"Shoir va hikoyanafis Raim Farhodiy"

19.05.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazida O'zbekiston taniqli yozuvchisi  Raim Farhodiy tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan "Shoir va hikoyanafis Raim Farhodiy" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Toshkent shahridagi 211-maktab va Qibray tumanidagi 16-maktabning 3-4 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.

AKM mutaxassislari ozlari tayyorlagan taqdimot orqali yozuvchi va shoirning hayoti va ijodi haqida tadbir qatnashchilarini yaqindan tanishtirdilar, "Shoir va hikoyanavis Raim Farhodiy" nomli kitob ko'rgazmasini taqdim etdilar.

Oquvchilar shoir qalamiga mansub  she'rlarini yoddan aytib berdilar.

Tadbir so'ngida faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi