Maktab yoshidagi bolalar uchun o`qish


Mark Tven

Tom Soyerning boshidan kechirganlari

Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan uztozi ham, uning sho‘xliklarini tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar.


Красная Шапочка/Qizil Qalpoqcha

Rus va uzbek tilida


A.Pushkin

Shoh Saltan haqida ertak

"Naqadar ajoyib bu ertaklar. Har biri dostondir"- deb yozgan  edi A. S. Pushkin ertaklar to`grisida. Rus adabiyitining asoschisi A. S. Pushkin ilk bor ertakni badiiy adabiyotining mustaqil  bir tarmog`i sifatida shaklantirdi. Shoir tomonidan yaratilgan ertaklar jahon adabiyotining nodir namunasi sifatida o`quvchilar mehrini qozonib kelmoqda va ko`plab tillarga tarjima etilgan . Ushbu kitobdan o`rin olgan ertaklar xassos shoirimiz Mirtemir tomonidan o`zbek tiliga  o`girilgan. Ezgulik elchisi bo`lgan ertaklarni o`qib, aziz bolajonlarimiz olam - olam taassurot oladi, degan umiddamiz.


Artur Konan Doyl

Yo`qolgan dunyo

Konan Doil (1859-1930) ijodida turli mavzularda yozilgan maroqli asarlar nihoyatda ko'p. Lekin uning fantastik asarlari alohida o'rin tutadi. Yozuvchi bu janrga qalami qayralib mahorati kamolga etgan davrda murojaat etdi. Bu sohada ham yozuvchi barakali meros qoldirdi. Uning o'n hikoyasi, olti roman va qissasi ana shu janrda yaratilgandir. O'zining “Yo'qolgan dunyo”, “Rafiz Xouking kashfiyoti”, “Zaharlangan kamar” kabi romanlarida Artur Konan Doyl bu janrning novatori sifatida maydonga chiqadi. Ilm-fan kishilarining o'z ishlariga sadoqat, fidoiylik bilan qarashlarini tasvirlaydi, ular turli qiyin, najotsiz hollarda ham qutulib ketish uchun kurashadilar va hamisha yaxshilik g'alaba qilishnga erishadilar. Ular haq ishning g'alabasi uchun kurashdan tolmaydilar.