Biz haqimizda

Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi haqida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmatini ko`rsatishni yanada takomillashtirish to`g`risida”gi PQ-4354-sonli qarori bilan O`zbekiston Milliy kutubxonasining tasarrufidagi 12 ta viloyat axborot-kutubxona markazlarida 186 ta tuman axborot-kutubxona markazlari tashkil etlganligi va Toshkent shahrining 10 tumanida ham AKMlar tashkil etilganligi munosabati bilan Mirzo Ulug`bek tuman AKM tashkil etildi.

Bizning AKM faoliyati aholini axborot bilan ta`minlash uchun kerakli shart-sharoitlar yaratib, berish, o`sib kelayotgan avlodni intellektual ehtiyojini qondirish, madaniy, ma`naviy-axloqiy merosimizni saqlab qolishga yo`naltirilgan.

Barcha ko`rsatkichlar me`yoriy hujjatlarga asosan tasdiqlangan.

AKM “Kitobxon”

AKM “Katalogizator”

Bu aholini barcha qatlamlariga fond bilan foydalanish uchun cheksiz imkoniyatlar yaratib beradi. AKM xizmatlari bilan maktab o`quvchilari, tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi insonlar, ijodkorlar, o`qituvchilar tarkibi, ayniqsa yoshlar – 1000tadan ziyod kishi foydalanadi.

Elektron axborot tashuvchi vositalari va bosma adabiyot bilan fondni jamlash uchun bizning AKM albatta inobatga olinadi. Hozirgi vaqtda AKM foydalanuvchilari uchun zamonaviy texnik vositalar bilan ta`minlangan zamonaviy o`quv zallar va boshqa xonalar taqdim etilgan. Bularda: kompyuterlar – 9ta, nusxa ko`cherish texnikasi, audio-video apparatura, noutbuk va kata elektron axborot tashuvchi vositalar fondi mavjud. Biz o`z faoliyatimizda Internet bilan foydalanamiz va yoshlar dunyo qarashini Internetning cheksiz imkoniyatlari orqali kengaytirib boramiz.

Yillik ish rejasi va muhim sanalar taqvimi asosida olib boriladi. Ular haqidagi ma`lumotlar OAV orqali yoki bizning Web-saytda yoritiladi.

Har yili AKM turli jamoat tashkilotlari – mahalla, tuman, Rossiya chet el Markazi, tuman Mudofaa bo`limi, Shahar bolalar ijodiyoti markazi bilan hamkorlikda bajariladigan ish rejalari asosida shartnomalar tuzadi.

AKM faoliyatida Toshkentdagi Gyote-institut bilan hamkorlik asosida AKM fahri bo`lgan, bugungi kunni talabiga javob bera oladigan, zamonaviy nemis o`quv zali tashkil qilingani muhim o`rinni egallagaydi.

Ushbu kata ishni 14 kishidan iborat, asosan oliy ma`lumotga ega bo`lgan, yuqori professional darajali jamoa amalga oshirmoqda. Vaqti-vaqti bilan biz Toshkent madaniyat instituti va Axborot texnologiyalari universiteti tomonidan tashkil qilingan malaka oshirish kurslarida bilimimizni oshirib bormoqdamiz.

O`z faoliyatida davomida AKM xodimlari ilg`or AKMlarning tajribalarini, me`yoriy hujjatlar, Respublikamizda barcha AKMlar uchun koordinatsion markaz hisoblangan Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona tomonidan yaratilgan uslubiy qo`llanmalar yordamida ish olib bormoqda.

AKM xodimlari o`z faoliyatida yangi texnologiyalarini qo`llashligi – foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish darajasini ko`tarilishiga va AKMning zamonaviy axborot bo`shlida o`z o`rnini egallashga yordam beradi.