Oilada kitob mutolaasi – kelajak poydevori

 Joriy yilning 22-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida “Oilada kitob mutolaasi – kelajak poydevori” mavzusida kitob koʻrgazmasi hamda bibliografik sharh tashkil etildi.

 Ko'rgazma davomida kitobxon onalar va farzandlar uchun badiiy, ma’rifiy hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega adabiyotlar namoyish etilib, mutolaa uchun tavsiya qilindi.

 Bibliografik sharh jarayonida ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblarning mazmun-mohiyati, ularning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр