“Navoiy yodi – ila yashaymiz mudom”

2024 yil 9 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag‘ishlab “Navoiy yodi – ila yashaymiz mudom” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, shoira, jurnalist Abdusamatova Muqaddas Salixovna, “Lashqarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Rasuli Zulfiya Masharipovna, faol kitobxon onalar va 211-maktab o‘quvchilari qatnashdilar. Tadbirni TAKM mutaxassislari Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag`ishlangan qiziqarli video lavha bilan ochib berdilar.

Tadbir davomida Muqaddas Salixovna Navoiy haqidagi qiziqarli, o`quvchilar uchu yangilik bo`lgan ma`lumotlar bilan o`rtoqlashdilar. O`quvchilar o`zlari tayyorlab kelgan monolog, g`azal va ruboiylarini aytib berdilar. Tadbir davomida “Lashkarbegi” MFY faxriylar kengashi raisi Zulfiya Masharipovna,so`zga chiqib, kitob o`qish va kitob bilan do`stlashish, kutubxonalarga doimiy kelish har bir inson hayotida muhim o`rin egallashi kerakligini tadbir ishtirokchilariga tushuntirdilar.

Tadbir yakunida barcha mehmon va tadbirning faol ishtirokchilari tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр