18/06/2026 - 14:22
2026-yil 18-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar – millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazma tashkil etilib, bibliografik sharh o‘tkazildi.Ko‘rgazmada jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati hamda ma’rifatparvarlik g‘oyalariga oid kitoblar namoyish etildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan ushbu asarlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi.
Ushbu kitob koʻrgazma yoshlarni milliy tariximiz va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
18/06/2026 - 14:17
Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar. Shu bilan birga, ular booktuber faoliyati uchun tayyorgarlik ko‘rib, tanlangan asarlarni keng kitobxonlar ommasiga zamonaviy va qiziqarli usullar orqali targ‘ib etish ustida ishlamoqdalar.
Talabalar asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Booktuber loyihalariga tayyorgarlik jarayonida talabalar kitoblar bo‘yicha videoroliklar va taqdimotlar yaratish, asarlarni tahlil qilish hamda o‘z kitobxonlik taassurotlarini auditoriyaga samarali yetkazish bo‘yicha tajriba orttirmoqdalar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot davomida talabalar tarjima tajribalari, ijodiy yondashuvlari va booktuber faoliyatiga oid g‘oyalari bilan o‘rtoqlashib, kelgusidagi loyihalar yuzasidan fikr almashdilar.
18/06/2026 - 14:13
Joriy yilning 18-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan media savodxonlik, axborot madaniyati va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalariga bagʻishlangan “Axborot xavfsizligi va media savodxonlik” mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir doirasida ishtirokchilarga zamonaviy axborot makonida uchraydigan xavf va tahdidlar, soxta xabarlarni aniqlash usullari, axborotni tanqidiy tahlil qilish hamda internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida maʼlumotlar berildi.
Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan mahorat darslarida qatnashchilar media savodxonlikni oshirish, axborotlarni saralash va baholash, shuningdek, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oldilar.
Media savodxonlik va axborot madaniyati – zamonaviy jamiyatning muhim talablaridan biridir. Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta’minlash va mas’uliyatli axborot iste’moli madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
17/06/2026 - 16:49
Joriy yilning 17-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar. Shuningdek, ular tanlagan asarlari asosida booktuber loyihalari uchun tayyorgarlik ko‘rib, kitoblarni keng kitobxonlar ommasiga qiziqarli tarzda taqdim etish usullari ustida ham ishlamoqdalar.
Talabalar asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Booktuber faoliyati uchun tayyorgarlik jarayonida talabalar kitoblar bo‘yicha videotaqdimotlar tayyorlash, asarlarni tahlil qilish va o‘z o‘quvchi taassurotlarini auditoriyaga samarali yetkazish bo‘yicha ham tajriba orttirmoqdalar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan asarlarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib borish bilan birga, tarjima tajribalari, ijodiy yondashuvlari va booktuber loyihalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
16/06/2026 - 17:18
Joriy yilning 16-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga tashrif buyurdilar.Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar.
Talabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini chuqur o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan asarlarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib borish bilan birga, tarjima tajribalari va ijodiy yondashuvlari bo‘yicha ham fikr almashdilar.
15/06/2026 - 16:50
Joriy yilning 15-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.Amaliyot davomida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblar va badiiy asarlar ustida ishlab, ularni nemis tiliga tarjima qilish jarayonini amalga oshirmoqdalar.
Talabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyatini, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, ularni nemis tiliga tarjima qilishda qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Amaliyot jarayonida talabalar o‘zlari tanlagan kitoblarni nemis tiliga tarjima qilish ustida faol ish olib bormoqdalar.
12/06/2026 - 17:10
Joriy yilning 12-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.Hozirda talabalar amaliyot dasturi doirasida nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun kichik hikoyalar va badiiy asarlar ustida ishlamoqdalar hamda zarur adabiyotlardan foydalanmoqdalar.
Talabalar tanlagan asarlarning mazmun-mohiyati, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlarni amaliy jihatdan o‘zlashtirmoqdalar. Shuningdek, berilgan topshiriqlar asosida tarjima ishlarini olib bormoqdalar.
Mazkur o‘quv amaliyoti talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
11/06/2026 - 17:08
Joriy yilning 11-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari amaliyotida taniqli tarjimon Oybek Arabov tashrif buyurib, talabalar bilan samimiy va mazmunli suhbat o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tarjima san’ati va uning bugungi kundagi ahamiyati, tarjimon oldida turgan mas’uliyatli vazifalar, xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, soha bo‘yicha qimmatli tavsiya va maslahatlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sohaga keng joriy etish, raqamli innovatsiyalarni rivojlantirish hamda startap loyihalarni yaratish va amalga oshirish masalalari yuzasidan ham suhbat tashkil etildi. Unda zamonaviy texnologiyalarning tarjima va ta’lim jarayonidagi o‘rni, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning tashabbuskorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini yuksaltirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
10/06/2026 - 17:25
Joriy yilning 10-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.Amaliyot davomida talabalar nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish uchun kichik hikoyalar va badiiy asarlarni tanladilar hamda zarur adabiyotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
T alabalar tanlagan asarlarining mazmun-mohiyatini, uslubiy va til xususiyatlarini o‘rganib, ularni tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan usul va yondashuvlar yuzasidan amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Ushbu amaliy mashg‘ulot talabalarning tarjima mahoratini oshirish, xorijiy adabiyotlarni chuqurroq o‘rganish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
10/06/2026 - 16:12
Joriy yilning 10-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.Tadbir doirasida kitobxon onalar va farzandlar uchun tavsiya etiladigan badiiy, ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlardan iborat kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni hamda ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.
Kitobxon oila–ma’rifatli jamiyat poydevori. Oilalarda mutolaa muhitini shakllantirish va yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish borasidagi targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
