Metodik hamda amaliy yordam

 Joriy yilning 14-iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tashrif buyurib, metodik hamda amaliy yordam ko'rsatdilar.

 

 Tashrif davomida axborot-kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondidan oqilona foydalanish, kitobxonlarga ko'rsatilayotgan axborot-kutubxona xizmatlari sifatini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish yuzasidan zarur tavsiya va takliflar berildi. Shuningdek, axborot-resurslarni tizimli yuritish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sohada ilg'or tajribalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

 Uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish, kitobxonlikni rivojlantirish va kelgusidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.

 Mazkur tashrif hududda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari uchun sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini yo'lga qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр