20/08/2026 - 14:33
 Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida “Yoshlar siyosati va boshqaruvida yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan “Yoshlar siyosati — yoshlar tashabbusi va faol ishtiroki garovi” mavzusida rahbar va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 Davra suhbatida yoshlarning tashkilot va jamiyat hayotidagi o‘rni, boshqaruv jarayonlarida faol ishtiroki, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Rahbar tomonidan yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
19/08/2026 - 15:00
Joriy yilning 19-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” mavzusida “Ayol qadrlangan jamiyat — taraqqiy etgan jamiyat” nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.

 Koʻrgazmada xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tengligi hamda ayollarning jamiyat hayotidagi faol oʻrnini yorituvchi adabiyotlar namoyish etildi.
 Ushbu adabiyotlar ayollar huquqlariga hurmatni kuchaytirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
 Barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz.
 
18/08/2026 - 15:03
 Joriy yilning 18-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi o‘tkazildi.
 

 Sharh davomida kitobxonlarga mahalla taraqqiyoti, jamiyat ravnaqi, ma’naviy qadriyatlar hamda barkamol avlod tarbiyasiga oid adabiyotlar tanishtirilib, ularning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
 
18/08/2026 - 15:02
 Joriy yilning 18-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Tanishing, yangi adabiyotlar — ingliz tilidagi eng sara adabiyotlar” mavzusida bibliografik sharh o‘tkazildi.
 Sharh davomida kitobxonlarga kutubxona fondiga kelib tushgan ingliz tilidagi yangi adabiyotlar, jahon adabiyotining eng sara namunalari hamda turli janrdagi qiziqarli asarlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, kitoblarning mazmun-mohiyati va kitobxonlar uchun ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
 
13/08/2026 - 13:49
Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida "Madaniyatlararo muloqat va intelektual salohiyat kuni" munosabati bilan “So‘zdan qalbga: Navoiy va Rumiy merosi” mavzusida kitob ko‘rgazmasi hamda bibliografik sharh o‘tkazildi.
 

 Tadbir davomida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodi va boy ma’naviy merosi haqida ma’lumotlar berildi. Ularning asarlarida ilgari surilgan ezgulik, insonparvarlik, ilm-ma’rifat va komillikka intilish g‘oyalari haqida fikr yuritildi.
 Kitob ko‘rgazmasida Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodiga oid badiiy, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Bibliografik sharh davomida ushbu asarlarning mazmun-mohiyati, adabiy va ma’naviy ahamiyati haqida ma’lumot berilib, kitobxonlarga mumtoz adabiyotimizning nodir namunalarini mutolaa qilish tavsiya etildi.
 
13/08/2026 - 13:47
 Joriy yilning 13-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida "Madaniyatlararo muloqat va intelektual salohiyat kuni" munosabati bilan “So‘zdan qalbga: Navoiy va Rumiy merosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
 

 Suhbat davomida buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiy ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati, ularning inson qalbi, ezgulik, ilm-ma’rifat va komillikka chorlovchi hikmatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, kutubxona fondidagi Navoiy va Rumiy ijodiga oid adabiyotlar hamda axborot-resurslari ishtirokchilarga tanishtirildi.
 Tadbir davomida yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, mumtoz adabiyotimiz durdonalarini mutolaa qilish va buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosidan bahramand bo‘lish muhimligi ta’kidlandi.
 
09/08/2026 - 11:27
 Bugun, 8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon” klubining eng yosh a’zolari ishtirokida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.




 Tadbir davomida bolajonlar kutubxonamiz fondida mavjud o‘z yoshlariga mos ertaklar, hikoyalar va boshqa qiziqarli bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kutubxonada mavjud turli didaktik o‘yinlar va o‘quv materiallaridan foydalanilgan holda qiziqarli o‘yinlar hamda bellashuvlar o‘tkazildi. Yosh kitobxonlar o‘zlarining bilimlari, zukkoligi va faolliklarini namoyon etdilar.
 Tadbir bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
 
07/08/2026 - 17:18
 Joriy yilning 5-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida Oʻtkir Hoshimov tavallud kuni munosabati bilan "Odamlar orasida yashagan qalam sohibi – Oʻtkir Hoshimov" nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.


 
31/07/2026 - 15:15
Xalqlar doʻstligi kuni – birlik va hamjihatlik bayrami!
Yangi Oʻzbekiston bogʻida "Xalqlar doʻstligi kuni" munosabati bilan tashkil etilgan tantanali bayram tadbirida Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.




Tadbir avvalida "Yangi Oʻzbekiston" bogʻidagi Mustaqillik monumenti poyiga gullar qoʻydilar.
Bayram davomida Oʻzbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari oʻzlarining milliy liboslari, boy madaniyati, urf-odat va anʼanalarini namoyish etib, yurtimizdagi millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik muhitini yana bir bor namoyon etdilar.
Tadbir tinchlik, doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro hurmat gʻoyalari ostida yuqori saviyada oʻtkazildi. Barcha ishtirokchilar bir maydonda jam boʻlib, Oʻzbekistonning eng katta boyliklaridan biri boʻlgan millatlararo ahillik va birdamlikni ulugʻladilar.
 Doʻstlik va birlik — Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!
 
31/07/2026 - 15:07
 Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi rivojiga koʻp yillar davomida fidokorona mehnati bilan munosib hissa qoʻshgan, yaqinda faxriy nafaqaga kuzatilgan Jestovskix Galina Anatolyevna "Xalqlar doʻstligi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.



Mazkur koʻkrak nishoni "Xalqaro doʻstlik kuni" munosabati bilan taʼsis etilgan boʻlib, millatlararo totuvlik, oʻzaro hurmat, bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, jamiyatda doʻstlik gʻoyalarini keng targʻib etish yoʻlida munosib hissa qoʻshgan fuqarolarga beriladi.
 Jestovskix Galina Anatolevna oʻzining koʻp yillik samarali faoliyati davomida kutubxona sohasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlodning maʼnaviy-maʼrifiy kamolotiga hissa qoʻshish hamda jamoada oʻzaro hurmat, hamjihatlik va insonparvarlik muhitini qaror toptirish yoʻlida sidqidildan mehnat qildi. Taqdirlash marosimida Mirzo Ulugʻbek tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari T. S. Alimxodjayeva va V. V. Tulupova ham ishtirok etdilar.
Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi Jestovskix Galina Anatolevnani ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi.

Pages

Subscribe to Новости