Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni

#Yoshlar_kuni

 Joriy yilning 23-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi Oʻzbekiston yoshlari nigohida" shiori ostida "Yosh fermerlarni qoʻllab-quvvatlash kuni" munosabati bilan "Ekologiya va fermerlik: Barqaror taraqqiyot yoʻlida" nomli hamkorlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Mirzo Ulugʻbek tumani Ekologiya bo‘limi rahbari Aziz Sattorov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yordamchisi Artur Azegov ishtirok etib, ekologiyani asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, fermerlik sohasini rivojlantirish hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishdagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

O'z navbatida, "Bilim" axborot-kutubxona markazi Madaniy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yoshlar bilan ishlash sektor mudiri Ergasheva Dilorom yosh fermerlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat tomonidan ko'rsatilayotgan qo'llab-quvvatlash choralari, sohani rivojlantirishga qaratilgan dasturlar va mavjud imtiyozlar haqida batafsil ma'lumot berdi.

Shuningdek, Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Ekologiya va fermerlik: Barqaror taraqqiyot yo'lida" mavzusida mazmunli taqdimot namoyish etilib, unda ekologik barqarorlikni ta'minlash, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, zamonaviy fermerlik yondashuvlari hamda ushbu yo'nalishdagi adabiyotlar va axborot-resurslar keng yoritildi.

 Yosh fermerlarni qo‘llab-quvvatlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatni asrashga qaratilgan tashabbuslarni rag‘batlantirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda axborot-kutubxona markazida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр