09/06/2026 - 17:31
Joriy yilning 9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Danko” klubi tomonidan “Sening noming mening qalbimda...” nomli adabiy-musiqali kecha tashkil etildi.
 

Mazkur tadbir adabiyot va san’at ixlosmandlarini bir davraga jamlab, ijod va ma’naviyatga oshno qalblar uchun unutilmas uchrashuvga aylandi. Kecha davomida klub a’zolari hamda faol kitobxonlar o‘zlarining she’riy va badiiy chiqishlari bilan ishtirok etib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Mazmunan boy she’rlar, dilga yaqin adabiy asarlardan parchalar va musiqiy chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ijodiy muloqotlar jarayonida adabiyotning inson qalbi va tafakkurini yuksaltirishdagi o‘rni, badiiy ijodning ma’naviy hayotimizdagi ahamiyati haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar o‘zaro adabiy suhbatlar qurib, ijodiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Samimiyat, do‘stlik va ijodkorlik muhiti hukm surgan ushbu kecha barchada yorqin taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar adabiyot va san’atga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini yanada mustahkamlab, qalblarida iliq xotiralar bilan tarqaldilar.
 
09/06/2026 - 17:29
 Joriy yilning 9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek axborot-kutubxona markazida "Pushkin ilhomi -avlodlar qalbida" mavzusida kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
 

 Ko'rgazmada buyuk rus shoiri va yozuvchisi Aleksandr Sergeyevich Pushkinning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiyotlar, she’riy to‘plamlar, ertaklar hamda adib haqidagi ilmiy va badiiy nashrlar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
 Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga Pushkin asarlarining mazmun-mohiyati, ularning jahon adabiyoti rivojidagi o‘rni hamda adib ijodining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
 Ko'rgazmaning maqsadi — kitobxonlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlarni Pushkinning boy adabiy merosi va jahon adabiyotining nodir namunalarini o‘rganishga keng jalb etishdan iborat.
 
09/06/2026 - 17:27
 Joriy yilning 9-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.
 

 Amaliyot davomida talabalar nemis tilidagi o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlarni tanlab, ular asosida booktuber videolari tayyorlash uchun zarur ma’lumotlar bilan tanishdilar hamda kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
 Talabalar tanlangan kitoblarning mazmun-mohiyatini tahlil qilib, videoloyihalar uchun ijodiy ssenariylar, qiziqarli vizual yechimlar va taqdimot materiallarini ishlab chiqish ustida ish olib bordilar.
 Ushbu amaliy mashg‘ulot yoshlarning kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish, adabiy asarlarni zamonaviy media vositalari orqali keng ommaga yetkazish hamda ularning ijodiy va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
 
08/06/2026 - 16:59
Adabiy-musiqali kechaga taklif etamiz!
 

Joriy yilning 9-iyun kuni soat 14:00 da Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Sening noming mening qalbimda...” nomli adabiy-musiqali kecha bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat markazi huzuridagi “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
 Uchrashuv davomida she’riyat va adabiyot ixlosmandlari uchun qiziqarli suhbatlar, ijodiy chiqishlar hamda adabiy muloqotlar tashkil etiladi.
 Dasturda “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi jamoasi a’zolari hamda Gennadiy Arefev ishtirok etadilar.
 Manzil: Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi, Hamid Olimjon maydoni, 12-A uy.
Barcha adabiyot va ijod ixlosmandlarini ushbu uchrashuvga taklif etamiz!
08/06/2026 - 15:44
 Joriy yilning 8-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fakultetining 3-bosqich talabalari o‘quv amaliyotini o‘tash maqsadida tashrif buyurdilar.
 

 O‘quv amaliyoti davomida AKM mutaxassislari tomonidan talabalar uchun markaz faoliyati yuzasidan tanishtiruv suhbati tashkil etilib, o‘quv zallari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi.
 Talabalarga axborot-kutubxona markazining umumiy faoliyati, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari hamda foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Amaliyot jarayonida talabalar AKM faoliyatining nazariy asoslari bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni ham egallash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
 
04/06/2026 - 15:59
 Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzo Ulug'bek tumani “Kelajak" markazida “Yoz — Kelajak bilan” shiori ostida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.








Tadbir davomida ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi faoliyati, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni mutolaaga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.
 Mutaxassislar tomonidan bolalar va o‘smirlar uchun tavsiya etiladigan badiiy hamda ilmiy-ommabop adabiyotlar tanishtirilib, kitobning inson kamolotidagi o‘rni haqida suhbatlar o‘tkazildi.
 Mazkur tadbir yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak sari dadil qadam tashlashlariga xizmat qildi.
04/06/2026 - 15:49
 Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mirzo Ulug'bek tumani “Kelajak" markazida “5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh o‘tkazildi.


Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga oid adabiyotlar kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzi mavzularidagi kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.
 Bibliografik sharh jarayonida yoshlar o‘rtasida ekologik ongni rivojlantirish, tabiat boyliklarini asrashga mas’uliyat bilan yondashish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 Bu kabi tadbirlar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ekologik bilimlarni mustahkamlash va ularni ma’rifat sari yetaklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
03/06/2026 - 16:55
 Joriy yilning 3-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.
 

 Sharh davomida mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning faolligini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga bag‘ishlangan adabiyotlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar kitoblar mazmuni bilan yaqindan tanishtirildi.
01/06/2026 - 10:04
 Joriy yilning 1-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek axborot-kutubxona markazida “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada bolalar adabiyotining sara namunalari, ertaklar, hikoyalar hamda yosh kitobxonlar uchun mo‘ljallangan turli badiiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi.
 Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda mazmunli dam olishlarini tashkil etishdan iborat.
 
26/05/2026 - 14:58
 Joriy yilning 26-may kuni Mirzo Ulug‘bek axborot-kutubxona markazida “Milliy uyg‘onish harakatining rahbari — Mahmudxo‘ja Behbudiy” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 

Ko'rgazmada Mahmudxo'ja Behbudiy hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda jadidchilik harakatidagi o‘rni yoritilgan turli kitoblar va manbalar namoyish etildi.
 Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — yosh avlodga milliy uyg‘onish davri namoyandalarining boy merosini tanitish, Behbudiyning xalq ma’rifati va taraqqiyoti yo‘lidagi ulkan xizmatlarini keng targ‘ib etishdan iborat.
 

Pages

Subscribe to Новости