Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.

Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga,  yirik davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda tug'ilgan.    

Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan  mustahkam oʻrin oldi.    

Mirzo  Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541yilligiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi  tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoirning asarlari, dostonlari, g'azallari va ruboiylari hamda shoir haqida yozilgan asarlar o'rin olgan.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр