o‘z
RU
DE
Marketing va tadbirkorlik – muvaffaqiyat sari eltuvchi ikki qanot” kitob koʻrgazmas
Joriy yilning 16-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Marketing va tadbirkorlik – muvaffaqiyat sari eltuvchi ikki qanot” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.


Koʻrgazmada marketing, tadbirkorlik, biznesni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy boshqaruv va shaxsiy rivojlanishga oid adabiyotlar hamda ushbu yoʻnalishdagi amaliy qoʻllanmalar kitobxonlar eʼtiboriga havola etildi.
Bibliografik sharh davomida ishtirokchilarga marketingning asosiy tamoyillari, tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish, biznesni rivojlantirish yoʻllari hamda mazkur mavzudagi adabiyotlarning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Kitob koʻrgazmasi kitobxonlarda tadbirkorlik va marketing sohasiga boʻlgan qiziqishni oshirish, mutolaa madaniyatini targʻib qilish, zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashga boʻlgan intilishni kuchaytirishga xizmat qildi.
