23/10/2026 - 17:11
#körik_tanlov#jadidlar
“JADIDLAR İZİDAN” KÖRIK-TANLOVI
Bugun 23-oktyabr Mirzo Uluğbek tumani maktablari örtasida yoş avlodning tarixiy bilimlarini mustahkamlaş, jadid bobolarimizning hayoti va ma’rifiy merosini çuqur örganiş maqsadida “Jadidlar izidan” nomli körik-tanlov bölib ötdi.
Tanlov ikki bosqiçda taşkil etildi.
Birinçi bosqiçda öquvçilar jadidlar hayoti, faoliyati va ijodiga oid bilimlarini test sinovlari orqali namoyon etdilar. Test natijalariga köra, yuqori ball töplagan iştirokçilar ikkinçi bosqiçga yöl oldilar.
Uşbu bosqiçda öquvçilar bilan suhbat asosida savol-javoblar ötkazilib, ularning bilim va dunyoqaraşlari baholandi.
Yakuniy natijalarga köra, öquvçilar sinflar kesimida munosib örinlarga loyiq deb topilib, ğolib va sovrindorlarga estalik sovğalari topşirildi.
Mirzo Uluğbek tuman axborot-kutubxona markazi vakillari mazkur körik-tanlovda ekspert sifatida iştirok etdilar.
Barça iştirokçilarni erişgan natijalari bilan tabriklaymiz! Respublika bosqiçiga yöllanma olgan öquvçilarimizga kelgusi bellaşuvlarda ulkan muvaffaqiyat, mustahkam bilim va omad tilaymiz!
Jadidlar izidan — ma’rifat, taraqqiyot va yuksak marralar sari!
22/10/2026 - 16:35
Mirzo Uluğbek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Özbekiston davlat san’at va madaniyat instituti örtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirişga qaratilgan mazmunli suhbat bölib ötdi.Suhbat davomida ikki muassasa örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, talaba-yoşlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularni badiiy va ilmiy adabiyotlarga keng jalb etiş hamda kelgusida özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, axborot-kutubxona xizmatlarini keng tarğib etiş, ta’lim va madaniyat sohalari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqish, yoşlarning intellektual salohiyati va ma’naviy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uçraşuv ikki muassasa örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, kitobxonlikni tarğib qiliş va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Uçraşuv doirasida talabalar bilan kutubxona faoliyati, mavjud adabiyotlar hamda axborot-kutubxona xizmatlarini keng tarğib etişga qaratilgan tarğibot işlari ham olib borildi. Talabalarga kutubxona imkoniyatlari taniştirilib, ularni kitobxonlikka keng jalb etişga alohida e’tibor qaratildi.
21/10/2026 - 16:33
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirildi21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy xotirasiga hurmat bajo keltirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ulug‘ bobokalonimiz haykali poyiga gullar qo‘yilib, uning boy adabiy va ma’naviy merosiga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.
Mazkur tadbir o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
21/10/2026 - 14:41
Joriy yilning 21-oktyabr kuni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 64-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan o‘zbek tilining tarixi, uning boyligi va betakror jozibasi, ona tilimizni asrab-avaylash hamda uning nufuzini oshirishga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
O‘quvchilar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar ifodali o‘qildi, milliy raqslar ijro etilib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha ruh bag‘ishlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Ona tilim — millat ko‘zgusi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan o‘zbek tilining tarixi, rivojlanishi, boy lug‘at xazinasi, adabiy merosimiz va tilshunoslikka oid kitoblar o‘rin oldi va ularga bibliografik sharh berildi.
Mazkur tadbir o‘quvchilarning ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
20/10/2026 - 14:34
Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarni mutolaaga jalb etish hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbir davomida talabalarga axborot-kutubxona markazining faoliyati, kitob fondi va kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berilib, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli yozuvchi Odil Yoqubov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adibning hayoti va ijodiy merosi haqida ma’lumotlar berilib, uning asarlari talabalarga tanishtirildi. Yozuvchining boy adabiy merosi, asarlarida aks etgan tarixiy voqealar, insoniy qadriyatlar va hayotiy haqiqatlar haqida so‘z yuritildi.
Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlarning kutubxona faoliyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni badiiy adabiyot mutolaasiga keng jalb etish hamda milliy adabiy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Kitobga oshno qalb — ma’naviyatga oshno qalb!
20/10/2026 - 14:25
Joriy yilning 20-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Zamondosh” klubi a’zolari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni va Xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan “Demang, shoir tinib ketdi...” nomli badiiy-musiqali kecha bo‘lib o‘tdi.Tadbir jarayonida klub a’zolari va she'riyat ixlosmandlari shoirning boy ijodiy merosiga oid chiqishlarini namoyish etdilar. Uchrashuvda Erkin Vohidovning otashin she’rlari mahorat bilan o‘qildi, uning qalamiga mansub dostonlar hamda asarlardan namunalar taqdim etildi, bu esa davraga yanada fayz va yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Tadbir davomida adibning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlaridagi teran falsafa va insoniy qadriyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kecha samimiy, ijodiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi, “Zamondosh” klubi a’zolari va barcha ishtirokchilar o‘zaro iliq taassurotlar hamda unutilmas xotiralar bilan bo‘lishdilar.
19/10/2026 - 16:51
Joriy yilning 19-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Xiva — tarix va ma’naviyat beshigi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmadan Xiva shahrining boy tarixi, qadimiy me’moriy obidalari, milliy qadriyatlari, madaniy merosi hamda jahon sivilizatsiyasidagi o‘rnini aks ettiruvchi kitoblar o‘rin oldi. Shuningdek, Xiva shahrining tarixiy taraqqiyoti, xonlik davri va bugungi kundagi rivojlanishiga oid adabiyotlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
15/10/2026 - 12:47
Joriy yilning 15-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Yangi Olmachi” MFY kutubxonasiga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida kutubxona ish faoliyatini takomillashtirish, kitob fondidan samarali foydalanish, adabiyotlarni tartibli saqlash hamda kitobxonlarga qulay xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kutubxonada ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida mahalla kutubxonasi faoliyatini yanada rivojlantirish, aholi orasida kitobxonlikni ommalashtirish hamda hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
14/10/2026 - 12:43
#Kitob_korgazmaJoriy yilning 14-oktyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida “Oilaviy mutolaa-ma'naviyat manbai” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etilib, kitobxonlarga bibliografik sharh taqdim etildi.
Sharh davomida ko‘rgazmaga joylashtirilgan adabiyotlarning mazmuni, ularning bolalar tarbiyasidagi o‘rni hamda oilada mutolaa madaniyatini rivojlantirishga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumotlar berildi.
14/10/2026 - 12:40
Joriy yilning 14-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Tanishing yangi adabiyotlar” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.Kitobxonlarga turli mavzulardagi yangi nashrlar, jumladan, badiiy asarlar, ilmiy-ommabop kitoblar hamda maʼnaviy-maʼrifiy adabiyotlar taqdim qilindi. Mutaxassislar kitoblarning oʻziga xos jihatlari, mazmun-mohiyati va kitobxonlarga beradigan bilimlari haqida qiziqarli maʼlumotlar berdilar.