"Bir kitob-bir olam" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir

Joriy yilning 2-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 148-sonli umumtaʼlim maktabi qoshidagi “Nihol” oromgohida "Bir kitob-bir olam" nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbir davomida ishtirokchilarga kitob mutolaasining ahamiyati, kutubxona faoliyati hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi. Shuningdek, bolalarda kitobga mehr uygʻotish maqsadida ularni qiziqtiradigan ertak, sarguzasht va boshqa badiiy asarlar haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Tadbirning ijodiy qismida bolalar o‘zlari sevib o‘qigan ertak qahramonlari rasmlarini chizib, o‘z tasavvurlari va iste’dodlarini namoyon etdilar. Ularning rang-barang ijodiy ishlari tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Mazkur tadbir yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр