03/11/2023 - 00:00
2023 yil 3 noyabr kuni
2023 yil 3 noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabning 3-sinf o‘quvchilari uchun “Adabiy ertaklar” kutubxona darsi o‘tkazildi. O'quvchilar ertakning janri va uning turlari bilan tanishdilar. O'zlari chizgan ertak qahramonlari bilan tanishtirdilar. Tadbirda o'quvchilar berilgan mavzu bo'yicha qiziqarli topshiriqlarni uddaburonlik bilan bajardilar. TAKM  mutaxassislari o'quvchilarga kutubxonada kitob tanlash va kitob javonidan uni izlash bo'yich qiziq va  muhum ma'lumotlar berdilar.  O'quvchilar kitobdan foydalanish va kutubxonaga a'zo bo'lish qoidalari haqida ham ma'lumotga ega bo'ldilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni yanada rivojlantirish. Tadbir yakunida o'quvchilar eng mashhur va qiziqarli ertaklar jamlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
02/11/2023 - 00:00
2023 yil 2 noyabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat institutida  4-bosqich talabalariga O'zbekiston xalq yozuvchisi Primqul Qodirov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan adib hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbir o'tkazdilar. Tadbirda Kutubxona- axborot faoliyati marketingi fani o'qituvchisi Usmonov Bahodir Suvonqulovich ham ishtirok etdi. Tadbir davomida adibning asarlari va adib hayoti va ijodiga bag'ishlangan ma'lumotlardan tashkil topgan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi. Ustoz va talabalar tadbirda faol ishtirok etdilar.
01/11/2023 - 00:00
2023 yil 1 noyabr kuni
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida atoqli o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov tavalludining 95 yilligi munosabati bilan adib hayoti va ijodiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan tashkil etilgan adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko`rgazmada adibning eng sara asarlari hamda adibning tarjimai holi joy olgan.

 
28/10/2023 - 00:00
INFOLIB Uzbekistan – 2023 doirasida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevga MDHning oliy mukofoti topshirilishi munosabati bilan “Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va xavfsizlik – O‘zbekiston siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi taqdimot bilan birgalikda davra suhbat bo‘lib o‘tdi. Tadbir Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘rta maktab o‘quvchilari uchun rus madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Yangi O‘zbekiston konsepsiyasida mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish, Uchinchi Uyg‘onish davri poydevorini yaratish borasidagi islohotlarning asosiy g‘oyasi o‘z ifodasini topgani ta’kidlandi.

 
27/10/2023 - 00:00


2023 yil 27 oktabr kuni
INFOLIB Uzbekistan – 2023 milliy haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi  211-maktabning 6-sinf o‘quvchilari uchun “Kitob va kino” nomli adabiy viktorina o‘tkazdilar.Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, faol kitobxon va faol tomoshabinlarni tarbiyalash bo‘lib, uning natijasi “Kino ko'rib, kitob o‘qiymiz!” degan chaqiriq bo‘ldi.Tadbirda mamlakatimizning atoqli adiblarining mashhur asarlari asosida suratga olingan filmlarning kitoblari ko‘rgazmasi namoyish etildi. AKM mutaxassislari tomonidan kino sanʼatining rivojlanish tarixi va jahon adabiyoti klassiklarining filmga moslashuvi haqidagi “Kino va kitoblar sehri” taqdimoti namoyish etildi. O'quvchilar "Kitob o'qish yoki film tomosha qilish" mavzusini muhokama qilishda ishtirok etdilar va tadbirni yakunlagan viktorinada qiziqarli savollarga faol javob berishdi.
25/10/2023 - 00:00
2023 yil 25 oktabr kuni
INFOLIB-2023 Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi  O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti 1-kurs talabalari bilan “Til bor ekan - millat barhayot” mavzusida davra suhbati o'tkazdilar. Davra suhbatida o‘zbek tilining tarixi va ahamiyati, alifboga kiritilgan o‘zgarishlar, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish kabi muhim mavzular muhokama qilindi.
24/10/2023 - 00:00
2023 yil 24 oktyabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona fondlarini xatlovdan oʻtkazish, qayta baholash: muammo va yechimlar” mavzusida seminarda ishtirok etdilar. Seminarda axborot-kutubxona muassasalarida fondlarni saqlash va hisobdan chiqarish tartibi bo‘yicha tushunchalar yoritildi. Shuningdek, amaldagi yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlarga muvofiq ish yuritish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarga tayanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktabr kuni
“INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilish kunida Mirzo Ulug‘bek TAKM tomonidan 211-sonli maktabda "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kutubxona darsi tadbiri o'tkazdilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga har yili o‘tkaziladigan Milliy axborot-kutubxona haftaligi haqida: uning maqsad va vazifalari – bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining dolzarb yo‘nalishi bo‘lgan foydalanuvchilar ijtimoiy va yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni ommalashtirish, kitob o'qishning foydalari haqida so‘zlab berdi. O'quvchilar kitob o‘qishning foydalari va kitobning inson hayotidagi o‘rni haqida suhbatda faol ishtirok etdilar. TAKM mutaxassislari kitob va uning yaratuvchilari, kutubxonaning kitob fondlari va  kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida gapirib berishdi.
Tadbir yakunida o'quvchilar "Kitob - hayotni yaratuvchi muallim" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar.

 
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktyabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislari "INFOLIB UZBEKISTAN -2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligining ochilishida ishtirok etdilar. Ochilish marosimidan so'ng, "Bedgerxonlik-2023" va "Yangi O'zbekiston kutubxonalari - bilim va taraqqiyot maskani" mavzusidagi ilmiy anjumanda ishtirok etdilar.
23/10/2023 - 00:00
2023 yil 23 oktabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining yosh mutaxassislari "INFOLIB UZBEKISTAN -2023" XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o'tkazib kelinayotgan "YOSH KUTUBXONACHILAR" III forumida ishtirok etdilar. Forumda bir-biridan qiziqarli va amaliy treninglar, ochiq muloqotlar bo'lib o'tdi. 

Pages

Subscribe to Новости