарқалган хожагон-нақшбандия тариқатининг ҳозирги кунда ҳам дунёнинг кўпгина мамлакатларида фаолият кўрсатаётганлигининг сабаблари шунда.
Абдулхолиқ Ғиждувоний устози Юсуф Ҳамадоний таълимотини ҳар томонлама кенгайтириб ва чуқурлаштириб, хожагон тариқатининг 8 рашҳа-қоидасини ишлаб чиқди (Кейинги тадқиқотларнинг гувоҳлик беришича, бу рашҳаларнинг дастлабки тўрттаси Юсуф Ҳамадонийга тегишли.): ҳуш дар дам, назар бар қадам, сафар дар ватан, хилват дар анжуман, ёдкард, бозгашт, нигоҳдошт, ёддошт.
Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний тасаввуф оламида машҳур кўплаб шогирдлар тарбиялаб етиштирган. Унинг вафотидан кейин хожагон тариқати Хожа Ориф Ревгарий (Моҳитобон), Хожа Маҳмуд Анжир Фағнавий, Хожа Али Ромитаний, Хожа Муҳаммад Бобойи Самосий, Хожа Саййид Мир Кулол Бухорий, Хожа Баҳоуддин Нақшбанд каби ўз замонасининг донгдор шайхлари томонидан давом эттирилган ва кенг шуҳрат қозонган.
Абдулхолиқ Ғиждувоний ўз таълимотини ваъзлари орқали тарғиб қилиш билан кифояланмай, бир қатор рисолалар ҳам ёзган. «Одоби тариқат» («Тариқат одоби»), «Рисолаи соҳибия» («Дўстлик рисоласи»), «Аз гуфтори Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний» («Хожа Абдулхолиқ Ғиждувонийнинг баъзи сўзлари»), «Рисолаи шайх уш-шуюх ҳазрати Юсуф Ҳамадоний» («Шайхлар шайхи Ҳазрати Юсуф Ҳамадоний рисоласи») асарлари шулар жумласидандир.
Абдулхолиқ Ғиждувоний тасаввуфий рисолаларидан ташқари, гўзал сўфиёна рубоийлар ижодкори сифатида ҳам маълум ва машҳур. Лекин шайх-шоирнинг бадиий ижод намуналари бизгача тўлиқ етиб келмаган. 1994 йили Теҳронда чоп этилган «Рубоийнома» тўпламидан унинг 8 та рубоийси ўрин олган. Хожанинг «Васиятнома»сида унинг 4 та рубоийси келтирилган. Яқинда босмадан чиққан «Ғиждувоний илм аҳллари хотирасида» рисоласида ҳам унинг 5 та рубоийси насрий таржимаси билан берилган. Улардан 2 тасини биз бошқа манбаларда учратмадик. Биз ушбу 15 рубоийни таржима қилиб, азиз ўқувчилар эътиборига ҳавола этишни лозим топдик. Мазкур рубоийлар етук тариқат пирининг шеърий салоҳияти ҳам баланд бўлганлигидан далолат беради.
Abdulxoliq G’ijduvoniy (1103—1179)
Abduxoliq G`ijduvoniy, Xoja Abdulxoliq ibn Abduljamil G`ijduvoniy (1103— G`ijduvon — 1179) — xojagon tasavvufiy tariqatining asoschisi va nazariyotchilaridan biri. Xojaiy Jahon nomi bilan ham mashhur. Uning tarjimai holiga bag`ishlab noma`lum muallif yozgan «Zikri voqioti Xojaiy Jahon Abdulxoliq G`ijduvoniy» asarining 1717 yilda ko`chirilgan nusxasi O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. 9 yoshida Qur`onni yod olgan. 10 yoshidan boshlab, darvishlarning zikrlarida faol ishtirok etgan. Buxorolik ilk ustozi Imom Sadoktoriddindan tafsir ilmini o`rganadi. 22 yoshida Yusuf Hamadoniy bilan uchrashib, uning muridiga aylanadi. O`zini ibodatu riyozatga mashg`ul tutib, butun hayoti davomida 5 asar bitadi. Bulardan «Maqomoti Xoja Yusuf Hamadoniy» («Xoja Yusuf Hamadoniy fazilatlari») asarida ustozining tarjimai holi va uning ta`limoti yoritiladi. Abduxoliq G`ijduvoniy Yusuf Hamadoniy ta`limotini har tomonlama boyitib, amaliyotga zikri xufiyani olib kirdi hamda xojagonlik tariqatining 8 ta rashha (qonun-qoida)sini shakllantirib berdi. Abduxoliq G`ijduvoniy ta`limoti keyingi davr yirik sufiylari tomonidan o`rganilgan va sharh qilingan. Masalan, «Mahdumi a`zam» laqabi bilan mashhur bo`lgan Ahmad ibn Mavlono Jaloluddin Xojagiy Kosoniy Abduxoliq G`ijduvoniyning 4 vasiyatini «Risolai chahor kalima» («To`rt so`z haqida risola») asarida sharhlagan. Abduxoliq G`ijduvoniy tasavvufga oid ta`limotining asosiy qismi Abdurahmon Jomiyning ustozi Mavlono Sa`duddin Koshg`ariy (1456 yil v. e.) ning «Risola» asarida bayon etilgan. Abduxoliq G`ijduvoniy qabri G`ijduvon shahrida.
Musulmon Sharqida mashhur tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida tug‘ilgan. U boshlang‘ich ta'limni G'ijduvonda olib, 9 yoshidayoq Qur'oni karimni yod bilgan, 10 yoshidan boshlab darveshlarning zikr tushishlarida faol ishtirok etgan. Keyin tahsilni Buxoro shahrining mashhur madrasalarida davom ettiradi. Bu yerda u Imom Sadriddin ismli zamonasining yetuk allomasidan tafsir ilmini mukammal o‘rganadi.
Abdulxoliq 22 yoshida Buxoroga kelgan o‘sha davrning dongdor shayxi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048-1140) bilan uchrashib, unga shogird tushadi. Xojai Xizr uning saboq piri bo‘lsa, Xoja Yusuf suhbat va xirqa piriga aylanadi. Abdulxoliq G'ijduvoniy ustozi Xoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga qaytib ketguniga qadar u buyuk zotning xizmat-mulozamatida bo‘lib, xojagon tariqatining usullarini mukammal egallaydi (xojagon tariqatini garchand Xoja Abdulxoliq asoslagan bo‘lsa-da, uning ilk urug‘lari Xoja Yusuf tomonidan tashlangan) va ko‘p o‘tmay o‘zi ham yirik tasavvuf olimiga aylanadi. Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida yozilishicha: «... alarning valoyati ul yerga yettiki, har vaqt namozda Ka'baga borurlar erdi. Alarning valoyati ko‘p erdi va Shomda alarg‘a ko‘p muridlar paydo bo‘ldilar».
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning tasavvuf tarixidagi buyuk xizmati yangi bir tariqatga asos solgani bilangina belgilanmaydi. Xojagon tariqati vositasida u tariqatni Muhammad payg‘ambar sunnatiga muvofiqlashtirdi, uni turli bid'atlar va botil qarashlardan tozaladi. Shariatga amal qilish, undan chekinmaslikni asosiy qoidaga aylantirdi. Tarkidunyochilik va xilvatni rad etib, jamoat bilan birga bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Olloh muhabbati deb dunyodan kechmaslikka da'vat qildi. Luqma halolligi - har kim o‘z mehnati bilan kun ko‘rishi zarurligini tariqatning asosiy talabi qilib belgiladi. Bu tariqat taqvo deb haddan oshishni ma'qullamaydi. Axloq masalasi qat'iy qilib qo‘yildi. Bularning barchasi tasavvuf taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Xojagon-naqshbandiya real hayotiy shart-sharoitlar, insonning mavjud imkoniyatlariga asoslanganligi uning hamma zamonlar va barcha tabaqalar talabiga javob beradigan zamini mustahkam tariqat ekanligidan dalolat beradi. Shariat andozasiga solingan, bid'at va nuqsonlardan xoli Abdulxoliq G'ijduvoniy yo‘lining asrlar davomida tariqatda hujjat va barcha guruhlarda maqbul, deb e'tirof etib kelinayotgani va Turkiston, Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Iroq, hatto Shimoliy Afrikada keng tarqalgan xojagon-naqshbandiya tariqatining hozirgi kunda ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotganligining sabablari shunda.
Abdulxoliq G'ijduvoniy ustozi Yusuf Hamadoniy ta'limotini har tomonlama kengaytirib va chuqurlashtirib, xojagon tariqatining 8 rashha-qoidasini ishlab chiqdi (Keyingi tadqiqotlarning guvohlik berishicha, bu rashhalarning dastlabki to‘rttasi Yusuf Hamadoniyga tegishli.): hush dar dam, nazar bar qadam, safar dar vatan, xilvat dar anjuman, yodkard, bozgasht, nigohdosht, yoddosht.
Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy tasavvuf olamida mashhur ko‘plab shogirdlar tarbiyalab yetishtirgan. Uning vafotidan keyin xojagon tariqati Xoja Orif Revgariy (Mohitobon), Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Xoja Sayyid Mir Kulol Buxoriy, Xoja Bahouddin Naqshband kabi o‘z zamonasining dongdor shayxlari tomonidan davom ettirilgan va keng shuhrat qozongan.
Abdulxoliq G'ijduvoniy o‘z ta'limotini va'zlari orqali targ‘ib qilish bilan kifoyalanmay, bir qator risolalar ham yozgan. «Odobi tariqat» («Tariqat odobi»), «Risolai sohibiya» («Do‘stlik risolasi»), «Az guftori Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniy» («Xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning ba'zi so‘zlari»), «Risolai shayx ush-shuyux hazrati Yusuf Hamadoniy» («Shayxlar shayxi Hazrati Yusuf Hamadoniy risolasi») asarlari shular jumlasidandir.
Abdulxoliq G'ijduvoniy tasavvufiy risolalaridan tashqari, go‘zal so‘fiyona ruboiylar ijodkori sifatida ham ma'lum va mashhur. Lekin shayx-shoirning badiiy ijod namunalari bizgacha to‘liq yetib kelmagan. 1994 yili Tehronda chop etilgan «Ruboiynoma» to‘plamidan uning 8 ta ruboiysi o‘rin olgan. Xojaning «Vasiyatnoma»sida uning 4 ta ruboiysi keltirilgan. Yaqinda bosmadan chiqqan «G'ijduvoniy ilm ahllari xotirasida» risolasida ham uning 5 ta ruboiysi nasriy tarjimasi bilan berilgan. Ulardan 2 tasini biz boshqa manbalarda uchratmadik. Biz ushbu 15 ruboiyni tarjima qilib, aziz o‘quvchilar e'tiboriga havola etishni lozim topdik. Mazkur ruboiylar yetuk tariqat pirining she'riy salohiyati ham baland bo‘lganligidan dalolat beradi.
Март
6. “Буюк ўзбек олими, файласуф, руҳшунос, адабиётшунос, математик Абу Наср Фаробий таваллудининг 1140-йиллигига”
Абу Наср Фаробий
Абу Наср Фаробий Ўтрор шаҳрида (Ҳозирги Қозоғистоннинг Чимкент вилояти ҳудудида жойлашган шаҳар) 256-257 ҳижрий санада туғилди. Унинг отаси ҳарбий саркарда эди. Ёш ва зеҳни ўткир Абу Наср илмга эрта қизиқди, араб, форс тилларини мукаммал даражада ўзлаштирди. Форобий санскрит (қадимий ҳинд тили) тилини ўрганди ва уни яхши биларди. Ўзи туркий халқларга мансуб бўлиб, туркий тилларни яхши билар ва ёшлигида турли тилларни ва илмларни пухта эгаллаган эди.
Таржимаи ҳол
У кўпроқ Бағдодда яшаган. Араб тилини жуда ҳам яхши билар, кўпроқ фалсафа, мантиқ ва дийний илмларга қизиқар эди. Фаробий турли илмларни яхши ўзлаштирган мавсуъий олим эди. У, фалсафа, мантиқ, илоҳиёт, ахлоқ, сиёсат, фалакиёт, кимё, мусиқа ва бошқа илмларга оид ўнлаб китобларни ёзган.
Фаробийнинг мусиқа бўйича ёзган китоби ислом маданиятида ёзилган энг асосий арабча китоб бўлиб, ҳозиргача асосий манбаълардан бўлиб келмоқда. У «Қонун» номли мусиқа асбобини ихтиро қилган.
Абу Наср Фаробий машҳур мутаржим Абу Башир Матта билан биргаликда Арасту (Аристотел) асарларини таржима қилди ва уни доҳиёна шарҳлар ила бойитди.
Шундан кейин унга «ал-Муаллим ас-соний» («Иккинчи муаллим») ва Шарқ Арастуси унвони берилди. Абу Наср Фаробий илм истаб Самарқанд, Бухоро, Ҳирот, Ғазна, Ҳаррон, Шом ва яна кўплаб мусулмон шаҳарларида бўлди.
Абу Наср Фаробий ҳижрий 336 йилда Дамашқ яқинидаги қишлоқларнинг бирида вафот этди.
Абу Наср Фаробий 260дан зиёд илмий иш яратди. Улардан айримлари қуйидагилардир:
«Рисола фи Аъза ил Инсон»,
Рисола фи Аъза ал-Ҳайвон»,
«Рисола фир-Радди ала Жолинус фима Наказа фиҳа Аристотелис»,
«Китобун фи Арои аҳлил Мадийнатил Фазила»,
«Рисола фил миллатил фазила»,
«Таълийқот»,
«Рисола фи Таҳсилис-Саодат»,
«Рисола уюнул-масоил»,
«Рисола ал-Муфаррақот»,
«Рисола фи Маснил ақл» ва ҳоказо.
Фаробийнинг китоблари икки турга тақсимланади. Биринчиси, фалсафа ва бошқа соҳаларда ёзган китоблари. Иккинчиси Афлотун, Арасту ва уларга эргашганларнинг китобларига ёзган шарҳлари. Баъзи тадқиқотчилар мазкур китобларнинг сони қирқ донага етганини айтадилар.
Фаробий ўзининг фалсафий фаолиятида Афлотун ва Арасту ҳамда юнон фалсафаси ва Ислом дийни тушунчаларини мувофиқлаштиришга қаттиқ уринган. Унинг ўзи дийнини маҳкам тутадиган мусулмон бўлган. Шу билан бирга, у Афлотун ва Арасту мазҳабига ўхшаш фалсафий мазҳабга асос солган биринчи мусулмон файласуфдир.
Ўша пайтда Афлотуннинг «ат-Тосуъот» номли китоби таржима қилиниб хато тарийқасида Арастунинг китоби деб билинган эди. Арабчада «Рубубият» номи билан машҳур бўлган бу китобни ўқиган Форобий Арастунинг фикрлари худди Афлотунникига ўхшар эканлигига ҳужжат ва далил топилганидан хурсанд бўлган ва мазкур икки файласуфнинг бошқа китобларини ҳам мувофиқлаштириш учун ҳаракат қилган. Фаробий ҳам Афлотунни, ҳам Арастуни бир хилда яхши кўрар ва қадрлар эди.
Шу билан бирга, бу икки шахснинг фикрлари бир-бирига зид бўлишини тасаввур қила олмас эди. Унинг «Ал-Жамъу байна раъйай ал-Ҳакимайни Афлотун ал-Илоҳий ва Арастутолис»–«Икки ҳаким–Афлотун илоҳий ва Арастуларнинг фикрларини жамлаш» деб аталган китоб Фаробийнинг бу борада олиб борган ҳаракатининг гултожи ҳисобланади.
Апрель
7. 9 апрель “Соҳибқирон, буюк саркарда, давлат арбоби Амир Темур таваллудининг 677 йиллиги” (1336-1405)
AMIR TEMUR (1336-1405)
"Amir Temur-bizning sha'n-shavkatimiz,g`urur iftixorimizdir. Amir Temur -xalqimiz dahosining timsoli,ma'naviy qudratimiz ramzidir".
Islom Karimov.
Yurtimizning ko`p asrlik hamda ko`p qirrali tarixi jahonshumul tarixiy voqealarga boydir.Mana shunday ko`p asrlik tarixning nurli va ulug`vor sahifalarida ulug` sarkarda bobomiz Sohibqiron Amir Temur faoliyatining ulug` qirralari jilolanib turadi.
Amir Temur o`z davrining atoqli sarkardasi hamda olamga mashhur katta imperiyani tuzgan din va davlat arbobi,ilm-fan,san'at va adabiyotni qadrlagan tarixiy shaxs bo`lishiga qaramay uning shaxsiyatiga nisbatan noto`g`ri qarashlar va "pashshadan fil"yasovchi asossiz tashviqotlar,targ`iblar bilan bo`yab,bo`rttirib ko`rsatildi. Bunday noto`g`ri targ`ibotlar nafaqat g`arb tarixchi yozuvchi va olimlari balki sharq tarixchilarining ba'zi bir asarlarida ham berildi. Ayniqsa, sovet mafkurasining yetmish yillik iskanjasida Amir Temur shaxsi umuman insoniylikka xos bo`lmagan qora chizgilar bilan buzib ko`rsatildi. Adolat va haqqoniylik bilan yo`g`rilgan tarixiy faoliyatiga noto`g`ri baho berildi. Uning insoniylik va vatanparvarlik a'moliga ta'na toshlari otildi.
Xorijiy mamlakatlarda chop etilgan aksariyat ko`plab adabiyotlarda Sohibqiron faoliyatiga chuqur hurmat, izzat-ikrom bilan qaraldi. Insof, iymon, diyonat,insoniylik nuqtai-nazaridan xolisona yoritildi. Bu jarayon davom ettirilib, Sohibqiron va uning farzandlari faoliyatiga qiziqish tobora ortib bormoqda. 1994 yilda Mirzo Ulug`bek tavalludi 600 yilligining yer yuzida keng nishonlanishi bunga yaqqol misol bo`la oladi.
Endilikda batamom parchalanib ketgan sobiq sovet imperiyasi davrida Amir Temur faoliyatiga munosabat batamom buning aksi bo`ldi. Eng avvalo "SSSRtarixi" "Rossiya tarixi" sifatida o`rganilib, boshqa xalqlarning tarixiga panja orasidan qaraldi. Hatto jahon tarixida munosib iz qoldirgan buyuk siymolar, tarixiy shaxslar faoliyatlariga bir tomonlama yondashildi. Ular faoliyatlari markazning bevosita ko`rsatmasi asosida yoritildi va baholandi. Amir Temur faoliyatiga ham xuddi ana shu nuqtai nazarda yondashildi. "SSSRtarixi"dan "Amir Temur davlati "degan bo`lim olib tashlangan edi. Aksincha Amir Temurga "Qonxo`r","kallakesar","zolim", "bosqinchi","talonchi" degan ayblar yopishtirildi. Mana shu ayblar fosh bo`lib qolinishining oldi olinib, Amir Temur faoliyati, tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etgan ilk manbalar o`zbek tilida chop ettirilib ommaga yetkazilishiga yo`l berilmadi.
O`zbekiston davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi diyorimiz tarixini qanday bo`lgan bo`lsa shundayligicha yoritish, tarixiy haqiqatni aytish uchun to`liq imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Buyuk bobokalon tarixiy faoliyatiga taalluqli bo`lgan ilk manbalar o`zbek tilida nashr etila boshlandi.
Yurtimiz mustaqilligining dastlabki qadamlarida Yurtboshimiz hamda ilm-fan, san'at va adabiyot namoyondalari tomonidan ulug` sarkarda bobomiz Amir Temur shaxsiga bo`lgan hurmat va e'tibor qayta tiklanib zohiriy va botiniy jihatdan adolatli ma'naviy qiyofa va muhit yuzaga keldi. Mamlakatimizda juda ko`plab joylar: ko`chalar, xiyobonlar, istirohatbog`lari, maktablar, qishloqlar,fermer xo`jaliklari,harbiy o`quv dargohlari va boshqalar Amir Temur nomi bilan ataldi. Amir Temur sharafiga sport musobaqalari va bayram tadbirlari o`tkazilib kelinmoqda. Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan taraqqiyoti, madaniyat va maorif sarchashmalarini chuqur o`rganish va shu asosda mustaqil davlatimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etayotir. Zeroki, buyuk davlat arbobi, xalqimiz madaniyati va ma'naviyati taraqqiyotining benazir qomiysi bo`lgan Amir Temur bobomizning ijtimoiy-siyosiy merosini o`rganish va uni barcha-barchaning ma'naviy mulkiga aylantirish ehtiyoji ortib bormoqda.
"Xalqaro Amir Temur jamg`armasi"ning hamda "Temuriylar tarixi davlat muzeyi" tashkil etilganligi va boshqa tadbirlar bu borada boshlangan qutlug` ishlarning ravnaqiga ravnaq qo`shadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyini tashkil etish haqidagi hujjatda ham xalqimiz ma'naviy qadriyatlarini tarix uchun, kelajak avlodlarning ham undan iftixor etib yurishlari uchun asrash vazifalari alohida ta'kidlangan. Muzeyda Amir Temur va Temuriylar davriga oid ashyo-hujjatlar, osori-atiqalarni to`plash, jahonning turli mamlakatlarida bo`lgan bunday noyob manbalarning o`zini yoki nusxalarini olib kelish bilan bog`liq ishlarga rivoj berish yo`llari aniq qilib belgilangan. Bu ishlar, shubhasiz xalqimizning ko`nglini ko`taradi, milliy g`urur va vatanparvarlik tuyg`usini kamol toptiradi. Ulug` bobolarimizga munosib farzand bo`lib yetishishga da'vat etadi.
Asosiy qism
Temur Kesh hokimi Tarag`aybekning o`g`li, Kesh shahri yaqinidagi Xoja Ilg`or qishlog`ida 1336 yil 9 aprelda (736 hijriyning25 sha'bonida) tug`ilgan.
Amir Temurning ota-onasi haqida gap ketganda, otasi Muhammad Tarag`ayni Chingizxonning harbiy sarkardalaridan biri Qorachor no`yonning nevarasi Burkulning o`g`li deydilar. Shu o`rinda qayd etib o`tish joizki, Chingizxon harbiylarining ko`p qismi turkiylardan edi. Jumladan uning harbiy boshliqlaridan biri qorachor no`yon ham. Ba'zi bir tadqiqotchilar manbalarni aniq bilmaganliklari sababli buni chalkashtirib keldilar. Uning nevarasi Burkulning ikki o`g`li, ya'ni Muhammad Tarag`ay bilan Amir Bolta edi. Burkul hech qanday mansabda bo`lmay, oddiygina hayot kechirib kelardi. Bu xususda Ali Yazdiyning "Zafarnomasida "bitta to`rtlik bor:
Mirligu shohlikka mayl qilmadi,
Din yo`lin tanlab gushanishin bo`ldi.
Kesh hududi edi uning maskani,
Barcha o`lkalardan xush topdi uni.
Muhammad Tarag`ayni amir Burkulning o`g`li bo`lganligi tufayli ham Ibn Arabshohda "Temur ibn Tarag`ay ibn Abag`ay" deb beriladi. Amir Bolta to`g`risida manbalarda hech qanday ma'lumot uchramaydi. Amir Temurning to`la ismi sharifi berilgan shajarasidan ham ayon bo`lib turganidek, Muhammad Tarag`ay oilasi nufuzli, e'tiborli,o`ziga to`q oilalardan bo`lgani ko`rinib turibdi. Bu haqda Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush--shuaro "("Shoirlar bo`stoni") nomli asarida shunday deyiladi:
"...Uning(Amir Temurning) asli Kesh viloyatidan bo`lib, u barloslarning ulugg` amirlaridan amir Torog`oyning o`g`lidir. Chig`atoy ulusida asillik va baland martabalikda barloslardan boshqa qabila bo`lmagan. Va amir Torog`oy Chingizxonning ulug` amirlaridan Qorajor no`yonning nabirasidir"
Akademik V.V. Bartol'd barlos qabilasining Turonzaminda muhim o`rin egallaganligini qayd etib, uning asosan Qashqadaryo voqasida joylashganligini, Amir Tarag`ayning mana shu qabilaning boshlig`i sifatida Kesh begi bo`lganligini ta'kidlaydi.V.V.Bartol'dning ta'riflashicha, Kesh begi Muhammad Tarag`ay Qoramag`izdan kelgan, pahlavon kelbatli edi. Yana xudojo`y, taqvodor musulmon kishi bo`lib, ilm -fan jonkuyarlari va ijodkorlarini har tomonlama qadrlardi. Shayxlar, din peshvolari, darveshlar bilan doimo muloqotda bo`lardi.
Sohibqironning onasi Tegina begim Moh bo`lib, bu mu'tabar ayol xususida ma'lumotlar deyarli yo`q hisobi. Muhammad Tarag`ay bilan Tegina begim o`rtasidagi nikoh 1334 yilda bo`lib o`tadi. Rivoyatlarga ko`ra, Tegina begim chingiziylardan bo`lib, e'tiborli, nufuzli,o`qimishli xonadonda voyaga yetadi. U Muhammad Tarag`ayning ikkinchi xotini edi. Muhammad Tarag`ay bilan Tegina begimning turmush qurishi, ulardan jahongir Amir Temurning tavallud topishi xususida Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma"sida, yozuvchi Yevgeniy Berezikovning "Temur o`g`lonning tug`ilishi", Poyon Ravshan va Juma qurbonning risolasida va boshqa asarlarida diqqatni jalb etadigan va mulohaza yuritishga undaydigan o`rinlar mavjud.
Amir Temur 1370 yili Balx hokimi Husayn ustidan erishgan G`alabasidan keyin Balx viloyatini egallab, poytaxtni Samarqandga ko`chiradi. Amir unvoniga ega bo`ladi. Shundan so`ng Temur Chingizxon avlodlari nomidan Movarounnahrni, ya'ni Amudaryo hamda Sirdaryo oralig`ini bir o`zi boshqara boshlaydi. 1386 yildan Temurning mashhur yurishlari boshlanadi, natijada butun Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Gurjiston hamda Kavkazorti zabt qilinadi. Hindistonga yurish qilib, 1398 yili Dehli ishqol qilinadi. 1400 yili Kichik Osiyodagi Sivas, Aleppo(Halab), Damashq hamda Bag`dod egallandi. 1402 yili Amir Temur Anqara yonida Turk sultoni Boyazid ustidan g`alaba qozonib, uni asir oldi. 1404 yil oxirida puxta tayyorgarlikdan so`ng Xitoyga harbiy yurish boshlandi, ammo u1405 yil 18 fevralda O`tror shahrida Temurning vafoti munosabati bilan to`xtadi. Turli ensiklopedik nashrlarda qisqa va lo`nda qilib beriladigan Temurning hayoti va faoliyatiga oid materiallar asosan, shulardan iborat edi.
Albatta bu qisqa satrlar Temurdek shaxs haqida,uning qizg`in hayoti va faoliyati to`hrisida keng tasavvur berishi amri maqol.
Ensiklopediyalarda Temur haqida yozilgan qisqa satrlar ortida o`zining olamshumul ishlari bilan dunyoni hayratga solgan, o`z nomini jahon solnomasiga abadul- abad muhrlagan, o`z faoliyati bilan Sharqdagi ko`pgina mamlakatlar va xalqlarning hayoti va taqdiriga bevosita ta'sir qilgan, hattoki g`arbdagi davlatlarning manfaatlariga bevosita aloqador ishlarni amalga oshirgan ulug` insonning shaxsi turibdi.
Odamlar xotirasida Temurning nomi O`rta Osiyoda markazi-Samarqand shahri bo`lgan kuchli markazlashgan davlat bunyod etilishi tarixi bilan ham chambarchas bog`liq. Mazkur tarixiy voqea Temurning feodal tarqoqlikka, amir hamda beklarning o`zaro kurashi, turli qo`zg`alonlarga qarshi ko`p yillik izchil, ayovsiz kurashi borasida amalga oshdi.
Shu boisdan tabiiyki, Temur va Temuriyzodalar hayoti va faoliyati haqida boy manbalar va adabiyotlar mavjud. Bular Temur davridan boshlab, bir necha asrlar mobaynida yaratilgan. Bu manba va adabiyotlar o`rta asrning murakkab hamda ulug` siymosi bo`lmish Temur haqida rang barang qarashlarni o`zida mujassamlashtirgan .
Turkistonimiz tarixida Sohibqiron Amir Temurning roli alohida ahamiyatga molikdir. Chunonchi, uning serqirrali va jo`shqin faoliyati, butun sa'yi harakatlari, eng avvalo, yurt ozodligi va mustaqilligiga qaratilgan bo`lib, shu ezgu g`oya bilan sug`orilgan edi. O`z aql zakovati, mahorati, shiddatini ishlatib, vatanining hurriyati yo`lida, qanchadan-qancha mashaqqatli va shiddatli bosqichlardan tushkunlikka tushmasdan sobitqadamlik bilan o`tib, oxir-oqibatda o`z asl maqsadiga erishdi, yurtini chet el istilochilaridan ozod qildi. Mustaqillik yo`lidagi mana shu kurash, intilish tom ma'nodagi tarixiy bir saboqdir.
Amir Temur kuchli shaxs, uzoqni ko`zlab, katta aql idrok bilan ish yurgizadigan usta siyosatdon, dovyurak, mohir lashkarboshi sifatida o`z xalqi, qo`shin hamda amirlari o`rtasida katta obro`-e'tiborga ega edi. Mana shunday sifatlar va yana ko`pdan -ko`p fazilatlar sohibi bo`lgan Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan kuchli mustaqil davlatga asos soldi. Davlatchiligimiz tarixida Sohibqironning o`ziga xos uslublari va yo`l-yo`riqlari, qonun -qoidalari borki, hozircha ular chuqur va har tomonlama mukammal o`rganilgan-deya olmaymiz.
Albatta mustaqilligimiz sharofati bilan Amir Temur shaxsiga, uning faoliyatiga munosabat o`zgardi, u haqda risolalar, ilmiy-ommabop maqolalar chop etilmoqda. Lekin bular ta'bir joiz bo`lsa, dengizdan bir qatradir. Amir Temur davlati tarixi Sohibqironning o`zi haqida hali ko`p tadqiqotlar yaratilishi kerak. Zero, uning faoliyatida hozirgi mustaqil davlatimiz, jamiyatimiz uchun ibratli tomonlar bisyor.
Temur zamonida me'morchilik va obodonlashtirish ishlari ayniqsa rivoj topdi, dunyoda tengi yo`q obidalar yaratildi. Samarqandda Go`ri Amir, Ishratxona maqbaralari, Bibixonim yodgorligi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Oqsaroy , "Dorut Tilovat", "Ko`k Gumbaz", "Piru Murshid", "Shamsuddin Kulol" maqbaralari shular jumlasidandir. Ular juda katta boyliklar, mashaqqatli mehnatlar evaziga bunyod etilgan bo`lib, Sohibqiron harbiy yurishlarida erishgan zafarlari bilan bog`liqdir. U har bir g`alabasini birorta obida qurish bilan abadiylashtirardi. Chunonchi, Xorazmni Movarounnahrga birlashtirganidan so`ng onasi Tegina begim Moh sharafiga 1380 yilning bahorida Shahrisabzdagi Oqsaroy qurilishini boshladi. Bu qurilish yigirma yildan ortiqroq vaqtga cho`zilgan. Muhandisi Tabrizning qo`li gul me'morlaridan biri va naqqoshi Muhammad Yusuf edi. Harbiy yurishlari chog`ida Temur diniy masalalarga o`ta ehtiyotkorlik bilan yondashdi. Ya'ni boshqa dinlarga tazyiq o`tkazmadi. Buni Kavkaz, Hindistonga qilgan yurishlari misolida yaqqol ko`rishlari mumkin. Har bir mamlakatda aqli islom uchun sayyidlar orasidan boshliqlar tayinlanadi. Vahf ahkomini joriy etdi. Uning daromadlari hisobidan madrasa, masjid, xonadonlarni mablag` bilan ta'min etdi, diniy masalalar, xususan islomiy marosimlar, urf-odatlar va shariat qonunlarining bajarilishi ustidan nazorat qiluvchi mansablar joriy etdi. Bunday amallarga boobro`, insofli, diyonatli kishilarni tayinladi. Ular mutavalliy, muftiy, Qozi kalon, muxtaliy singari nomlar bilan atalardi.
Temur padari buzrukvori Muhammad Tarag`ayning - "Saltanatlar yemiriladi, olimlarning ishlari abadiy holadi ", -degan o`gitlariga qat'iy amal qilganligi bois uning davrida ilm-fan, adabiyot, san'at umuman madaniy qadriyatlar nihoyat rivoj topdi. Ibn Arabshoh so`zlari bilan aytganda, "Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyidu shariflarni o`ziga yaqin tutardi. " Sohibqiron hamma ilm-fandan mukammal xabardor edi. Xususan tarix, falsafa, riyoziyot, qandasa, me'morchilik, falakiyot va boshqa ilmlar, shuningdek, she'riyatni yaxshi bilardi. Birgina misol. Ibn Arabshoh qayd etganidek, " Temur esa podshohlar va xalqlar siyratlarida bilimdon, sharqu g`arb tarixining otasi va onasi edi Mustahkam ildizlarimizning biri haqli ravishda jahon e'tirofini qozonib kelayotgan Temur ma'naviyatidir. Bu qudratli manba insoniyat tarixida tengi yo`q markazlashgan davlatchilikka, qonunchilikka asos solish bilan yer yuzining deyarli hamma mamlakatlarida o`rganilib, hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Vatanni sevish, qadrlash, unga sidqidildan xizmat qilish, uni jahon miqyosiga chiqarish uchun harakat, ozodlik, tenglik, hurfikrlilik, insonparvarlilik, haqiqiy milliy iftixor, mehnatsevarlik, axloqiy poklik, halollik, insofu-diyonat, mehr-oqibat, keksalarga hurmat, yoshlarga izzat, oriyat, sharm va hayo, haqgo`ylik, saxovat, ibolilik, rahm-shafqat, birodarlik, onglilik, ilm-fanni qadrlash kabi ma'naviy fazilatlarni qozonish va ularni takomillashtirishning muhim manbalaridan biri bo`lib kelmoqda. Sohibqiron qoldirgan ma'naviy merosning o`ta qadr-qimmatli ekanligi ham shunda.
Mana uning farzandlariga qilgan vasiyati:
"-O`g`illarim, millatning rohati va saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o`qing,aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo`lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko`ring, yo`qsillarni zanginlar (boylar) zulmiga tashlamang. Adolat va iyilik(yaxshilik)qilmoq dasturingiz, rahbaringiz bo`lsin. "Temur jinoyatchilarga shafqat qilmasdi. Sohibqironning yetti yillik yurishi mahalida Samarqand hokimi mansabini suiste'mol qilib poraxo`rlik va boshqa nojo`ya qatti harakatlarga yo`l qo`yadi. Temur safardan qaytgach, hammasini aniq sarhisob qilib, bu hokimni osishga buyuradi. Movarounnahr hukmdorlaridan biri oraga tushib, Samarqand hokimining jinoyatidan o`tishini so`rab Sohibqirondan avf etishini so`raydi. U buning evaziga o`sha jinoyatchining barcha boyliklari, mol-mulkini va'da etadi. Bundan g`azablangan Temur qo`shimcha farmon bilan jinoyatchini ham, oraga tushgan Movarounnahr hokimini ham namoyishkorona dorga ostiradi. Mamlakat hukmdori ana shunday qat'iyatli bo`lgach, xo`sh qaysi bir amaldor mansabini suiste'mol qilishi, poraxo`rlik yoki boshqa bir nojo`ya ish qilishga jur'at etadi.
Rivoyatu hikoyatlarda ham Sohibqironning xotin-qizlarga, onalarga munosabati shu tarzda beriladiki, bundan uning bu masalada ham o`ta insoniy nuqtai nazardan yondashganligi, qur'oni Karim, Muhammad Alayhissalom hadislari asosida ish tutganligi ko`zga tashlanadi. Ularda hech qanday salbiy fikrlar deyarli bildirilmaydi.
Shuning bilan bir qatorda Temur xotin-qizlarga nisbatan o`ta talabchan ham edi. U ayollarning pokiza, sharm-hayoli, iffatli, hushyor, oqila bo`lishini istardi. O`zi bu borada: "O`g`illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e'tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko`rdim. Kelin bo`lmishning nasl-nasabini, etti pushtini surishtirdim, xos odamlar orqali sog`liq-salomatligini, jismonan kamolotini aniqladim. Kelin bo`lmish nasli-nasabi, odob-axloqi, sog`lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo`lsagina el-yurtga katta to`y-tomosha berib, kelin tushirdim. O`g`illarim, nabiralarim va yaqinlarimga biron tomchi sharob ichib, xotinlariga yaqinlashishini man' etdim. Zero, sharobning ta'sirida bunyodga kelgan farzand nasl-nasabning buzilishiga ta'sir etgay,-debon shu pokiza yo`lni tutdim"-deydi. Ibn Arabshohning yozishicha, Sohibqiron huzurida ayollarni g`iybat qilish, ularni xo`rlash va zo`rlash haqida gapirish taqiqlangan edi. Ukelinlariga nisbatan nihoyatda mehribon va rahm-shafqatli edi. Homilador kelinlarini o`z e'tiboriga olib, ularga g`amxo`rlik qilishni shaxsan oqila Bibixonim zimmasiga yuklardi. Ular uchun har doim hamma sharoitlar muhayyo bo`lardi.
Temur davlati o`zining eng rivojlangan davrida juda o`lkan hududni o`z ichiga olgan bo`lib, O`rta Osiyodan tashqari, Eron, Ozarbayjon, Iroq va Afg`onistonni qamrab olgan. U bu davlatni o`g`illari, nabiralari va xos amirlari yordamida idora qildi. Buning uchun u saltanatni suyurhol mulklarga, ya'ni uluslarga bo`ldi.
Amir Temur faoliyati yakunlanar ekan Temurning g`aroyib shaxs bo`lganligini qayd etib o`tmoq zarur. Undagi yirik davlat arbobi va sarkardalik iste'dodi quruvchilik, fan va madaniyatga homiylikka bo`lgan iste'dodi saodatli suratda bir-biri bilan uyg`unlashib ketgandi. U barpo etgan markazlashgan feodal davlatda iqtisod, savdo va madaniyat ravnaq topdi, davlatning obro`-e'tibori ortdi. Shu bilan birga Temur tipik feodal arbobi bo`lib, u tuzgan harbiy tuzum juda qattiq harbiy intizomga bo`ysunardi. Temurning Hindiston, Eron, Iroq, Shom va Gurjiston ustiga qilgan harbiy yurishlari mamlakatni kengaytirishga qaratilgan edi.
Xulosa
Qadimiy Turkistonu Turonzaminning buyuk farzandi Temur tarix sahnasiga kelgach, qariyb bir yarim asrlik mug`ullar hukmronligi va feodal tarqoqlikka barham berib, o`zining qudratli imperiyasini vujudga keltirdi. Uning davlati ijtimoiy -siyosiy jarayonda juda tez ko`zga tashlandi. Eng muhimi osoyishtalik o`rnatilib katta sarhadda yangi bir rivojlanish davri boshlandi. Temur davlati tarixiga butun jahon jiddiy e'tibor berayotganligining sababi ham shundadir.
Savdo-sotiq, dehqonchilik, hunarmandchilik umuman hamma soha jadal rivojlanib, xalqaro miqyosga ko`tarildi. Sohibqironning sa'yi -harakati tufayli buyuk ipak yo`li yo`nalishining Turonzamin tomon burilib, uning sarhadlaridan o`tishi bu borada ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi.
Amir Temurning porloq hayoti, serqirra faoliyati, suronli yurishlari bayonini yuzlab kitoblar, risolalarga sig`dirib bo`lmaydi. Bular hali tarixiy izlanishlarning ihtidosidir.
1404-yilning kech kuzida Amir Temur 200 ming kishilik qo‘shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. Shu yil qish erta tushgan edi.
1404-yilning kech kuzida Amir Temur 200 ming kishilik qo‘shin bilan Xitoy tomon yurish boshlaydi. Shu yil qish erta tushgan edi. Amir Temur qo‘shini Sirdaryo bo‘yidagi qadimiy shahar – O‘trorga yetib borganida sovuq avjiga chiqadi. Amir Temur shu yerda zotiljam kasaliga chalinib, 18-fevral kuni vafot etadi. Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk sarkarda, umrining asosiy qismini jang-u jadallarda o‘tkazgan, Xitoy chegarasidan Qora dengiz sohillarigacha, Sirdaryo bo‘yidan Hind okeani sohillarigacha bo‘lgan hududda ulkan imperiya tashkil etgan Amir Temurning hayoti shu zaylda poyoniga yetadi.
9-aprelda Kesh (Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘ida yashovchi Chig‘atoy ulusining beklaridan bo‘lgan Amir Tarag‘ay oilasida o‘g‘il tug‘iladi. Amir Tarag‘ay chaqaloqni shayx Shamsuddin Kulol huzuriga olib boradi. Bu paytda shayx Qur’on o‘qib o‘tirgan ekan. Suralardan birida “taymur” so‘zi uchraydi va shayx go‘dakning nomini Temur qo‘yishni buyuradi.
Yosh Temur bolalikdan sog‘lom, baquvvat, dovyurak bo‘lib o‘sgan, otda yurishni yaxshi ko‘rgan. Maxsus murabbiylar nazorati ostida yoshlikdan chavandozlik, ovchilik, kamondan o‘q uzish, qilichbozlik singari harbiy mashq va o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan. Temur tabiatan og‘ir, bosiq, teran fikrli, idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson bo‘lgan. U o‘z atrofiga sadoqatli odamlarni to‘play olish, ularni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan.
Amir Temur o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan, ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib, jasorat ko‘rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. U voyaga yetib, o‘lkaning ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtirok eta boshlagan paytda mo‘g‘ullar imperiyasining to‘rt ulusidan biri bo‘lgan Chig‘atoy ulusi bekliklarga bo‘linib ketib, ular o‘rtasida o‘zaro urushlar avj olgan edi. Xalq esa urushlardan charchab, butun Movarounnahrning yagona davlatga birlashishini, unda tinch, yaratuvchilik mehnati bilan shug‘ullanishni orzu qilib yashardi.
1342-yilda Chig‘atoy xonligi taxtiga o‘tirgan Qozonxon qattiqqo‘lligi bilan qo‘l ostidagi mansabdorlarni va xalqning ko‘pchiligini o‘ziga qarshi qilib qo‘ygandi. 1346-yildagi urushda Qozonxon o‘ldirildi. Mo‘g‘uliston hukmdori To‘g‘luq Temurxon qo‘shini 1359-yilda Xo‘jand yaqinida Sirdaryoni kechib o‘tib, Sirdaryo va Amudaryo o‘rtasidagi yerlarni katta qarshiliksiz bosib oldi. Bu qo‘shindan qo‘rqqan amaldorlarning bir qismi Xuroson va Afg‘onistonga qochib yashirindi; boshqa bir qismi qarshilik ko‘rsatish befoyda deb hisoblab, dushmanga itoat etdi. Temur bu voqeadan sal avval otasidan ayrilgan, vatandoshlari oldida hali obro‘-e’tibor topib ulgurmagandi. Shu bois vaqtincha tashqi itoatkorlik yo‘lini tutdi va To‘g‘luq Temurning ishonchini qozonib, uning o‘n ming kishilik qo‘shiniga boshliq bo‘lib oldi. Shu zaylda o‘z yerlari va ittifoqdoshlari yerlarini talanishdan saqlab qoldi. To‘g‘luq Temur shundan keyin o‘z xonligiga qaytib, o‘rniga o‘g‘li Ilyosxo‘jani qoldirdi.
Biroq Temur Ilyosxo‘ja bilan kelishib ishlolmadi. Ilyosxo‘ja Temurdan shikoyat qilib, aftidan, otasiga murojaat qilgan. To‘g‘luq Temur Amir Temurni o‘ldirish haqida buyruq bergan. Bu buyruq tasodifan Temurning qo‘liga tushib qolgan. Bu paytda Temurning tarafdorlari oz edi, ular bilan mo‘g‘ullarga qarshi kurashib bo‘lmasdi. Shundan keyin Temur o‘ziga sadoqatli 60 navkar bilan Amudaryoning so‘l tomoniga qochib o‘tib, Badaxshon tog‘lari orasiga yashirinmoqchi bo‘ladi. Shunda Temurni hurmat qiladigan bir darvesh unga Xorazm cho‘llariga ketib, qo‘zg‘olon uchun qulay payt kelishini kutishni maslahat beradi. Xorazmga borayotgan Temurga Ilyosxo‘janing muxolifi, Chingizxon avlodidan bo‘lgan Balx viloyati hukmdori Amir Husayn uncha ko‘p bo‘lmagan a‘yonlari bilan qo‘shiladi.
Shundan keyin Temur Xorazm cho‘llarida ancha vaqt sarson-sargardon bo‘lib yurgach, mo‘g‘ullarni yurtdan quvish uchun qo‘shin to‘plash umidida Xurosonga yo‘l oladi. Navkarlari safi 2000 nafarga yetganda Temur Ilyosxo‘janing 100 ming kishilik qo‘shiniga qarshi kurash boshlashga qaror qildi. Kuchlar nisbatidagi farq katta edi, albatta. Ammo g‘ayrioddiy harbiy san’ati va mardligi Temurga muntazam muvaffaqiyat keltirdi va u 1369-70-yillarda mo‘g‘ullarni Movarounnahrdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Amir Temur bu g‘alabaga o‘z ittifoqchisi Amir Husayn bilan birgalikda erishadi. Amir Temur Amir Husaynning jiyan singlisi O‘ljaoy Turkon Og‘oga uylangan, o‘rtadagi ittifoq qarindoshlik iplari bilan ham mustahkamlangan edi. Biroq Movarounnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgach, bu ittifoqqa Amir Husaynning insofsizligi va g‘ayirligi sababli putur yetadi. Bu orada O‘ljaoy Turkon Og‘o ham vafot etadi. Amir Husayn Amir Temurdan ayrilib, o‘z qo‘shinlari bilan Balxga joylashib oladi. Amir Temur Balxga yurish qilib, shaharni qamal qiladi va uni egallaydi. Amir Husayn o‘z noiblari tomonidan ushlanib, o‘ldiriladi.
Shu voqeadan so‘ng Balxda qo‘shin boshliqlarining qurultoyi chaqirilib, Temur o‘z piri Said Barakaning duoyi fotihasidan so‘ng Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.
Temur mamlakatni siyosiy, iqtisodiy, harbiy jihatdan mustahkamlashga harakat qiladi. Bu paytda Movarounnahrga shimolda Oltin O‘rda xavf solib turardi. Temur O‘rusxonning tazyiqidan qochib o‘z huzuriga yordam so‘rab kelgan Oq O‘rda xonzodalaridan To‘xtamishga bir necha bor yordam beradi. U avval Oq O‘rdani, keyin Oltin O‘rdani egallab, kuchli xonlik tuzib olgach, Temurning yaxshiligini unutadi va Movarounnahrga tahdid sola boshlaydi.
Shundan keyin Temur qisman Oltin O‘rda tasarrufida bo‘lgan Xorazmga bir necha marta yurish qilib, uni xonlik sifatida tugatib, Movarounnahrga qo‘shib oladi. Keyin To‘xtamish qo‘shinlariga qarshi yurish boshlaydi. Temur qo‘shinlari bilan To‘xtamish qo‘shinlari o‘rtasida 1389, 1391 va 1394–1395-yillarda to‘qnashuv bo‘ladi. So‘nggi ikki jang Samara va Chistopol shaharlari oralig‘ida joylashgan Qunduzcha (Kondurcha) degan joyda, ikkinchisi Shimoliy Kavkazda – Terek daryosi vodiysida sodir bo‘ladi va Temur qo‘shinlari g‘alabasi bilan tugaydi. Shunday qilib, Amir Temur mo‘g‘ul imperiyasining asosini yemirib, rus knyazliklari va Sharqiy Yevropa xalqlari mo‘g‘ullar asoratidan xalos bo‘lishlariga yo‘l ochib berdi. Yirik rus olimi A. Y. Yakubovskiy: “Temurning To‘xtamish ustidan qozongan bu g‘alabasi nafaqat O‘rta Osiyo va Sharqiy Yevropa, balki Rusiya uchun ham katta ahamiyatga molik bo‘ldi”, – deb yozgan.
Amir Temurning hayoti va faoliyatini shartli ravishda ikki davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davrida (1366–1385) Movarounnahrni mo‘g‘ullar istilosidan ozod qilib, o‘lkada yagona markazlashgan davlat tuzgan, o‘zaro urushlarga barham bergan. Ikkinchi davrida (1386–1405) boshqa mamlakatlarga yurish qilib, tarixga “uch yillik”, “besh yillik”, “yetti yillik yurushlar” nomi bilan kirgan yurushlarni amalga oshirgan. Bu yurushlarning har biri o‘z davri uchun ma’lum bir o‘rinli sabab bilan boshlangan. Elchilar orqali muloqot, muzokaralar foyda bermagan sharoitdagina qurol ishga solingan. Masalan, jahon tarixining buyuk hodisasi bo‘lgan Anqara jangini olaylik. Amir Temur turk sultoni Boyazidga qarshi urush boshlashdan avval u bilan ancha vaqt yozishma olib borgan. Turk sultoni maishiy buzuq, shariatga xilof ish qilib, musulmon bo‘lmagan ayol (serb malikasi Mariya Oliver)ga uylanib, bundan tashqari ichkilikka berilib ketib, o‘zidan ko‘pgina ruhoniylarni bezdirgan odam. Temur undan muqaddas shaharlar Makka va Madinaga boradigan karvonlarni talash bilan shug‘ullangan qaroqchilar boshlig‘i, Turkiyadan panoh topgan Qora Yusufni berishni talab qilgan. Boyazid esa Temurning xotinlarini haqoratlovchi javob xati qaytargan. Shundan keyin Temur turk sultoni qo‘shinlariga qarshi urush boshlashga qaror qilgan va unda zafar qozongan.
Bu g‘alaba ko‘pgina xalqlarni Turkiyaning mustamlakasi bo‘lish xavfidan qutqarib, butun Yevropa yengil nafas oldi. Yevropada Temur davlatiga qiziqish, u bilan diplomatik va iqtisodiy aloqalar o‘rnatishga intilish kuchaydi. Samarqandga xorijdan ko‘plab elchilar kela boshladilar. Shulardan biri Ispaniya qiroli Genrix III ning elchisi Ryui Gonzales de Klavixodir. U Samarqandda 1404-yilda bo‘lib, Temur bilan bir necha marta uchrashgan, suhbatlashgan, u haqdagi hikoyalarni tinglagan. Samarqand bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining mo‘l-ko‘lligi, arzonligini, mamlakat poytaxti va Kesh (Shahrisabz) shahrida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining ko‘lami va sur’atini ko‘rib hayajonga tushgan.
Amir Temur qaysi yurtni istilo qilsa, o‘sha yurtning eng yaxshi hunarmandlari va olimlarini Samarqandga olib kelib, ularning bilim va tajribasidan yurtni obodonlashtirishda foydalangan. Mo‘g‘ullar bosqini natijasida vayron bo‘lgan Samarqand shahri Temur hukmronligi davrida eski Afrosiyobdan janubroqda butunlay yangidan qad ko‘tarib, atrofi devor bilan o‘raldi. Shaharda Ko‘ksaroy, Jome masjidini, Bibixonim madrasasini, Shohi Zindadagi bir qator maqbaralarni, Samarqand atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Nav, Bog‘i Behisht deb nomlangan bog‘lar va saroylarni bunyod etdi. Ko‘hak va Zarafshon daryolari orqali o‘tgan yo‘llar va ko‘priklar, Amudaryo va Sirdaryo ustida ko‘priklar,Toshkentatrofida kanallar, shaharlararo karvon yo‘llarida rabotlar, karvonsaroylar qurdirdi. Bundan tashqari Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag‘dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustida maqbara qurdirgan.
Amir Temur mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlarini ham o‘z saltanati kuch-qudratini ko‘z-ko‘z qilishning bir vositasi deb bilgan. Ehtimol, shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘zi obod qildirgan Shahrisabzdagi mashhur Oqsaroyning peshtoqidagi naqshlar orasiga “Agar bizning kuch- quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq”, degan xitobnoma yozdirgan.
Amir Temur o‘z davrining hukmdori bo‘lgan murakkab tarixiy siymodir. U bekliklar, uluslar o‘rtasida o‘zaro urushlar avjiga chiqqan, xalq tinchlikni, ijtimoiy adolatni orzu qilgan zamonda o‘sib voyaga yetdi. Bundan tashqari uning qalbida islomiy aqidalarga katta hurmat va ehtirom bor edi. Unda osmonda Olloh bitta bo‘lganidek, yer yuzida ham bitta podsho bo‘lsa, g‘ayridinlar islomga kirgazilsa, olam tinch, turmush farovon bo‘ladi, degan bir tasavvur bo‘lgan.
Amir Temur ikki til egasi bo‘lgan – turkiy va fors tillarida yaxshi so‘zlashgan. Dunyoga buyuk lashkarboshi va davlat arbobi sifatida tanilgan bu inson kitob o‘qitib tinglashni, olimlar bilan suhbatlashishni, shohmot o‘ynashni yaxshi ko‘rgan. U o‘z qo‘shinlari bilan olib borgan janglar tajribasi hozir jahonning barcha harbiy akademiyalarida o‘rganiladi.
Amir Temur tarixiy shaxs sifatida uzoq vaqt qoralanib kelindi. Faqat O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingina buyuk bobomizning hayoti va faoliyati haqqoniy bahosini olib, qadr-qimmati joyiga qo‘yildi. Amir Temurning 670 yillik yubileyi respublikamizda zo‘r tantana bilan nishonlandi. Shu munosabat bilan Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Toshkentda, Samarqandda va Shahrisabzda unga haykallar o‘rnatildi. Ko‘plab ko‘chalar, xiyobonlar, maydonlar uning nomi bilan atala boshladi. “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi. Buyuk sarkarda va davlat arbobi, uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlab kitoblar nashr etildi, kinofilmlar ishlandi.
8. “Ўзбек шоири,ёзувчиси, педагог ва журналист Садриддин Айний таваллудининг 135-йиллигига” (1878-1954)
Садриддин Айний (1878-1954)
XX аср ўзбек ва тожик адабиётларига улкан ҳисса қўшган атоқли адиб, олим ва жамоат арбоби Садриддин Айний моҳир олим, тарихчи ва адабиётшунос сифатида ўзбек ва тожик адабиёти тарихи юзасидан катта илмий-тадқиқот ишларини олиб борган. Адиб Ўзбекистон Фанлар академиясининг фахрий аъзоси ҳамда Тожикистон Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзоси қилиб сайланган.
Таржимаи ҳол
Ватан олдидаги унутилмас хизматлари инобатга олиниб, унга 2001 йилда унга «Буюк хизматлари учун» ордени берилган.
XX аср ўзбек ва тожик адабиётларига улкан ҳисса қўшган атоқли адиб, олим ва жамоат арбоби Садриддин Айний 1878 йилнинг 15 апрелида Бухоро амирлигига қарашли Ғиждувон туманининг Соктаре қишлоғида дунёга келган.
Олти ёшидан мактабга қатнай бошлаган Садриддин 1890 йилда Бухорога келиб, Мир Араб, Бадалбек, Олимхон мадрасаларида таълим олган. Мадрасани тугатгач, янги усул мактабларида муаллимлик қилган.
1917 йил Февраль инқилобидан кейин Ўрта Осиёнинг турли шаҳарларида истиқлол учун кураш ҳаракатлари бошланиб кетди. Садриддин Айний амирликка қарши ҳаракатларда қатнашгани учун зиндонга ташланди.
С. Айний моҳир олим, тарихчи ва адабиётшунос сифатида ўзбек ва тожик адабиёти тарихи юзасидан катта илмий-тадқиқот ишларини олиб борди. Унинг Ўрта осиёлик буюк шоир ва олимлар - Рудакий, Саъдий, ибн Сино, Васфий, Бедил, Алишер Навоий, Аҳмад Дониш каби сиймолар ҳақида ёзган илмий асарлари ниҳоятда қимматли. Ана шундай салмоқли тадқиқотлари учун унга филология фанлари доктори илмий даражаси берилган.
Адиб Ўзбекистон Фанлар академиясининг фахрий аъзоси ҳамда Тожикистон Фанлар академиясининг ҳақиқий аъзоси қилиб сайланган. Бир неча йиллар давомида Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат дорилфунунининг профессори ва Тожикистон Фанлар академияси ташкил топган кундан бошлабоқ унинг президенти сифатида хизмат қилган.
Садриддин Айний 1954 йилнинг 15 июлида Душанбе шаҳрида вафот этган. Не бахтки, адиб вафотидан кейин ярим аср ўтган бўлса ҳам, Ватан олдидаги унутилмас хизматлари инобатга олиниб, 2001 йилда унга «Буюк хизматлари учун» ордени берилди.
Садриддин Айний ХХ асрнинг буюк ва такрорланмас ёзувчисидир. Унинг ҳаёт ва ижод йўли XIX асрнинг охирги чораги ва ХХ асрнинг биринчи ярмидаги ижтимоий-сиёсий ва адабий жараёнларнинг ғоятда мураккаб ва долғали ўзанларида кечди. Йигирма йилга яқин мадраса таълимини олган, амирлик тузумининг ҳамда кейинги ижтимоий-сиёсий ўзгаришларни ич-ичидан билган.
Баъзан қатағонликлар ва камситишларга учраган бу улкан адиб ўз асарларида халқ ҳаётини бутун мураккабликлари билан бадиий тасвирлаш орқали тарих ва даврни ўзига хос бирлаштириб, ХХ асрнинг аввалида шакллана бошлаган янги адабиётнинг асосчиларидан бири, йирик адабий сиймо сифатида бўй кўрсата олди.
Садриддин Айний ҳаётлигидаёқ Ғарб ва Шарқ мамлакатларида танилган ҳамда чехиялик доктор Иржи Бечка, олмониялик доктор Манфред Лоренц, эронлик профессор Сайид Нафисий, афғонистонлик адиб Сарвари Гўё, россиялик профессор Александр Болдыревлар ҳам, машҳур дарғаларимиз Ғафур Ғулом, Ойбек, Комил Яшин, Мирзо Турсунзода ва Зулфияхонимлар ҳам устод Айний деб ардоқлаган ва эътироф этган улуғ сиймо эди.
Вафотидан кейин (1954) бу сиймонинг эътибори, қолдирган илмий-адабий меросининг қадр-қиймати янада кўркамроқ ва салмоқлироқ тарзда қадрлана бошлади.
1962 йили Осиё ва Африка ёзувчиларининг Қоҳирада ўтказилган анжуманида устод Айний ҳиндистонлик Робиндранат Тагор, хитойлик Лу Син, қоҳиралик Тоҳо Ҳусайн қаторида Шарқнинг мумтоз адиби деб эълон қилинди.
1978 йилда эса устод Айний таваллудининг 100 йиллиги ЮНЕСКО қарори билан кенг нишонланди. Мустақиллик даврида Ватанимизнинг улкан мукофоти – “Буюк хизматлари учун” ордени билан тақдирланди.
ХХ аср адабиёти ва илмининг ардоқли сиймоларидан бири бўлган устод Айнийнинг олижаноб шахсий фазилати, бой илмий-адабий мероси мумтоз адабиёт ва маданият тарихини синчиклаб холисона ўрганишда, XXI аср кишиларини, келажаги порлоқ Ўзбекистоннинг баркамол ёшларини ватанпарварлик, халқсеварлик ва фидойилик, ҳалоллик пок эътиқодлилик руҳида тарбиялашда ўз ҳиссасини қўшадиган умрбоқий маънавий-илмий бойлигимиздир.
Айнийнинг жами илми дониши, бутун борлиғи Бухородан келиб чиқади. Унинг ижод равнақи, гулшани ҳам Бухородан. Бухоро унга илму адаб ўргатди.
Жалол Икромий
Айний “Судхўрнинг ўлими” номли асарида Бухоро амирлиги давридаги воқеаларни тасвирлайди. Бу асарда ёзувчи бошқача жанрга мурожаат қилади. “Дохунда”, “Қуллар” ва “Етим” асарларидаги айрим воқеаларни тасвирлаганда учрайдиган юмор ва сатира элементлари “Судхўрнинг ўлими” повестида биринчи планга қўйилади. Бу асарда ёзувчи мукаммал сатирик образлар яратади. Қори Ишкамба образи кўп жиҳатдан рус классик адабиёти образларини, Пушкин асаридаги Барон ёки Гоголь асаридаги Плюшкин образларини эслатади. Бу асарда адиб психологик тасвирнинг ажойиб намунасини кўрсатган.
Абдулла Қаҳҳор
Садриддин Айний кўҳна-классик адабиётни яхши ва атрофлича билади. Унинг асарларида мағиз бор. Киши ўқиса зерикмайди, асарларини ўқиган сари кишини ўзига тортади.
Абдулла Қодирий
Шарқ адабиётининг билимдони бу донишманд оғамизни кўрар эканмиз, ҳар қайсимиз унинг замондоши бўлганимиздек ғоят мамнун бўлардик, фахрланардик. Садриддин Айний ўзининг узлуксиз ва унумли меҳнати билан барчамизга ўрнак эди. Айний янги тожик адабиётининг асосчиси бўлиши шарафига эга бўлди ва шунинг ила барча замонавий ўзбек адабиёти тараққиётида ҳам катта мавқе эгаллади.
Ойбек
Айний Шарқ маданиятини эгаллаган зўр билимдон, шарқ маданиятининг энг яхши томонларининг тарғиботчиси эди. Айни пайтда, у Ғарб маданиятини ҳам ўзлаштириб олишга улгурди.
Альфред Курелла
Айний фақат Шарққа хос талант, Бухоро тупроғида туғилиши мумкин бўлган буюк истеъдод. Айний адиб ва инсон, мутафаккир аллома, курашчи ва мураббий сифатида халқ ҳаёти ва руҳиятининг тиниқ кўзгуси, халқ портретидир.
Очил Тоғаев
Айнийнинг шеърлари, повесть, романлари, бир забардаст олим, академик сифатида ёзган илмий тадқиқот асарлари, хусусан ҳар икки оғайни халқ – тожик ва ўзбекларнинг адабиёт тарихларини, тарихий адабий бисотларини равшанлантириб беришда қилган хизматлари каттакон бир хазинадир.
Ғафур Ғулом
...Айний манераси жуда содда, сиртдан қараганда хотиржам, ошиқмайди. Аммо китобхон Шарқимизнинг кекса донишманди Айний қахрамонларида шунчалик ҳаққоний ғазаб, зўр эҳтирослар билан намоён бўлганини пайқайди. Халқни тарих тўлқинида кўрсатиш Садриддин Айнийнинг севимли ракурсидир. Халқ жуда содда ва ажойиб одамлар тимсолида берилади.
Айний золимлар, фанатиклар, қаллобларнинг эски дунёси, “Бухорои шариф” билан узил-кесил, шафқатсизлик билан хисоб-китоб қилди. Унинг айбномаларини рад этиб бўлмайди...
Айнийнинг ажойиб нарсалари – катта ва кичик асарлари кўп, мен китобхонларни унинг ғоят ажойиб сатирик повести – “Судхўрнинг ўлими” билан танишиб чиқишга қизғин давъат этмоқчиман. Унда бениҳоя кучли ижтимоий заряд бор. Унда сатирикнинг Бухоро Гобсекини жуда яхши тасаввур этиш имконини берадиган улкан, буюк маҳоратини кўрамиз.
Чингиз Айтматов
Фаолияти
Садриддин Айнийнинг адабий фаолияти ўтган асрнинг 90-йилларида шеър ёзиш билан бошланган. Унинг биринчи асари «Гули сурх» («Қизил гул») 1897 йили яратилган. Шундан сўнг мактаблар учун «Таҳсиб ус-сиёбон» («Болалар тарбияси» 1909) номли ўқиш китобини тузиб, нашр эттирган.
У Октябр тўнтаришидан кейин ўзбек ва тожик тилларида даъваткор шеърлар, маршлар яратиб, уларни «Инқилоб учқунлари» (1923) тўпламида нашр этди.
Ёзувчи «Бухоро жаллодлари» (1922) қиссасида амир амалдорларининг даҳшатли жабр-зулмини, гуноҳсиз кишиларнинг қатл этилишларини, «Одина» (1927) қиссасида эса меҳнаткаш халқнинг оғир қисмати ва фожиали ҳаётини жонли тасвирлаб берди.
С. Айнийнинг дастлабки «Дохунда» романи 1929-1930 йилларда яратилган бўлиб, унда маърифатга интилган ёш тоғли йигитнинг ҳаёт йўли умумлашгандир. Кейинги «Қуллар» романи 1934 йилда Тошкентда ўзбек тилида, 1935 йилда эса Душанбеда тожик тилида нашр қилинди.
«Қуллар» романининг бош қаҳрамони тарихни ҳаракатга келтирувчи куч халқ ва унинг содиқ фарзандларидир, деган хулосага етаклайди.
С. Айнийнинг «Судхўрнинг ўлими» (1937) қиссасидаги бош қаҳрамон Қори Ишкамба жаҳон адабиётидаги Плюшкин ва Гобсек каби мумтоз образлар билан бир қаторда туради. Иккинчи жаҳон уруши йилларида С. Айний «Марши интиқом», «Муқанна қўзғолони», «Темур Малик» каби ватанпарварлик руҳидаги илмий ва бадиий асарларини яратди. У халқ ижодидан, фольклор асарларидан кенг фойдаланган ҳодца «Етти бошли дев» асарини ёзди.
С. Айнийнинг урушдан кейинги тикланиш йилларида яратган асарлари орасида тўрт жилдлик «Эсдаликлар»и (1949-1954) алоҳида ажралиб туради. С. Айнийнинг «Эсдаликлар», «Судхўрнинг ўлими» қиссалари, шунингдек, «Дохунда» ва «Қуллар» романлари болгар, немис, поляк, венгер, хитой, француз, румин, ҳинд, чех ва бошқа тилларга таржима қилинган.
«Эсдаликлар» (таржимаи ҳол асари), «Таҳсибус - сибён» («Пок бола»), «Ёшлар тарбияси» (1909) дарслиги, «Буxоро жаллодлари» (1922), «Одина» (1924), «Қулбобо ёки икки озод» (1928), «Етим» (1940), «Судxўрнинг ўлими» (1939), «Эски мактаб» (1935) каби киссалар, «Доxунда» (1930), «Қуллар» (1934) каби романлар, «Тожик адабиётидан намуналар» (1926), «Қиз бола ёки Холида» (1924), «Алишер Навоий», «Устод Рўдакий» каби илмий тадқиқотлари ва бошқалар.
Май
9. 10май - Ўзбекистон халқ шоири Ғафур Ғулом таваллудининг 110 йиллилиги(1903-1966)
G’AFUR G’ULOM (1903—1966)
O’zbek adabiyotining mashhur namoyandalaridan biri, Ittifoq Davlat va Lenin mukofotlarining laureati G’afur G’ulom 1903 yil 1 mayda Toshkent shahrining Qo’rgontegi mahallasida mehnatkash oilasida tug’ildi. To’qqiz yoshida otasidan yetim qolgan G’afur avval eski maktabda, so’ngra rus-tuzem maktabida ta’lim oldi.
U Oktyabr to’ntarishidan keyingi yillarda muallimlar tayyorlov kursini bitirib, yangi usuldagi maktablarda o’qituvchilik qildi. 1923 yildan bolalar uyida mudir va tarbiyachi, so’ng «Kambag’al dehqon», «Qizil O’zbekiston», «Sharq haqiqati» ro’znoma muharririyatlarida ishladi. Ro’znoma uning uchun dorilfunun rolini o’ynadi, xalq hayotini o’rganish, unda faol aralashish yo’lida muhim vosita bo’ldi.
Uning mamlakatni himoya qilish haqidagi tantanavor qasidalari, o’tmish sarqitlarini qoralovchi hajviy she’rlari va xalqning kundalik ijodiy mehnatini olqishlovchi asarlaridan jamlangan «Dinamo» va «Tirik qo’shiqlar» nomli dastlabki she’riy to’plamlari 1931-1932 yillarda chop etildi.
Shoir liro-epik janrlarida (1930-1935) «Ko’kan» poemasini, «To’y», «Ikki vasiqa» balladalarini yaratdi. Biroq, shoirning bir qator she’rlarida, xususan, biz ko’p yillar kollektivlashtirish mavzuidagi eng yirik liroepik janrdagi asar deb maqtab kelgan «Ko’kan» poemasi hozirgi kun talablari darajasida emasligi sezilib qoldi. Jumladan, poemada boshdan oyoq maqtalgan kollektivlashtirish siyosati ma’lum ijobiy natijalari qatorida cheksiz zulm — fojealarga ham sabab bo’lganligi bor bo’yicha realistik ifodalanmagan edi. Mustaqillik davri o’tmish tarixiga yaqindan haqiqat ko’zgusida boqishni taqozo etgach, bunday nuqsonlar ma’lum bo’lib qoldi. Xuddi shunday hol uni partiya, ona Vatan, V.I.Lenin, Oktyabr haqidagi she’rlarida ham seziladi. Shu tufayli shoir ijodini zarracha kamsitmagan holda unga tanqidiy yondashishni taqozo etadi.
30-yillar G’afur G’ulom hikoya, ocherk, fel’etonlar qatori «Netay», «Yodgor», «Tirilgan murda» kabi qissalarini ham o’z kitobxoniga taqdim etdi.
Ulug’ Vatan urushi yillarida shoir o’z ijodining butun haroratini fashist bosqinchilariga qarshi kurashayotgan xalqqa, uning muqarrar g’alabasiga bag’ishladi. U «Sen yetim emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», «Sog’inish» kabi she’rlarini ijod qildi, publitsistik ocherk va maqolalar yozib, xalqni jang va mehnat g’alabasiga otlantirdi. So’nggi yillarda G’afur G’ulomning 20 ga yaqin she’riy to’plamlari chop etildi. Ayniqsa, shoirpning «Kuzatish», «Sen yetim emassan», «Qish», «Bizning ko’chada ham bayram bo’lajak», «Vaqt», «Onalar» singari asarlarida dunyo xalqlarini fashizm vabosidan xalos etgan jangchilarimning mardona kurashlari tasvirlangan.
G’afur G’ulom urush yillarida yozilgan she’rlaridan jamlangan «Sharqdan kelayotirman» to’plami uchun 1946 yili Ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi. Adibga vafotidan so’ng «Lenin va Sharq» mavzusidagi asarlari uchun Lenin mukofoti (1973) berildi. G’afur G’ulom o’z davrida «Hurmat belgisi» (1944), uch marta «Mehnat Qizil Bayroq» ordeni (1937, 1951, 1961), Lenin ordeni (1949), medallar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. U O’zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi (1943) edi. 60 yillik yubileyi munosabati bilan unga O’zbekiston xalq shoiri faxriy unvoni berildi. Shoirning ko’pgina asarlari qardosh xalqlar, Osiyo va Yevropa tillariga tarjima qilingan.
Июнь
10. 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Har yili, yozning birinchi kunida butun dunyoda bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Va, albatta, bu sanaga bag‘ishlangan turfa xil tadbiru marosimlar bo‘lib o‘tadi. Ularda faol ishtirok etamiz, sevimli bolajonlarimizga sovg‘a-salomlar ulashamiz, quvnoq, beg‘ubor chehralarini ko‘rib, dilimiz yayraydi.
Bolalarni himoya qilish… Bu kunning nomi shunday belgilangan. Aslida hayotni, uning davomiyligini, insoniylikni, mehr-oqibatni himoya qilish, asrash-avaylash deyilsa, to‘g‘riroq bo‘ladi. Negaki, bolalarini asrab-avaylagan, ularning baxtli bolaligini ta’minlagan, bu yo‘lda hech narsani ayamagan xalqning kelajagi, shubhasiz, buyuk bo‘ladi. Demak, bola to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, millatning taqdiri, kelajagi bilan bevosita bog‘liq. Bola qalbini tushunish insonni tushunish demakdir.
Mamlakatimizda bolalar tarbiyasiga nechog‘li katta e’tibor berilayotganidan hammamiz yaxshi xabardormiz. Istiqlolimizning dastlabki yillarida tug‘ilgan farzandlar bugun ayni navqiron yoshda. Ular endi yangi barkamol avlod bo‘lib, ilm-fanda, ijodda, sportda, yaratuvchanlik borasida millat sha’n-shavkatini ulug‘lashmoqda. Yaqinda Nukusda bo‘lib o‘tgan “Barkamol avlod” sport o‘yinlari, Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Talaba bahori” festivali, “Kelajak ovozi” tanlovlari bugun bizning ortimizdan har jihatdan yetuk, izlanuvchan, sog‘lom avlod kelayotganini yana bir bor namoyish etdi.
Donishmandlardan biri “Millatning kelajagini bolalariga qarab aniqlash mumkin”, degan ekan. Bugun biz bag‘rimizda yayrab-yashnab o‘sayotgan, yanada baland cho‘qqilarga intilayotgan, dunyo kengliklarida O‘zbekiston bayrog‘ini dadil hilpiratayotgan farzandlarimiz chehrasida bizdan qoladigan Ozod va Obod Vatan qiyofasini aniq tasavvur etamiz. Umrimiz, orzu-umidlarimiz ular umrida, orzu-umidlarida davom etadi.
11. 6 июнь “Буюк рус ёзувчиси ва шоири А.С. Пушкиннинг 214 йиллиги”
Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-1837)
Har bir xalqning donishmandligi va qalb nazokatini o`zida mujassamlantirgan shoiri bo`ladi. Rossiyada inson ma`naviy olamining musavviri, shubhasiz, Aleksandr Sergeyevich Pushkindir. U nurga intilib, doim ozodlik uchun kurashuvchi shoir, buyuk optimist bo`lib yetishdi. Bu xususida rus xalqining buyuk shoiri Aleksandr Blok: «Pushkinning nomi naqadar jarangdor», - deb ta`riflagan edi.
Buyuk tatar shoiri Abdulla To`qay XX asrning boshida yozgan asarlaridan birida A.S.Pushkinni she`riyat osmoning yorqin yulduzi deb atagan edi. Bu ta`rif chiroyli shoirona tashbeh bo`lsa-da, unda rus shoiri ijodining mohiyati, ular yaratgan she`riyatning qimmati to`g`ri va haqqoniy aks etgan. Mana, bir yarim asrdirki, bu nom jahon she`riyatining eng yuksak, eng porloq yulduzi kabi she`rtalab qalblarga, go`zallik va ezgulik ishtiyoqida yongan yuraklarga saxiylik bilan nur taratib kelmoqda. Pushkin yaratgan asarlar – lirik she`rlar, dostonlar, ertaklar, dramatik asarlar, hikoyalar, qissalar, romanlarning hamasi vaqt sinovidan muvaffaqiyat bilan o`tdi. Chinakam san`at asari zamonlar o`tishi bilan qarimas, aksincha, har qaysi zamonda ilgari uncha ko`zga tashlanmagan yangi qirralari jilolanib yasharib borar ekan. Pushkinning qay bir asarini o`qimang, ular xuddi kechagina yozilgandek tuyuladi. Shuning uchun ham bugungi kunda bu asarlar har qanday sarhadlardan oshib o`tib, dunyoning hamma go`shalariga yetib bordi. Bugungi kunda Pushkin Yevropa va Osiyoda ham, Afrika va Avstraliyada ham, Shimoliy va Janubiy Amerika qit`alarida ham kitobxonlarning eng sevimli yozuvchisi bo`lib qolgan. Bu buyuk so`z san`atkorining taqdiri yana bir haqiqatni tasdiqlaydi – daho shoirlar, ulug` adiblar hamisha bir xalqning farzandi, bir muhitning mevasi o`laroq maydonga keladiyu, keyinchalik hamma xalqlarning farzandiga aylanib ketadi. Bugun dunyodagi yuzlab xalqlar qatori o`zbek xalqi ham Pushkinni o`zlarining sevimli ijodkorlari sifatida sevadilar va asarlarini qayta-qayta o`qishdan charchamaydilar. Undan o`z milliy adiblari kabi faxrlanadilar, asarlaridan bahramand bo`ladilar. Nega shunday? Buning sababi shundaki, Pushkin o`z davrining eng ilg`or g`oyalarini yuksak mahorat bilan ifodalagan edi. U rus milliy shoiri bo`lgani holda umuminsoniy haqiqatlarni hayqirib kuylagan edi. Albatta, Pushkin buyuk shoir sifatida har qaysi o`ziga xos, bir-birini takrorlamaydigan poetik olamni yaratgan.
Ma`lumki, Rossiya 1812-yilda Ulug` Vatan urushini boshidan kechirdi – rus qo`shinlari buyuk sarkarda M.I.Kutuzov boshchiligida butun Yevropani titratgan Napoleon armiyasini tor-mor keltirdi va uni Rossiyadan quvib chiqardi. Darhaqiqat, bu buyuk g`alaba Rossiyadagi ilg`or kuchlarning vatanparvarlik tuyg`ularini oshirib-toshirdi, ularning qalbini o`z vatani, o`z xalqi uchun iftixor hislariga to`ldirdi. Ulug` Vatan urushi butun dunyo qarshisida Rossiyaning buyuk mamlakat ekanini, rus xalqining esa iste`dodi ham, qudrati ham bitmas-tuganmas buyuk xalq ekanini yana bir marta namoyish etdi. Ayni choqda, shu buyuk g`alabaning shu`lasi Rossiya hayotining ilgari ko`zdan nari, panada yotgan tomonlarini ham yoritib yubordi, jamiyatning juda keskin ijtimoiy ziddiyatlarini ochib tashladi. Ma`lum bo`ldiki, Napoleonni yenggan, tarixning ijodkori bo`lgan xalq benihoya qiyin sharoitda zulmat qo`ynida, zulm iskanjasida, erksizlik va jaholat to`rlariga chulg`angan holda yashar ekan. Butun mamlakatda krepostnoy huquq hokim: bu huquqqa binoan dehqon pomeshchikning mulki hisoblanadi. Pomeshchik o`z dehqonini ishlatishi, qonini zulukdek so`rishi, ko`ngliga kelsa buyumdek sotib yuborishi, istagancha tahqirlashi mumkin. U dehqonni o`ldirib yuborgan taqdirda ham, hech kim qotil pomeshchikning mushugini pisht deyolmaydi. Mamlakatning ilg`or fikrli, sof vijdonli odamlari bunday ahvolga chidab turolmadilar. Mavjud ijtimoiy tartiblarni, krepostnoy huquqni, unga panoh bo`lib turgan monarxizm sistemasini tanqid qilish boshlandi, Rossiyani Yevropa mamlakatlariga qiyos qilish kuchaydi, adolatli, erkin, ma`rifatli jamiyat barpo etish uchun kuchli harakat boshlandi. Bu harakat tarixda dekabristlar harakati degan nom bilan shuhrat qozondi: 1825-yilning 14 dekabr kuni bir qancha ofitserlar Sankt-Peterburgda Senat maydoniga chiqib, podshoga qarshi isyon ko`tardilar. Isyon shafqatsiz suratda bostirildi. Uning ishtiokchilaridan besh kishi dorga osildi, yuzlab odamlar Sibirga surgun qilindi, turmalarga tashlandi. Isyon bostirildiyu, lekin podsho hukumati uning ruhini bostira olmadi. Senat maydonida ro`y-rost namoyon bo`lgan isyonkorlik ruhi, erkinlik istagi, ma`rifatga, ziyoga tashnalik, zulmatga, jaholatga nafrat, rus xalqini uning bo`yi bastiga, qudratiga, buyukligiga munosib tarzda ozod va baxtiyor ko`rish ishtiyoqi yashashda davom etdi. Xuddi shu ruh, shu g`oyaviy tamoyillar XIX asrdagi rus adabiyoti, musiqasi, rassomchiligi uchun qudratli qanot bo`ldi va ularning yuksak parvozini ta`minladi. Pushkin birinchilardan bo`lib, shu isyonkorlik ruhidan bahramand bo`ldi va birinchilardan bo`lib, erksevarlik g`oyalarini, zulmga qarshi otashin nafratlarini o`z asarlariga singdirib yubordi. Uning she`riyati tom ma`nodagi kurashchan she`riyat edi. U o`z asarlarida rus kishisiga muhabbatni kuyladi, oddiy insonning buyukligini tarannum etdi. Bu buyuk insonning ijodi odamlar qalbida ezgulikka ishtiyoqni barq urdirib, zulmat ichidagi nurdek porladi.
Bolalik chog`lari (1799-1811)
Rus xalqining ulug` shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyunda Moskvada kambag`allashib qolgan dvoryan oilasida tug`ildi. Uning onasi Nadejda Osipovna buyuk Pyotrning arabi deb shuhrat qozongan, keyinchalik general darajasiga ko`tarilgan Ibrohim Gannibalning nevarasi edi. Otasi Sergey Lvovich kambag`allashib qolgan dvoryanlardan bo`lib, ma`rifatli, adabiyotni yaxshi ko`radigan odlam bo`lgan. Ya`ni shoirning otasi adabiyotga juda qiziqqan bo`lib, uning boy kutubxoasi ham bor edi. Aleksandrning amakisi Vasiliy Lvovich Pushkin bo`lsa o`zi she`rlar ham yozib turar, zamonasining taniqli shoiru adiblari bilan yaqin muloqotda bo`lardi. Pushkinlar xonadoniga N.M.Karamzin, I.I.Dmitriyev, K.N.Vatyushovlar tez-tez kelib turganlar.
Pushkinning ota-onasi farzandini chet ellik tarbiyachi – guvernerga (guverner-murabbiy, tarbiyachi) topshirgan edi. Pushkinning guvernerdan olgani shu bo`ladiki, u yetti yoshga kirganida frantsuz tilida mukammal o`qiy va yoza oladigan bo`ladi. Biroq fransuz tarbiyachilari Pushkin tarbiyasiga foydali ta`sir ko`rsata olmaganlar. Bolalik chog`larida Pushkinda buvisi Mariya Alekseyevna Gannibal chuqur taassurot qoldirdi. Mariya Aleseyevna nevarasini behad yaxshi ko`rgan, unga ko`p vaqtini bag`ishlagan. U yosh Pushkinni rus tilida o`qish va yozishga o`rgatdi, unga ajoyib xalq ertaklarini aytib berdi. Shuningdek, Rossiyaning qadimgi turmushidan jonli hikoyalar aytib bergan. U nevarasiga, ayniqsa, podsho Pyotr I ning faoliyati haqida, bobokaloni Gannibal to`g`risida gapirishni yoqtirgan. Keyinchalik Pushkin rus tarixiga chuqur qiziqish bilan qaragan, hatto tarixiy mavzularda o`nlab asarlarni yaratgan. Pushkindagi tarixga qiziqishning dastlabki urug`larini uning qalbiga buvisi Mariya Alekseyevna ekkan edi.
Rus krepostnoy dehqonlari, uy xizmatkorlari Pushkinning eng yaqin do`stlari edi. Pushkin enagasi Arina Rodionovnani hammadan ham ko`proq sevar edi. Pushkin buvisi va enagasidan eshitgan ertak va qo`shiqlarni umrbod esida saqlab qoldi. Ular Pushkinda ona tili va xalq poeziyasiga muhabbatni uyg`otdi.
Pushkinning o`zi kun bo`yi otasining kutubxonasida bo`lar, boshini ko`tarmay kitob o`qir edi. U o`n besh yoshga qadam qo`yganida rus va fransuz tilidagi ko`p kitoblarni va badiiy asarlarni o`qib chiqdi, anchasini yod oladi.
Badiiy adabiyotni tinimsiz o`qishi, enagasidan va buvisidan eshitgan ertak va hikoyalari Pushkinda ijodga bo`lgan ischte`dodni barvaqt uyg`otdi. U har xil janrlarda qobiliyatini sinab ko`rdi: masallar, she`rlar, doston va komediyalar yozdi.
Litseyda (1811-1817)
1811 yilda Peterburg yaqinida Sarskoye Seloda o`rta va oliy ma`lumot beradigan maxsus o`quv yurti – litsey ochildi. Pushkin 12 yoshga to`lganda amakisi Vasiliy Lvovich uni Moskvadan Peterburgga olib keladi. Yosh Aleksandr qabul imtihonlarini topshirib, mana shu litseyga kirdi.
Bu litsey podsho Aleksandrning buyrug`i bilan nufuzli dvoryanlarning bolalari uchun ochilgan bo`lib, undan podshoning umidi katta edi. Ammo podshoning bu umidlari puchga chiqdi.
Pushkin va u bilan birga o`qishga kirgan o`ttizta o`smir litseyning birinchi talabalari edi. Ular tezda do`stlashib ketishadi.
Litsey yopiq o`quv yurti edi: tarbiyalanuvchilar litseyda ham o`qir, ham yashar edilar. Litsey o`quvchilari o`qituvchilar bergan bilim bilangina cheklanib qolmay, hayot va kishilar haqida yana ham ko`proq bilim olishni istar edilar. Ular, ayniqsa, adabiy hayot va siyosiy voqealar bilan juda qiziqardilar.
Pushkin o`z o`rtoqlariga hamma vaqt samimiy munosabatda bo`lar, ayniqsa, I.I.Pushchin, A.A.Delvig, V.K.Kyuxelbekerni sevar edi. Ular keyinchalik rus tarixida salmoqli iz qoldirishdi va umr davomida Pushkinga sadoqatlarini saqlab qolishdi. Delvig, Kyuxelbekerlar she`rlar yozar edilar. Bu she`rlar o`quvchilarning gazetalarida va rasmli qo`l yozma jurnallarida chiqarilar edi.
Litsey talabalari ko`plab kitoblar o`qishar va o`qiganlari ustida qizg`in bahslar qilishardi. Pushkin o`qishda ham, bahslarda ham tengdoshlari orasida ajralib turadi.
Pushkinning litseyda o`qigan chog`lari 1812-yilgi Vatan urushining tarixiy voqealariga to`g`ri keldi. Bu voqea butun mamlakatni hayajonga soldi va ko`p kishilarda vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg`ularini uyg`otdi.
Pushkin va uning o`rtoqlari litseydalik vaqtlaridayoq krepostnoy tuzumning nobopligi va adaolatsizligini tushunib olgan ilg`or kishilar bilan tanishadilar.
Ularning fikrlari, nutqlari va xatlari Pushkinning o`z hayotini xalqqa va uning ozodligi uchun kurashga bag`ishlash kerakligini anglashga yordam beradi.
Pushkin litseyda o`qib yurgan vaqtlaridayoq she`rlar yoza boshlaydi Pushkinning shoirlik shuhrati litsey doirasidan chetga chiqadi. Uning matbuotda bosilgan ilk asari 1814 yildan «Vestnik Yevrope» («Yevropa axboroti») jurnalida «Shoir do`stimga» she`ri bo`lib, mazmuniga ko`ra u Kyuxelbekkerga bag`ishlangan edi. Pushkin yozgan ilk she`rlari qo`lma-qo`l bo`lib ketadi va u ko`pchilikning e`tiborini qozonadi. Hatto Jukovskiydek atoqli shoir Pushkin bilan tanishish uchun atayin litseyga keladi. Jukovskiy keyinroq shoir P.A.Vyazemskiyga yozgan maktubida litseyga borish tafsilotini to`la bayon qilib Pushkinni «adabiyotimizning umid yulduzi» deb ataydi. U yana: «Biz hammamiz birlashib, bu iste`dodning o`sishiga yordam bermog`imiz darkor. Kelgusida u hammamizni ortda qoldiradigan ulug` shoir bo`lib yetishadi», deydi.
Pushkinning boshqa she`rlari yuqorida ta`kidlab o`tganimiz she`ri e`lon qilingandan keyin bir yil keyin esa boshqa jurnallarda ham muntazam ravishda bosila boshlaydi.
Pushkin haqida yozgan mualliflarning deyarli hammasi uning litseydagi hayotidan yana bir voqeani eslab o`tishadi. Bu – 1815-yilning yanvarida bo`lgan voqea. O`shanda talablarning yuqori kursga o`tishlari oldidan imtihon bo`lgan.
Pushkin 1815-yil yanvarida litseyda tantanali imtihon vaqtida mashhur shoir Derjavin huzurida yangi yozgan «Sarskoye Selo xotiralari» she`rini baland ovoz bilan o`qib beradi. «Mening ovozim, - deb yozadi Pushkinning o`zi bu paytni eslab, - o`spirinlarnikidek jaranglar, qalbim esa huzurbaxsh shodlik bilan to`lgan edi. Men she`rimni qanday o`qib tamomlaganimni xotirlay olmayman. O`qib bo`lib qayerga qochganimni eslay olmayman. Derjavin haddan tashqari quvonib, men bilan quchoqlashib ko`rishmoqchi bo`lib, meni yo`qlatibdi… Ammo meni qidirib topolmadilar».
Darhaqiqat, imtihonda ishtirorok etgan shoir Derjavin she`rdan g`oyat ta`sirlanib, ko`ziga yosh olib, Pushkinni quchmoqchi, peshonasidan o`pmoqchi bo`ladi. Biroq Pushkin ham hayajonda o`zini tutolmay, she`rini o`qib bo`lishi bilan, zaldan yugurib chiqib ketgan va hech kim topolmaydigan joyga yashirinib olgan edi.
Pushkin litseyda 6 yil tahsil oldi, 1817-yilda uni tamomlab, chinakam hayot yo`liga kirdi. U shoir bo`lib yetishgan edi.
Peterburgda (1817-1820)
Pushkin litseyni bitirgandan so`ng, davlat chinovnigi qilib tayinlandi. Lekin yosh shoirni bu xizmat qiziqtirmas edi. Uni poytaxtdagi madaniy hayot o`ziga tortdi. U ko`p mutolaa qildi, adabiy jamiyat va to`garaklarda qatnashdi, teatrlarga muntazam ravishda borib turdi va musiqani juda sevdi. Pushkin, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy voqealarni diqqat bilan kuzatib bordi.
Bu yillarda dvoryanlarning krepostnoy zulmga nafrat bilan qarovchi ilg`or qismlari yashirin jamiyatlar tuzib, bu jamiyatlarda podshoga va pomeshchiklarga qarshi qo`zg`olon ko`tarishga tayyorgarlik ko`rdilar.
Pushkin ularning harakatida bevosita ishtirok etmasa ham, ularning a`zolari bilan juda yaqindan aloqada bo`ldi. U inqilobchi dvoryanlarning otashin kuychisi bo`lib qoldi, qullik kishanlarini parchalab tashlashga qaratilgan, hurriyatparvarlik g`oyalari bilan sug`orilgan «Erkinlik» qasidasi (1817), «Chadayevga», «Ertaklar» (1818), «Qishloq» (1819) degan she`rlarini, podsho Aleksandr I, uning ministr va amaldorlariga qarshi hajviyalar yaratdi. Bu asarlar qo`l yozma holda faqat dvoryanlar o`rtasidagina emas, balki hurriyattalab ziyolilar, savodli dehqonlar va soldatlar o`rtasida ham keng tarqaldi.
Pushkinning bu vaqtlarda yozgan asarlari ichida litseydaligida boshlagan va 1820-yil ko`klamida tugatgan «Ruslan va Lyudmila» dostoni ayniqsa diqqatga sazovordir.
Ammo Pushkin xavf-xatar ostida qoladi. Uning she`rlari podsho qo`liga ham tushadi. Aleksandr I litsey direktori Engelgardt bilan uchrashganda, uning sobiq shogirdi Pushkinni tilga olib, u: «Pushkin kishini g`azablantiruvchi she`rlari bilan butun Rossiyani to`ldirib yubordi: yoshlar hammasi uning she`rlarini yod biladilar… Pushkinni Sibirga surgun qilish kerak», - dedi.
Bu nohaq buyruqdan xabardor bo`lgan shoirning do`stlari Karamzin, Jukovskiy, Chadayev uni surgundan qutqarib qolish uchun harakat qilishadi. Bu harakat tufayli shoirning qismati birmuncha yengillashadi. Uzoq va sovuq Sibirga yuborish o`rniga Pushkinni Rossiyaning janubiga surgun qildilar. Shoir 1820-yilning may oyida endigina 21 yoshni qarshi olgan vaqtida qarindoshlari va do`stlari bilan xayrlashib, Peterburgdan janub tomonga, Bessarabiya noibi general Inzov qo`l ostidadagi xizmatga surgunga ketdi.
Janubda (1820-1824)
Pushkin general Inzov idorasi o`rnashgan Yekaterinoslav (hozirgi Dnepropetrovsk) shahriga kelishi bilanoq, Dneprda cho`milib, xastalanib qoldi.
Shu vaqtda 1812-yilgi urush qahramoni general Rayevskiyning oilasi Pushkinni ko`rgani keladi; Rayevskiyning o`g`li Pushkinning do`sti edi. Rayevskiylar oilasi Kavkaz va Qrimga ketayotgan edilar. Ular shoir bilan samimiy munosabatda bo`ladilar. Pushkinni davolatishni sabab qilib general Inzovdan ruxsat olishga va uni o`zlari bilan birga olib ketishga muvaffaq bo`ladilar. Pushkin Kavkazga borib, ikki oy davomida mineral suvda (Pyatigorskda) davolanadi, so`ngra Rayevskiylar bilan birga Qora dengiz bo`ylab sayohat qiladi.
Janubning tabiati shoirni maftun etdi. Pushkin Kavkazdaligida tog` xalqlarining hayoti va urf-odatlari bilan tanishadi; Rayevskiyning katta o`g`li bilan birga ingliz shoiri Bayronning bir qancha asarlarini ruschaga tarjima qildi. Ko`plab she`rlar yozdi. «Kavkaz asiri» dostonini yozishga kirishdi. Qrimda u bir qancha qadimgi afsonalarni yozib oldi. Qrimdan qaytishda yo`l-yo`lakay Boqchasaroyga qo`ndi. «Boqchasaroy fontani» dostonining mavzusi va g`oyasi shu yerda tug`ildi.
Pushkin 1820-yilning sentyabr oyida Kishinyovga bordi, chunki u sayohatda yurganida Inzovning idorasi Kishinyovga ko`chirilgan edi. Pushkin surgunda bo`lgan vaqtlarida ham Rossiyaning ilg`or kishilari bilan yaqin aloqa bog`lay oldi. Rossiyaning shimolida bo`lgani kabi, janubida ham samoderjaviye va krepostnoychilik tuzumiga qarshi kurashuvchi yashirin jamiyatlar tashkil etilgan edi. Pushkin Kishinyovda janubiy jamiyatning rahbari Pestel va boshqa dekabristlar bilan tanishdi. Ular o`z shoirlarini yaxshi ko`rishar va unga ishonar edilar.
Pushkin Kishinyov surgunida uch yilcha (1823-yilning iyul oyigacha) bo`ldi. Bu yillar Pushkin ijodining gullagan davri edi. Kishinyovda u bir qancha yirik asarlar va ajoyib she`rlar yozdi. «Kavkaz asiri» dostonini tugatdi (doston 1822-yilda bosilib chiqdi). «Boqchasaroy fontani» ustida ishladi. 1823-yil mayda «Yevgeniy Onegin» romanini yoza boshladi. «Afsungar Oleg to`g`risida qo`shiq» balladasi, «Tutqun» she`rini ham shu yillar orasida yozdi.
Pushkin, ozroq muddatga bo`lsa ham, Peterburgga borib turishga ruxsat etilishini bir necha marta iltimos qildi, lekin podsho amaldorlari uning iltimosini rad qildilar. Shundan keyin shoir o`zining boshqa biron kattaroq shaharga ko’chirilishini so`radi. Bu ishda o`rtoqlari ham unga yordamlashdilar va 1823-yilning yozida Pushkin Odessaga, Janubiy o`lka general gubernatori graf Voronsovning qo`l ostiga yuborildi.
Bu vaqtda Pushkin hammaga mashhur shoir edi. Odessaning ilg`or kishilari, ayniqsa, yoshlar Pushkinni do`stona kutib oldilar.
Odessadagi dvoryan asilzodalar ichida Pushkinning anchagina dushmanlari ham bor edi. Ularning eng ashaddiysi graf Voronsov o`z atrofidagilarning xushomadlariga, ta`zim qilib turishlariga odatlangan takabbur amalparast edi. Xalqning shoirga bo`lgan muhabbati, kishilar tomonidan uning nomi sevib tilga olinishi Voronsovga hech yoqmadi. U Pushkinni kamsitishga, obro`sizlantirishga harakat qilar, unga munosib bo`lmagan mayda ishlarni buyurar va hatto, uni ta`qib qilish uchun maxfiy odam qo`ygan edi.
Pushkin bu amalparastga bo`yin egmadi, unga atab hajviya yozdi. Shundan keyin Voronsov Pushkin ustidan shikoyat qilib, Peterburgga xatlar yozdi va shoirning Odessadan jo`natib yuborilishini talab qildi. Bir kuni Pushkinning o`z do`stlaridan biriga yozgan xati politsiya qo`liga tushadi, xatni ochib o`qiydilar, Bu xatda shoir o`zining dinga ishonmasligini yozgan ekan. Bu xat shoirdan tezroq o`ch olish uchun bahona bo`ladi. Natijada 1824-yil yozida podshoning amri bilan Pushkin Odessadan Pskov gubernyasiga, o`z ota-onasining joyi Mihaylovskoye qishlog`iga surgun qilindi.
Mihaylovskoye qishlog`ida (1824-1826)
Pushkin Mihaylovskoyeda ikki yil yashadi. Bu «zerikarli», og`ir yillarda shoirning eng yaqin kishisi uning enagasi Arina Rodionovna bo`lib qoldi. «U mening birdan-bir do`stim, faqat u bilangina zerikmayman», deb yozgan edi Pushkin. Shoir enaganing ertaklarini, hikoyalarini mehr-muhabbat bilan tinglar va ravon, obrazli so`zlarini eshitib, benihoya xursand bo`lardi. Enaga Pushkinga «Dengiz ortida faqirona yashovchi chittak» haqida yoki «Suvga borayotgan qiz» haqidagi qadimgi rus xalq qo`shiqlarini, ziqna pop, uning chaqqon xizmatkori, Sulton shoh va boshqalar haqidagi ertaklarini aytib berar edi.
Mihaylovskoyeda Pushkinning xalq og`zaki ijodiyotiga bo`lgan qiziqishi yanada kuchaydi. Pushkin gadoy, ko`rlarning qo`shiq, ertak va hikoyalarini tinglaydi va yozib oladi. U dehqonlarning so`zlarini, maqollarini eshitadi. Buyuk shoir xalqdan o`rganib, so`z boyligini oshiradi. U oddiy kishilarning sodda hayotini o`rganadi. Rus qishlog`ining ajoyib manzarasini, uning qahraton qorli qishini, go`zal bahorini, oltin kuzini ko`rdi. Bu taassurotlarning hammasi shoir ijodida o`z aksini topdi.
Pushkin xilvat Mihaylovskoye qishlog`ida ko`p va samarali ishladi.
Bu yerda u «Lo`lilar» dostonini yozib tugatdi, yuzga yaqin lirik she`rlar yaratdi. «Yevgeniy Onegin» she`riy romani ustidagi ishini davom ettirdi. U 1824-yilning oxiridan to 1825-yilning oxirigacha «Boris Godunov» nomli fojiasini yozdi. Bu asarning bosh qahramoni xalq bo`lib, shu jihatdan u jahon adabiyotida birinchi hisoblanadi. Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, buvisining yoshligida aytgan hikoyalari ta`sirida shoirda tarixga bo`lgan qiziqish katta edi. Shu munosabat bilan u «Boris Godunov» fojiasini yozadi. Pushkinning o`zi eslashiga ko`ra, u 1825-yilningt noyabrida fojiaga nuqta qo`ygach, uni yolg`iz o`zi ovoz chiqarib o`qiydi-da, keyin qarsak chalib, «Yashavor, Pushkin!» deya hayqirgan ekan.
1825-yilda Pushkinning qadrdon do`stlaridan Delvig bilan Pushchinning uni ko`rishga Mihaylovskoyega kelishlari shoir hayotida eng quvonchli damlaridan biri bo`ldi.
Xuddi shu yilning noyabrida podsho Aleksandr I ning o`lgani, 14 dekabrda ko`tarilgan dekabristlar qo`zg`olonining yangi podsho Nikolay I tomonidan shafqatsiz bostirilgani to`g`riisidagi xabarlar Mihaylovskoyegacha yetib keldi.
Jazolanganlar qismati shoirni qattiq qayg`uga soldi. «Osib o`ldirishga o`ldirdilar, lekin 120 do`stim, yoru birodarim va o`rtoqlarimning katorga qilinishi g`oyat dahshatli!» - deb yozgan edi Pushkin.
Tintuv vaqtida qamoqqa olingan dekabristlarning ko`pidan Pushkin she`rlari topilgan va dekabristlar ularni inqilobiy ishlarga Pushkin she`rlari ilhomlantirganligini aytganlar.
1826-yil sentyabr oyi boshida Pskov gubernatori chinovniklaridan biri Pushkin oldiga kelib, shoirga yo`lga tayyorlanish kerakligini buyuradi. Chunki yangi podsho uni afv etib, Moskvaga chaqirtirgan edi. Shu bilan shoirning surgun davri tugaydi.
Lekin bu narsa shoirga ko`rsatilgan marhamat bo`lmay, balki podsho va uning jandarmlarining hiyla-nayrangdan iborat siyosati edi. Ular ulug` shoirni bundan keyin chekka bir joyda saqlab turish mumkin emasligini angladilar. Pushkin allaqachonlar xalqning sevimli shoiri bo`lib qolgan va uni butun Rossiya yaxshi tanir edi. Podsho uni saroy shoiriga aylantirish fikrida chaqirtirgan edi.
Moskvada (1826)
Yo`ldan charchab kelgan Pushkinni to`ppa-to`g`ri podsho huzuriga olib kirdilar. Shu kunlarda Moskvada bo`lgan podsho uning yakka o`zini qabul qildi. Nikolay dastavval Pushkindan shunday deb so`radi: «Agar sen Peterburgda bo`lsang, 14 dekabrdagi voqeada ishtirok etgan bo`larmiding?» Shoir o`ylab ham turmay, to`ppa-to`g`ri javob berdi: «Albatta, davlatpanoh! Mening hamma o`rtoqlarim qatnashgan isyonda men ham ishtirok etmay qolmas edim». Podsho o`zini eshitmaganga solib qo`ya qoladi. Podsho hali Pushkinni xayr-ehsonlar bilan qo`lga o`rgatib olishdan umidvor edi.
Podsho bu uchrashuvda Pushkinni o`z tarafiga tortish maqsadida munofiqlik bilan unga istagan yerda «ozod» yashashga ruxsat berdi. Nikolay I Pushkin bilan so`zlashgan paytda o`zini uning himoyachisi, do`sti qilib ko`rsatishga harakat qildi. Ammo ko`p o`tmasdan u adashganini tushunadi. Buni shoirni ta`qibdan qochirmay, uning ustidan uzluksiz ma`lumotlar yozib turgan ayg`oqchilar ham tasdiqlashadi. «Pushkinning qalami va gap-so`zlari hech qachon hukumat foydasiga yo`naltirilmaydi» deb xulosa chiqarilgan shunday ma`lumotlarning birida, ammo shunda ham podsho «mehribonlik» bilan shoirga homiylik qilishni qo`ymaydi. Lekin bunaqa zo`raki homiylik Pushkinga foydadan ko`ra zarar keltirardi. Chunki podsho adabiyot masalalarida durustroq maslahat beradigan, ijodkorning o`ziga xos tabiatini tushunadigan darajada dono emas edi.
Moskva Pushkinni xursandchilik bilan kutib oldi. Moskvada shoirning ko`pgina samimiy do`stlari bo`lib, ular uning zo`r talantini juda sevar va qadrlar edilar. Lekin Pushkinning do`stlari bilan birga dushmanlari ham bor edi. Moskvadagi to`ralar va boylar unga yomon ko`z bilan qarar edilar.
Pushkin Moskvadagi hayotining birinchi oylaridayoq o`zining erkin emasligini seza boshladi. Jandarmlar ko`z-quloq bo`lib, shoirni hamma vaqt poylab yurar edilar. Uni bir necha martalab tergovga chaqirdilar. Pushkin jandarmlardan so`roqsiz Moskvadan tashqariga bir qadam ham chiqa olmas edi. Jandarm boshlig`i, podshoning shoir orqasidan qo`ygan nazoratchisi graf Benkendorf Pushkinning o`z asarlarini podshoning ruxsatisiz bosib chiqarishi u yoqda tursin, hatto o`rtoqlariga o`qib berishga ham yo`l qo`ymas edi.
Nikolay I va dvoryan asilzodalari Pushkinni «o`z» shoirlariga aylantirish mumkin emasligiga tezda ishondilar. Ulug` shoir samoderjaviyega bo`ysunmadi, dekabristlar yengilgan bo`lsalar ham, Pushkin ularga avvalgiday sodiqligicha qolaverdi. Pushkin Mihaylovskoye qishlog`idan qaytgandan so`ng yozgan she`rlarida dekabristlar ishining g`alaba qozonishiga bo`lgan ishonchini dadillik bilan kuyladi.
Sargashtalik yillari (1817-1830)
Pushkin surgundan ozod qilingandan keyingi bir necha yil shoirning «sargashtalik yillari» deb ataladi. Haqiqatan ham hukumat doiralari bilan to`qnashish, rasmiy jurnal tanqidchiligi bilan kelishmaslik, ularning shoir ijodining ahamiyatini tushunmasligi, dekabrist do`stlaridan judolik – hammasi qo`shilib, Pushkinda diqqinafaslik, zerikish, hayotidan norozilik hissini uyg`otadi. Bu yillarni u bir joydan boshqa joyga ko`chish bilan o`tkazadi. U goh Moskvada, goh Mihaylovskoye, goh Peterburg, goh Malinovkada «Tver guberniyasidagi bir tanishining mulkida», goh Ostafyevoda (Moskva atrofida) yashaydi.
Pushkin surgunda g`azablanib yurgan dekabristlar va do`stlarining taqdiri haqida doimo o`ylar edi. Bu uning ijodida ham aks etdi. U «Arion» (1827) she`rida: «O`sha qo`shiqlarni hali ham kuylayman», deydi. «Sibirga maktub» (1827) she`rini do`stlariga yuborib, ularga bo`lgan sevgisini bayon etdi. Pushkin hatto podsholikdan ruxsat so`ramay, dekabristlar harakatida ishtirok etganliklari uchun soldat qilib Kavkazga urushhga yuborilgan (Rossiya bilan Turkiya o`rtasida urush borar edi) ba`zi do`stlarini ko`rish maqsadida to`ppa-to`g`ri harakatdagi armiya safiga (Arzrumga) jo`nab ketdi. Bu safari uchun Pushkin Benkendorf orqali podshodan tanbeh (vigovor) olgan edi.
Pushkin umrining oxirgi yillari (1830-1837)
1830-yilning bahorida Pushkin Arzrumdan Moskvaga qaytib keldi. Shu yilning kuzida otasining yer-suvi joylashgan Boldino qishlog`iga borib, uch oy turdi.
Shu uch oy ichida u eng ko`p asar yaratdi. «Yevgeniy Onegin» ning VIII va IX boblarini, «Kolomnadagi uy» she`riy qissasini, to`rtta «Kichik fojialar»ini, «Belkin povestlari», «Goryuxin qishlog`i tarixi», talay she`rlar, adabiy-tanqidiy maqolalarini yozdi. Bu asarlarda Pushkin realizmi yanada chuqurlashdi.
Pushkin 1831-yilda Moskavaning go`zal qizlaridan biri bo`lgan N.N.Goncharovaga uylandi va to`ydan keyin er-xotin Peterburgga ko`chib ketishdi. «Men uylandim, baxtiyorma, - deb yozadi Pushkin do`sti Pletnevga. – birdan –bir istagim shuki, hayotimda hech narsa o`zgarmasin – bundan yaxshirog`iga erisholmayman». Biroq bu gal ham Pushkin istaganday bo`lmaydi. Peterburgda Pushkin va Natalya Goncharova podsho saroyiga yaqin guruhlar davrasiga jalb qilinadi. Bu davra esa faqat hashamatli ballar, tantanovor kechalar, ziyofatlar bilangina emas, har xil mayda ig`volar, g`iybatlar bilan ham band edi.
Tabiiyki, bunday bo`g`iq muhit havosidan nafas olish Pushkinga malol keladi. Biroq Pushkin o`z ixtiyorini kiborlar muhitining oqimiga berib qo`ymaydi. U yana tinimsiz mehnatga beriladi. Xuddi shu yillarda Pushkin bir qator ertaklar yartadi. «Shoh Sulton va uning azamat o`g`li Gvidon haqida ertak», «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak», «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak», «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» kabilar shular jumlasidandir.
Pushkin yana chet ishlar Kollegiyasiga xizmatga olindi va kanselyariyada o`tirish o`rniga ulug` Pyotr tarixini yozish uchun arxivlarda ishlashga ruxsat etildi.
1833-yilda Pushkin podshoning ruxsati bilan Rossiya bo`ylab to`rt oy safarga jo`naydi va Qozon, Orenturga, Uralsk kabi shaharlarda bo`lib, arxiv materiallari bilan tanishib, Pugachyov harakati haqida ilmiy ish yozmoqchi bo`ldi. Shu niyatini amalga oshirish maqsadida 1833-yilning yoz oylarida Pugachyov harakat qilgan joylarni, uni ko`rgan-bilgan qariyalar bilan suhbatlashib, qo`zg`olon haqidagi ma`lumotlarini boyitdi. U safardan qaytishida Boldino qishlog`ida to`xtab, kuzni shu yerda o`tkazdi. «Pugachyov tarixi» kitobini, «Mis chavandoz» dostonini, «Qarg`a xonim» hikoyasini va talay she`rlarini yozdi.
Pushkinni dehqonlar qo`zg`oloni mavzusi ko`pdan qiziqtirib kelar edi. «Dubrovskiy» asari ham shu mavzuda yozildi.
Pushkinning nasriy asarlari ichida «Dubrovskiy» asari alohida o`rin tutadi. Dastavval, Pushkin Dubrovskiy hag`ida roman yozmoqchi bo`lgan, biroq ish davomida bu niyatidan kechib, qissa yozish bilan cheklangan. Asar hajman kichkina bo`lsa-da, mazmunan juda teran. Ma`lumki, Dubrovskiy pomeshchik bo`lsa-da, adolatsizlikka qarshi bosh ko`targan isyonkor odamdir. To`g`ri, uning isyonkorligi bir oz torroq xarakterga ega, u birinchi navbatda, otasi uchun pomeshchik Troyekurovdan o`ch olish maqsadida harakat qiladi, biroq shunday bo`lsa-da, ayrim o`rinlarda uning isyoni kengroq mazmun kasb etadi. Qissa psixologik jihatdan puxta dalillangan, o`tkir syujet asosiga qurilgan, ayni choqda, har qanday sun`iylikdan, zo`rma-zo`rakilikdan xoli. Eng muhimi shundaki, Pushkin butun qalbi bilan Dubrovskiyni alqaydi, uni mard, olijanob, adoltli odam tarzida ko`rsatadi. Adib o`z qahramoni Troyekurovning qizi Mashaga muhabbatini tasvirlashda ham birinchi navbatda, Dubrovskiydagi ritsarlik xislatlarini alohida ta`kidlaydi.
A.S.Pushkinning so`nggi asarlaridan biri «Kapitan qizi» qissasidir. Bu qissa 1836-yilning 19-oktyabr kuni yozib tugatilgan bo`lib, Pushkin prozasining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu qissa ham tarixiy asar- unda Yemelyan Pugachyov qo`zg`oloni bilan bog`liq voqealar aks etgan. Biroq yozuvchi Yemelyan Pugachyov obrazini asarining markaziga qo`ymaydi. Asarning bosh qahramonlari Orenburg qal`asining komendanti kapitan Mironov, uning rafiqasi Vasilina Yegorovna, ofitser yigit Pyotr Grinyev, uning sevgilisi – kapitan qizi Masha MIronovadir. Shuningdek, Pyotr Giriyevning xizmatkori Savelich ham qissada o`ziga xos o`rin tutadi. A.S.Pushkin asar personajlarning hammasini yorqin ranglarda, hayotiy bo`yoqlarda tasvirlaydi. Ayniqsa, qissada Pyotr Grinyevning og`ir hayotiy sinovlarda ulg`ayishi, mardona tabiatining shakllanishi yaxshi tasvirlangan – u bizning ko`z o`ngimizda bo`shgina tajribasiz yigitdan xavf-xatarlardan qo`rqmaydigan tadbirkor ofitserga aylanadi.
Pushkin Yemelyan Pugachyov obrazini ikkinchi darajali personaj sifatida ko`rsatsa-da, unga o`zining xayrixohligini yashirmaydi. Birinchi marta u bo`ronda adashgan Grinyevni to`g`ri yo`lga solib yuboradi va buning evaziga barinning qimmatbaho po`stini bilan taqdirlanadi. Keyinchalik esa u Pyotr Grinyevni va Masha Mironovani dordan xalos etib, o`zining olijanobligini ro`yirost namoyish etadi.
Pushkin 1835-yilning oxirida «Sovremennik» degan jurnalni nashr etishga ruxsat oldi. U hayot vaqtida chiqqan shu jurnalning to`rt sonida «Kapitan qizi», «Arzrumga sayohat», «Xasis ritsar» asarlari va bir necha she`rlari ham bosildi.
Bu orada Pushkinning boshi ustidagi bulutlar quyuqlasha boradi. Podsho Nikolay I har xil yo`llar bilan shoirni tahqirlashga urinadi, uni kamsitadigan ishlar qiladi. Shu maqsadda u Pushkinga kamer –yunkerlik unvonini beradi. Bu unvon odatda yosh yigi’larga beriladigan unvon bo`lgani uchun, Pushkin buni kamsitishdek qabul qiladi. Shuning uchun shoir g`ururini qo`ldan bermay yozadi: «Men fuqaro bo`ligshim, hatto qul bo`lishim mumkin, biroq sira-sira malay va masharaboz bo`lmayman!». Bo`yin egishdan bosh tortish, malay bo`lishni istamaslik tufayli Pushkin bilan kiborlar munosabati borgan sari yomonlashadi.
Umrining oxirgi yillarida Pushkin uchun ijod qilish va yashash tobora og`irlashdi. Shoirning xotini Natalya Nikolayevna saroy bazmlarini sevar, kam o`qir, erining ijodi bilan qiziqmas edi. Pushkinning xotini uchun va ko`payib turgan oila a`zolari uchun bo`lgan harajati ham osha bordi. Shoirning daromadi esa oz edi. Buning ustiga Pushkinni yomon ko`ruvchi kiborlar jamiyati unga qarshi hujumni kuchaytirishni davom ettirdilar. Bu hujum usti yaltiroq, ichi qaltiroq gvardiya ofitseri Dantes chet eldan Rossiyaga kelgan vaqtda ayniqsa avj oldi. Uning shoirning xotiniga odamlar o`rtasida oshkora gap otib yurishi Pushkinning sha`niga isnod keltiradigan g`iyb’atlarga sabab bo`ldi. 1836-yilning noyabr oyida Pushkin imzosiz maktub oladi. Maktub Pushkinni haqorat qilgan, uning nomusini tahqirlovchi iboralarga to`liq edi. Pushkin bu maktubni golland elchisi Gekkeren yozgan deb o`ylaydi va uning tutinggan o`g`li Dantesni duelga chaqiradi. Shoir gap faqat Dantesdagina bo`lmay, balki podsho boshliq butun kiborlar jamiyatida ekanligini yaxshi tushunsa ham uni duelga chaqirishga majbur bo`ldi. Bundan tashqari, Dantes o`ta surbet odam bo`lib, Pushkinning xotiniga oshkora xushomad qilgan edi.
Duel va shoirning o`limi
1837-yilning 8-fevral kuni (eski hisobda 27-yanvar) da Peterburg yaqinida, Chyornaya rechkada o`q tovushi eshitildi. Bu otilgan o`q Pushkinni halok qildi. Razil fransuz asilzodasi, Gollandiya elchisining asrandi o`g`li, ofitser libosidagi yollangan qotil Dantes ulug` shoirni og`ir yarador qildi. Rus xalqiga yot va dushman bo`lgan Dantes Rossiyaga amal va boylik izlab kelgan edi. Dvoryan asilzodalari uning qonli qo`lini Pushkinga qarshi ko`tartirgan edilar. Dueldan ikki kun keyin – 10-fevral kuni ( eski hisobda 29-yanvar) da Pushkinning yuragi urushdan to`xtadi.
Podsho Nikolay I va uning hukumati duel bo`lishidan avvaldan xabardor edi, biroq uning olidini olib, buyuk shoirni o`limdan saqlab qolish uchun hech narsa qilmaydi. Aksincha, Pushkinni Dafn qilish marosimi umumxalq namoyishiga aylanib ketishidan qo`rqqan podsho buyuk shoirni imi-jimida ko`mish haqida ko`rsatma berdi.
Sevikli xalq shoiri bilan xayrlashish uchun minglab kishilar keldilar. Ular o`z shoiri uchun motam tutgan oddiy rus kishilari edilar. Pushkinning tobuti ustida ho`ngrab yig`lagan oddiy bir cholni ko`rib undan: «Siz shoirning qarindoshimisiz?» - deb so`raganlarida u qaddini rostlab olib: «Men – rusman!» deb javob bergan edi. Faqat saroy kishilarigina shoirga motam tutmadilar.
Podshoga «Pushkinning vafotidan beri… uning uyiga 50 mingga yaqin kishi kelib ketdi», deb ma`lumot yuborildi. Shunchalik ko`p xalqning Pushkin uyiga kelishi Nikolay I ni tahlikaga soldi. U Pushkinning jasadi solingan tobutni yashirin ravishda jandarmlar nazorati ostida Pskov guberniyasidagi Svyatiye Gori degan joyga olib ketishni buyurdi. Ulug` shoirni 1837-yil 15-fevral kuni ( eski hisobda 6-fevral) da Mihaylovskoye qishlog`i yonidagi qadimgi Svyatigorskiy monastrining devori yoniga ko`mdilar.
Jahon adabiyoti tarixidagi eng buyuk siymolardan birining hayoti ana shu tarzda fojiona tamom bo`ladi. Biroq podsho boshliq zamonaning qorakuchlari Pushkin nomini har qancha yo`qqa chiqarishga urinishmasin, buning uddasidan chiqa olmaydilar: Pushkin she`riyati osmonida quyoshdek balqishda davom etadi. Uning asarlari esa sekin-asta Rossiya sarhadlaridan o`tib, dunyoning eng olis joylarigacha yetib boradi va millionlab odamlarning qalbini zabt etadi. Beixtiyor shoirning o`limidan oldin yozgan so`nggi yirik she`ri «Haykal» esga tushadi. Unda shoir asarlari bilan o`ziga «qo`lda sozlab bo`lmaydigan haykal» yaratganini, hech qachon haykal poyiga olib keluvchi «xalqning ziyorat yo`lini maysa-giyoh band qilmasligini aytadi:
Butun Rossiyani chulg`ab olar ovozam,
Undagi har bir ulus meni yodlab turajak.
Mag`rur olov bolasi, fin ham, bukun beorom
Yurgan tungus, hatto dashtin bir qalmoq.
Shoirning bashorati to`g`ri chiqdi. Bugun u jamiki xalqlar uchun eng ardoqli shoir bo`lib qoldi.
Pushkin bevaqt vafot etdi: «Rus she`riyatining quyoshi» so`ndi, lekin uning o`lmas asarlari xalqlar qalbida mangu qoldi. Uning asarlari samoderjaviye va dvoryanlarning jabr-zulmiga qarshi nafrat o`tini yoqdi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, Pushkinga butun xalq motam tutdi. Peturburgda bir she`r qo`lma-qo`l yura boshladi. Lermontov «Shoirning o`limi» she`rida Pushkinning haqiqiy qotilini dadil va mardona ko`rsatib berdi. Bu she`r qo`l yozma holida Peterburg va butun mamlakatga yoyildi.
«Shoirning o`limi» deb atalgan bu she`rda og`ir judolik alami ham, bu fojiani tug`dirgan qora kuchlarga nafrat ham g`oyat zo`r ehtiros bilan ifodalangan edi. Albatta, o`sha kunlarda buyuk shoir kiborlar dunyosining qurboni bo`lganini, uni turli-tuman fisqu fasodlar halok qilaganini, podsho esa bu fojianing oldini olish o`rniga voqealaarning borishini loqayd qalb bilan tomosha qilib turganini ancha-muncha odam bilardi. Bilardiyu, lekin hech kim buni baralla ovoz bilan aytgani yo`q edi. She`rda Pushkinning o`limi haqidagi haqiqat ro`yirost aytilgandi. Unda mavjud qonunlar ortiga yashiringan, podsho taxtini panoh qilib olgan saroy ahli ochiqdan-ochiq shoirning jallodi, deb atalgan, bu qora kuchlar kelgusida javobgar bo`lishi, jazolanishi muqarrar ekani ta`kidlangan edi:
Siz taxt uchun ochko`z olomon
Hurriyat, dahoning, shonning jallodi.
Qonunlar siz uchun panoh – soyabon,
Sud ham, haqiqat ham jimjit turadi…
Lekin ey buzuqlik mahramlari, bor,
Bor hukmi ilohiy, u sizni kutar…
Pushkin asarlari jonajon xalqni hurmat qilish va sevishga o`rgatadi. Biz uning bolalar uchun yozgan va bolalar tomonidan sevib mutolaa qilinadigan asarlari xususida to`xtalish orqali ushbu fikrning to`g`ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
A.S.Pushkin xalq og`zaki ijodini bolalikdan berilib o`rgandi. Buloqday qaynab-toshgan xalq og`zaki ijodi shoirning ilhomiga ilhom qo`shdi. Kelajakda mashhur shoir bo`lib, jahonga tanilishida boy manba bo`lib xizmat qildi. U, ayniqsa, o`zining ertak-dostonlari bilan yosh kitobxonlarning hurmat-olqishiga sazovor bo`lib kelmoqda.
A.S.Pushkin o`zining «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1831), «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» (1833), «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak» (1833), «Oltin xo`roz haqida ertak» (1834) kabi ertak-dostonlari bilan jahon bolalar adabiyoti xazinasini yanada boyitdi.
Yuqorida biz ta`kidlab o`tgan asarlarning hammasi boy va rang-barang xalq og`zaki ijodi ta`sirida yuzaga kelgan. Bu asarlar zamirida faktik materiallar yotganligini ko`ramiz. Masalan, shoir «Ajoyib bolalar», «Egriqo’» xalq ertaklai asosida «Shoh Sulton va uning azamat o`g`li knyaz Gvidon haqida ertak», «Qurumsoq kampir» xalq ertagi va rus xalq folklorining to`plovchilaridan biri V.Dal hikoya qilib bergan syujet asosida «Baliqchi va oltin baliq haqida ertak», «Sehrli ko`zgu» ertagi asosida «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak», uzoq yillar xalqni ayovsiz ishlatib, unga rahm-shafqat nima ekanligini bilmay o`tgan va uning hatto pok xizmatlarini o`zida mujassamlantirgan «Shabarsha batrak» ertagi asosida «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» yaratilganligini ko`ramiz. Bu ertaklarning hammasi shoirning ijodiy laboratoriyasida ishlanib, sayqallanib, yanada o`qimishli, ta`sirli qilib yaratilgan. Ayniqsa, oltin baliq va baliqchi chol haqidagi ertagi juda ommalashib ketgan.
A.S.Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko`radi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo`lgan cheksiz hurmat tuyg`usi barq urib turadi.
Chunonchi, Dadon shohni oling («Oltin xo`roz haqida ertak»). U g`irt ahmoq, na xalqni sevadi va na farzandlariga mehribon otalik qila oladi. Dadon o`taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podsholigidan, xalqidan, farzandlaridan o`zga yurtli makkor ayolni ustun qo`yadi. Buni xalq kechirmaydi. Natijada shoh xalqning qahr-g`azabiga duchor bo`ladi. Oltin xo`roz tepkisidan halok bo`lgan shohga birovning rahmi ham kelmaydi, shohning o`limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi.
Pop («Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak») obrazini shoir o`ziga xos tarzda aks ettirib eradi. Tekinxo`r, ochko`z, o`zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho`qqisiga ko`taradi.
Ikki qahramonning bozordagi o`zaro suhbatidanoq kitobxon kimning qanday inson ekanligini darhol sezadi:
«Bo`lsin oshpaz, otboqar ham duradgor,
Ayt-chi bunday arzon malay qayda bor?»
Balda debdi: «Yaxshi malay bo`layin,
Bergan obi-yovg`oningga ko`nayin.
Xizmatimga haq to`laysan shu xilda:
Peshanangga uch chertaman bir yilda»,
Pop bo`lsa-chi ancha o`ylab qolipti,
Peshanasin qashib qo`li tolipti.
Pop o`ylarmish: bir gap bo`lar – to`lar haq,
Chertkilardan chertkilar ham qilar farq,
Balda qo`ygan shartiga ko`nib, debdi pop:
«Bu shart senga va menga ham ma`qul xo`p:
Endi mening hovlimda kun ko`raver,
G`ayrat bilan xizmat qilib yuraver».
Ha, hayotda har bir narsaning, jumladan, tekinxo`rlik, ochko`zlikning ham poyoni, oxiri bor. Kaltabin pop chertkini yeb halok bo`ladi.
Dastlab pop uni bir yil qattiq ishlatadi. Balda bergan va`dasiga binoan to`rt kishining ovqatini yeb, yetti kishining ishini qiladi:
«Erta turib hech bir ishni qo`ymasmish,
Qo`sh qo`sharmish, talay yerni haydarmish.
Pech yoqarmish, bozor borib qaytarmish,
Pishirgani tuxumlari artarmish».
Lekin va`dalashilgan vaqt yaqinlashgan sari pop undan qanday qutulish yo`lini qidira boshlaydi. Oxiri xotini bilan maslahatlashib, Baldani huzuriga chaqirib shunday deydi:
«Menga halol xizmat qilgan bolasan!
Quloq bergin: jinlar menga bir zamon
O`lgunimcha to`lar bo`lgandi o`lpon.
Uch yil bo`ldi to`lashmaydi hech bir haq,
Soz bo`lardi o`sha haqlar unsa naqd.
Atalangni ichib bo`lib jo`nasang,
To`latdirsang, bermaganga qo`ymasang».
Balda uning gapi bilan jinlar huzuriga borib, ularning barcha shartlarini bajarib, aytilgan o`lponni popga keltirib beradi va va`dasiga binoan popni chertadi. Natijasi esa o`quvchiga ma`lum.
«Baliqchi va oltin baliq haqida ertak» dostonida shoir pok muhabbat mangu bo`lishini orzu qiladi. Boylik, mansab deb o`tgan kunni unutmaslikni istaydi. Bundan tashqari, kimki halol peshona teri to`kib boylik orttirmasa, birovlar hisobiga boyiydigan bo`lsa, u hech qachon yuqmasligini, birovnikimi, tamom birovnikiligicha qolib ketishini kampirning qismati bilan chog`ishtirib hikoya qiladi. Yer yuzi, butun olam hukmroni bo`lib olgan kampir cholni mensimaganligi uchun, ochko`z va badbaxtligi uchun yana eski hammom, eski tos bilan qolib ketaveradi. Buni shoir cholning so`zi bilan juda chiroyli ifodalaydi:
Qaytdi kampir yoniga axir,
Ko`rsa; tag`in o`sha yerto`la,
Bo`sag`ada o`tirar kampir;
Qarshisida teshik tog`ora.
Rostgo`y, haqiqatni yoqlovchi shoir «O`lik malika va yetti bahodir haqida ertak», «Shoh Sulton va va uning azamat o`g`li knyaz Gvidon haqida ertak» asarlarida haqiqat bir kun emas, bir kun o`z o`rnini topadi, hamma baxtli, baxtiyor bo`ladi, degan fikrni ilgari suradi.
A.S.Pushkinning xalq og`zaki ijodiga asoslanib yozgan «Ruslan va Lyudmila» asari ham bolalar qalbiga ancha yaqin turadigan dostonlardan biri hisoblanadi. Rus ertaklari, qo`shiqlari, afsonalari bu g`aroyib asarga favqulodda go`zal mazmun bergan. Yuksak insonparvarlikni o`zida mujassamlashtirgan yorqin talant egasigina shunday asarni yarata olardi.
Mashhur rus romantik shoiri Jukovskiy «Ruslan va Lyudimila» dostoni nashr etilgach, Pushkinga «G`olib o`quvchimga mag`lub murabbiydan» deb yozilgan portretini sovg`a qiladi. Bu buyuk shoir dahosiga, qaysiki, ustozdan g`olib kelib va zamondan ilgarilab ketgan kurashchan insonga berilgan xolisona baho edi.
Mana shuning uchun Pushkinga Rossiyaning mangu, otashin shoiri bo`lib qolmoq baxti nasib etdi.
12. 26 iun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni !
26 iyun — xalqaro hamjamiyat tomonidan giyohvandlikka qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan. Bu qaror bundan 25 yil oldin — 1987 yili BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Bugungi kunda BMT doirasida ushbu illatga qarshi Giyohvandlikni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro qo‘mita, Giyohvandlik vositalari bo‘yicha komissiya, BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi samarali faoliyat olib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalarini tan olgan holda, insoniyatni falokatga yetaklovchi og‘u — giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasida mintaqaviy va xalqaro miqyosda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turganligini alohida qayd etish kerak.
O‘zbekiston — giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan guruhlarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini yopish, giyohvand moddalar ekilgan maydonlarni yo‘q qilish, shuningdek, giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha aniq maqsadli tadbirlarni o‘tkazishga katta e’tibor qaratmoqda. Bu borada giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat tizimi shakllangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazidan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda bu ofatga qarshi kurashuvchi alohida tizim faoliyat yuritmoqda.Aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish har qanday rivojlangan demokratik davlatning muhim ijtimoiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Zero, jamiyat har tomonlama yetuk, sog‘lom va barkamol genofond asosidagina rivojlanadi, taraqqiy etadi. «Asr vabosi»ga aylanib ulgurgan giyohvandlik bugungi kunda dunyo miqyosida millionlab insonlarning umriga zomin bo‘layotganligi tashvishli holdir. Zotan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshiradi.
Ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. Giyohvandlikka duchor bo‘lganlarning asosiy qismini 16-29 yoshdagilar, 30 foizini esa 24 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qiladi.
Respublikamiz hududidan narkotranzit sifatida foydalanishga urinishlar ham barcha-barchani ogohlikka undaydi.
O‘zbekiston o‘zining jug‘rofiy o‘rniga ko‘ra, Janubiy Osiyo va Yevropaning chorrahasida joylashgan. Giyohvand vositalar kontrabandasi respublikamizning Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan janubiy va sharqiy hududlarida tashkiliy tarzda amalga oshiriladi. Ularning yo‘li chegaraning nazorat qilish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlaridan, shuningdek, Amudaryo orqali o‘tadi. Giyohvand vositalarning kontrabandasi uchun juda katta miqdorda moliyaviy mablag‘lar sarf qilinadi. Bugun butun dunyoda xalqaro aloqalarga ega bo‘lgan jinoiy narkoguruhlarning faollashuvi kuzatilayotganini qayd etib o‘tish kerak.
Giyohvandlik chegara bilmaydi. Odam tanlamaydi. U kirib kelgan oiladan falokat arimaydi. Shuni afsus nadomat bilan aytish kerakki, voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish, iste’mol qilish holatlari hamon uchramoqda.
Respublikamiz huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ochilgan va giyohvandlik vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar birgina 2010 yilda 8854 tani tashkil etgan.
Davlatimiz tomonidan har yili ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, amalga oshirilayotgan profilaktika natijasida mamlakatimizda 2011 yil holatiga ko‘ra 1994 yildan buyon 47 tonna 546 kilogramm narkotik moddalar yo‘q qilindi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning mohiyati jamiyat a’zolarining osoyishtaligini ta’minlash va erkin kamol topishiga qaratilgandir. Shuningdek, har bir fuqaroning ma’naviyati va dunyoqarashini davr talablari asosida shakllantirish hamda shaxs ma’naviyatida yuzaga keladigan turli illatlarga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash ham davlat siyosatida alohida e’tiborga olingan.
Shaxs ma’naviyatiga salbiy ta’sir etuvchi giyohvandlik kabi illat hamda uni yuzaga keltiruvchi sabab va sharoitni tugatishga davlatning alohida e’tibor qaratayotganligi ushbu muammoning naqadar dolzarbligidan dalolatdir.
BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvand vositalar bilan bog‘liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e’tirof etilgan va bu talablar O‘zbekiston qonunchiligida ham o‘z aksini topgan. Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga qaratilganidadir.
Yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol inson etib voyaga yetkazish, xavfli illatlardan ogoh etish, jumladan, giyohvandlikdan asrash masalasi davlatimizning doimiy e’tiborida. Ayni paytda hayotga keng tatbiq etilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturida yigit-qizlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan intilishni shakllantirish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, giyohvandlik, kashandalik va boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bolalar sportini rivojlantirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarni suiiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan yurtimizning oliy ta’lim dargohlari, mahallalari, joylardagi xotin-qizlar qo‘mitalari, dam olish maskanlarida, mehnat jamoalarida yoshlarni keng jalb etgan holda uchrashuvlar, anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar, intellektual bellashuvlar uyushtirilmoqda. Bunga turli vazirlik va idoralar, ma’naviyat va ma’rifat maskanlari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalarning mutaxassislari, olimlar, shifokorlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, pedagoglar o‘z hissasini qo‘shayotgani e’tiborlidir.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, navqiron avlod salomatligi, istiqboliga tahdid soladigan omillarga qarshi kurashda barcha imkoniyatlarni ishga solish, yigit-qizlar orasida faol, sog‘lom tafakkurli, giyohvandlik muammolariga befarq qaramaydiganlar safini kengaytirishdan iboratdir.
Июль
13. “2 июль - Ўзбекистон Республикаси герби тасдиқланганлигининг 21 йиллиги” (1992й.)
Халқимизнинг энг улуғ ва энг азиз байрами – Ўзбекистон давлат мустақиллигининг йигирма икки йиллиги тобора яқинлашмоқда. Мамлакатимиз ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маданий ҳаётининг барча соҳаларида амалга оширилаётган улкан янгиланишлар, халқимиз, аввало, ёшларимизнинг онгу тафаккури, сиёсий савияси, ижтимоий фаоллиги юксалиб, Ватанимизнинг қудрати ва салоҳияти, халқаро майдондаги обрў-эътибори тобора ортиб бораётгани ҳам мустақиллик туфайлидир.
Истиқлолга эришгач, мамлакатимизнинг давлат рамзларига эга бўлдик. Бугун жаҳонда тенг ҳуқуқли давлат бўлган мустақил Ўзбекистон ўз байроғи, герби, мадҳияси ва валютасига эга. Зеро, эл-юртимизнинг ғурури, ифтихори бўлган бу рамзларда тарихимиз, бой маънавий-маданий меросимиз, миллий урф-одат ҳамда анъаналаримиз, буюк мақсад, эзгу орзу-интилишларимиз ўз ифодасини топган.
Президентимиз Ислом Каримов ташаббуси билан 1992 йил 2 июлда “Ўзбекистон Республикасининг Давлат герби тўғрисида”ги тарихий қонун қабул қилинди.
Герб қадим-қадимдан муайян мамлакат ёҳуд ҳудудда яшайдиган турли миллат ва элатларнинг ўтмиши, орзу-интилишлари, тафаккур тарзи, сиёсий ва ижтимоий ҳаётда амал қилиб яшайдиган ғоялари, ўзига хос табиий ва ҳўжалик хусусиятларини ифода этиб келган. Давлат ишларини юритиш ҳамда халқаро муносабатларни амалга оширишда қўлланиладиган муҳрларга, пулларга герб тасвири туширилган.
Давлатимиз гербида халқимизнинг тарихи, бугуни ва келажаги ўз аксини топган. Унда тасвирланган гуллаган водий узра нур сочаётган офтоб серқуёш юртимизга, ундаги обод манзилларга ишора. Баланд тоғлар оралаб оқаётган дарёлар – ҳаёт боқийлиги тимсоли бўлса, гербнинг сўл томонидаги буғдой бошоқлари халқимизнинг ризқ-рўзи бутунлигидан, ўнг томонидаги қийғос очилган ғўза ифодаланган чамбар халқимизнинг оппоқ орзулари, эзгу ниятларидан далолатдир. Гербнинг юқори қисмида элу юртимиз жипслигининг рамзи сифатида саккиз қиррали юлдуз тасвирланган.
Гербимиз марказида бахт ва олижаноблик тимсоли бўлган афсонавий Хумо қуши қанотларини ёзиб, парвозга шайланиб турибди. Бу халқимизга хос эзгу орзу-умидлар ифодасидир. Зеро, элимиз Хумони азал-азалдан бахт қуши сифатида тасаввур этиб келган.
Гербимиздаги ушбу рамз ва тимсоллар халқимизнинг тинчлик, эзгулик, бахт-саодат, тўкинлик, фаровонлик каби орзу-умидларини ўзида намоён этади. Гербнинг пастки қисмидаги Давлатимиз байроғини ифодаловчи чамбар бандига зарҳал ҳарфлар билан “Ўзбекистон” сўзи битилган.
“Ўзбекистон Республикаси Давлат герби тўғрисида”ги қонунда белгиланганидек, Давлат герби Ўзбекистон Республикаси Президенти девони, Олий Мажлис палаталари, Вазирлар Маҳкамаси, вазирликлар, ҳокимликлар, қўмиталар, ташкилотлар, давлат ҳокимияти ва бошқарув идоралари бинолари, чет эллардаги мамлакатимиз дипломатик ваколатхоналари ва консуллик муассасаларининг пештоқида ўрнатилган. Республикамиз давлат чегараларида барпо этилган улкан дарвозалардаги Давлат герби барчамизга ғурур-ифтихор бағишлайди. Ватан остонасидаги давлатимиз рамзини кўриб, беихтиёр қалбимиз энтикади, муқаддас заминимизга бўлган меҳр-муҳаббатимиз янада ошади.
Давлат герби тасвири ҳар биримизнинг мана шу саҳоватли замин фарзанди, ушбу озод юрт фуқароси эканимизни тасдиқловчи фуқаролик паспортларида ҳам акс эттирилган.
“Ўзбекистон Республикасининг Давлат герби тўғрисида”ги қонунда мамлакатимиз фуқаролари, шунингдек, Ўзбекистонда истиқомат қиладиган барча шахслар давлатимиз гербини ҳурмат қилишлари шарт экани белгилаб қўйилган.
Давлат рамзлари муқаддасдир. 2010 йил 24 декабрда қабул қилинган “Ўзбекистон Республикасининг давлат рамзлари ҳақидаги айрим қонун ҳужжатларига ва Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш ҳақидаги”ги қонунга мувофиқ, давлатимиз рамзларидан фойдаланиш қоидалари янада такомиллаштирилди.
Унга кўра, Ўзбекистон Республикаси Давлат гербининг элементларини нодавлат ташкилотлари ҳужжатларининг реквизитлари ёки реклама материалларига киритилишига йўл қўйилмайди. Ўзбекистон Республикаси Давлат гербининг тасвири туширилган белгилардан ишлаб чиқарилаётган ёки реализация қилинаётган товарларни (ишларни, хизматларни) ўтказиш учун тижорат мақсадларида фойдаланиш мумкин эмас. Нодавлат нотижорат ташкилотларининг рамзлари Ўзбекистон Республикасининг Давлат гербига ўхшаш бўлиши мумкин эмас.
Ҳа, мустақил Ватанимизнинг Давлат герби улкан ғоявий-тарбиявий аҳамиятга молик тимсол сифатида барчамиз учун қадрли ва муқаддасдир. Уни хар сафар кўрганимизда шундай бетакрор, ҳеч кимдан кам бўлмаган қудратли мамлакатда яшаётганимиздан фахр-ифтихор туйғуларини ҳис этамиз.