“Avlodlarga yetgan hikmat saboqlari”

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 20 fevral kuni “Avlodlarga yetgan hikmat saboqlari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanat arbobi, Alisher Navoiy nomidagi teatr postanovkachi-rejissyori Andrey Slonim, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi – Oleg Bordovskiy, Lyudmila Polonskaya, 211, 250-sonli maktab o‘quvchilari va “Danko” klubi faollari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: yosh avlodga doimo o‘z kuchi va aqliga tayanish, haqiqatni gapirish, nodon bo‘lmaslik, o'z kelajagi haqida o‘ylash zarurligini yetkazishdan iborat boldi. 
Tadbir yakunida faol ishtirokchi va oquvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi