21/10/2023 - 00:00
2023 yil 20 oktabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "21 oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan, "Til bor ekan - millat barhayot" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
 Ko'rgazmadan tilimiz haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, ona tili darsliklari, imlo lug'atlari, o'zbek tili bo'yicha uslubiy qo'llanmalar joy olgan.
20/10/2023 - 00:00
2023 yil 20 oktabr kuni
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi, 211-sonli umumta’lim maktabining 2 “b” - sinfida o‘zbek tili kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan ochiq darsda ishtirok etdi. O`quvchilar o‘zlari sevib o'qiydigan kitoblari haqida gapirib, hikoyalar asosida chizgan rasmlarini taqdim etdilar. Dars davomida TAKM mutaxassislari tomonidan “Til bor ekan - millat barqaror” nomli kitob ko‘rgazmasi namoyish etildi. Bayram o‘quvchilarning yorqin va qiziqarli chiqishlari bilan yakunlandi.
20/10/2023 - 00:00

E'LON‼️
Mirzo Ulug‘bek tuman  axborot-kutubxona markazi 211-maktab bilan birgalikda, "21 oktabr O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan chellendj e’lon qiladi. Ishtirok etish uchun, ona tilingizda she’r o‘qib berishingiz kerak. Videolar Telegram chatida (https://t.me/chat_mirzo_ulugbek_takm_event) qabul qilinadi.
18/10/2023 - 00:00
18.10.2023
Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi 211- maktab bilan hamkorlikda “21 oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” bayramiga bag‘ishlab  5-6-sinf o‘quvchilari bilan “Eng yaxshi xattotlik” ko‘rik-tanlovi tashkil etdilar. Tadbirda o‘zbek tilining ahamiyati, xalqimizning qalb ko‘zgusi bo‘lgan bu bebaho boylikni asrab-avaylash va rivojlantirish haqida so‘z yuritildi. Musobaqa yakunida g‘oliblarga faxriy yorliqlar topshirildi.

 
15/10/2023 - 00:00
15.10.2023
Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi Toshkentdagi Rus madaniyat markazida “O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan ayollari” – nomli tadbirda ishtirok etdi. Tadbir afsonaviy arbob, sovet va oʻzbek televideniyasining diktori - Melnikova Galina Vitalyevna bilan bo'lib o'tdi. Galina Vitaliyevna 60 yildan ortiq umrini sevimli ishiga bag'ishladi, o'zining jozibasi, yorqin shaxsiyati va unutilmas ovozi bilan bir necha avlod teletomoshabinlarining sevgisi va e'tirofiga sazovor bo'ldi. Galina Melnikova davlat va xalqaro mukofotlarga sazovor bo'lgan. O‘zbekiston xalq artisti unvoni, “Doʻstlik” ordeni, Pushkin medali (xususan, madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash, xalqlar va elatlar madaniyatini yaqinlashtirish va oʻzaro boyitishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun) shular jumlasidandir. Tadbir yakunida ishtirokchilar TAKM mutaxassislari tayyorlagan “O'zbekistonning taniqli ayollari" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
11/10/2023 - 11:29
11.09.2023 y.
Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot-kutubxona resurslarini raqamlashtirish xizmati xizmat rahbari Tulupova Viktoriya Viktorovna "Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi" ko'rik tanlovida qatnashdi.
Tanlov Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida  bo‘lib o‘tdi. 

Tanlov g‘oliblari va faol qatnashganlarga maxsus diplom, sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
11/10/2023 - 00:00
11.09.23 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari o'zbek adabiyotining zabardast dramaturgi, atoqli namoyandalaridan biri Maqsud Shayxzodaning 115 yilligi munosabati bilan "Maqsud Shayhzoda - ikki xalq dilbandi" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Maqsud Shayhzoda badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina qolmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan.
Ko'rgazmada shoirning asarlari va u haqidagi qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.

Facebook | Instagram | Telegram  | YouTube 
10/10/2023 - 00:00
10.10.2023-yilda Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida nemis yozuvchisi Iogann Volfgang Gyote qalamiga mansub "Faust" asariga tayyorlangan booktyuber taqdimoti bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari buyuk nemis yozuvchisi I.V.Gyote hayoti va ijodi haqida so‘zlab berishdi. “Faust” kitobi namoyish etildi, unda uning nafaqat nemis, balki jahon adabiyotidagi eng mashhur asari haqida so‘z yuritildi. Muallif tomonidan qo‘yilgan savollar o‘tgan asrlar davomida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Tadbir yakunida “Buyuk nemis yozuvchisi J.V.Gyote” kitob ko‘rgazmasi taqdim etildi, ko'rgazmada yozuvchining ham ijodi, ham adibning tarjimai holi haqidagi adabiyotlar bilan tanishtirdilar.

Facebook | Instagram | Telegram  | YouTube 
09/10/2023 - 00:00
2023-yil 9-oktabr kuni Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan berilgan kitoblar to'plamiga “Yangi kitoblar bilan tanishing” nomli kitoblar ko'rgazmasi va kitoblarning bibliografik sharhini o'tkazdilar. TAKM axborot-bibliografik xizmati mutaxassislari tomonidan yangi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda “Turkiy adabiyoti durdonalari” kitoblar turkumi taqdim etildi. Tadbir “O‘zbekistonning oltin merosi” rukni doirasida bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad yoshlarni O‘zbekiston va Markaziy Osiyo adabiy qadriyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Ajoyib adabiy turkum o'quvchilarni Muhammad Rizo Ogahiy, Uvaysi, Nodira va boshqa ko'plab mashhur shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi.

 
05/10/2023 - 00:00
05.10.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "1- oktyabr Ustoz va murabbiylar kuniga" bag'ishlab tumanning 211-sonli maktab kutubxonasida 8-9- sinf o'quvchilari bilan birgalikda "O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz" nomli tadbir o'tkazdilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga ustozlarni e'zozlash, ularning berayotgan yuksak bilimlarini oqlashliklari kerakligini, davlatimiz tomonidan o'quvchilarni sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berdilar. Tadbirda o'quvchilar ustozlar bayramiga bag'ishlab chizgan rasmlar ko'rgazmasini namiyish etdilar. TAKM mutaxassislari ustozlar haqida yaratilgan kitoblar bilan tanishtirdilar. Tadbir juda qiziqarli bo'lib o`tdi.

Pages

Subscribe to Новости