Xalqaro oila kuni

16.05.22 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazida har yili o'tkaziladigan 15 may Xalqaro oila kuniga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Xalqaro oila kunini o'tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati e'tiborini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog'liq muammolarga qaratishdan iborat.

AKM mutaxassislari "Oila bebaho ne'mat" nomli kitob ko'rgazmasini tayyorladilar va kutubxona kitobxonlari uchun bibliografik sharh o'tkazdilar. Bizning davlatimizda oilaning o'rni katta ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "Oila - bu kichik Vatan, agar oila tinch, baxtli bo'lsa, Vatan tinch bo'ladi" degan so'zlari mazkur ko'rgazmaga epigraf bo'lib xizmat qildi."

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning taniqli yozuvchilari O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, N.Jabborovning “Ma’rifat nadir”, Tohir Malikning “Odamiylik mulki”, shuningdek, “Oila psixologiyasi” va boshqa kitoblari namoyish etildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi