Muhammad Yusuf

28.04.2022 yil taniqli yozuvchi, shoir Muhammad Yusufga bag'ishlangan ko'chma tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda  4-5 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.

AKM mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tadbir davomida uning  asarlari ko'rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirda o`quvchilar tomonidan Muhammad Yusufning she'rlari o'qildi, Mirzo Ulug'bek tumani AKM tomonidan maktab kutubxonasi fondi uchun  Muhammad Yusufning ikkita kitobi sovg'a qilindi.

.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi