18/03/2026 - 13:00
 Joriy yilning 18-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markaziga "Baby Island" maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari tashrif buyurdi.
 

 
Tashrif doirasida kichkintoylar uchun markaz bo‘ylab mazmunli ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida mutaxassislar tomonidan kutubxona faoliyati, fond tarkibi, kitoblarning joylashuvi hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar haqida sodda va tushunarli tarzda ma’lumotlar berildi 
 
Tarbiyalanuvchilar kutubxona muhiti bilan yaqindan tanishib, kitob olamiga bo‘lgan katta qiziqishlarini namoyon etdilar 
18/03/2026 - 09:04
 Joriy yilning 19-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Navroʻz tilaklar daraxti” nomli ma’naviy-ma’rifiy burchak tashkil etildi.
 

 
 Ushbu burchakda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi bezaklar asosida Navroʻz bayramiga xos muhit yaratildi.
 
 “Tilaklar daraxti”da markaz xodimlari hamda foydalanuvchilar tomonidan ezgu niyat va samimiy tilaklar qoldirildi. Har bir tilakda xalqimizga xos mehr-oqibat, tinchlik, farovonlik va birlik g‘oyalari o‘z ifodasini topdi.
 
 Tashrif buyuruvchilar ushbu burchak orqali milliyligimizning go‘zalligi va qadriyatlarimizning ahamiyatini yana bir bor his etdilar.
18/03/2026 - 09:02
 Joriy yilning 19-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Navroʻz – qadriyatlarimiz iftixori” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
 

 
 Ko‘rgazmada milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi adabiyotlar, Navroʻz bayramining kelib chiqishi va ahamiyatiga bag‘ishlangan kitoblar namoyish etildi.
 
 Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKMda kutib qolamiz! 
 
Kitobxonlar ko‘rgazma orqali Navroʻzning mazmun-mohiyati, xalqimiz hayotidagi o‘rni hamda boy madaniy merosimiz haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘ladilar.
18/03/2026 - 09:00
Joriy yilning 18-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Oʻzbekiston Milliy Gvardiyasi tomonidan tashkil etilgan Navroʻz saylida ishtirok etdi. 
 

 
Ushbu bayram tadbiri milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish, xalqimizning boy urf-odat va an’analarini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 
Tadbir davomida ishtirokchilar bahoriy kayfiyat, milliy taomlar, xalq oʻyinlari va madaniy chiqishlardan bahramand boʻlishdi. Mazkur sayl yurtimizda tinchlik, birlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
 
Ushbu tarbirda mutaxassislar “Oʻzbekiston” nashriyoti tomonidan tashkil qilingan kitob yarmarkasi bilan yaqindan tanishdilar.
17/03/2026 - 12:40
 Joriy yilning 17-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Qatagʻon qurbonlari xotirasi xiyoboniga tashrif uyushtirildi.
 

 
Tashrif davomida ishtirokchilar xiyobon hududida ekskursiya qilib, qatagʻon davri qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. 
 
Mazkur tashrif tarixiy xotirani yod etish, ajdodlarimiz boshidan kechirgan ogʻir sinovlarni eslash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
16/03/2026 - 08:50
2026-yil 16-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Jadidlar – millatga nur sochganlar” nomli kitob ko‘rgazma tashkil etilib, bibliografik sharh o‘tkazildi.
 

 
Ko‘rgazmada jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti, faoliyati hamda ma’rifatparvarlik g‘oyalariga oid kitoblar namoyish etildi. Kutubxona mutaxassislari tomonidan ushbu asarlar yuzasidan ma’lumotlar berilib, jadidlarning millat ravnaqi, ilm-ma’rifat va ta’lim rivojiga qo‘shgan hissasi haqida so‘z yuritildi.
 
Ushbu kitob koʻrgazma yoshlarni milliy tariximiz va ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
13/03/2026 - 16:14
Joriy yilning 13-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan milliy meros va bebaho qadriyatlarimizga bagʻishlangan “Milliy meros – bebaho xazina” nomli kitob koʻrgazmaga bibliografik sharh oʻtkazildi.
 

 
Sharh davomida mutaxassislar tomonidan ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar mazmuni, ularning milliy an’ana va qadriyatlarimizni yoritishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, kitoblarda xalqimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari hamda asrlar davomida shakllanib kelgan qadriyatlari yoritilgani ta’kidlandi.
 
Mazkur bibliografik sharh kitobxonlarda milliy merosimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, yosh avlodni boy madaniy merosimizni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.
13/03/2026 - 16:11
Joriy yilning 13-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Milliy meros – bebaho xazina” nomli badiiy-musiqali kecha yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va milliy an’analarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
 

 
Tadbir davomida 142-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari, milliy raqslari hamda mazmunli she’riy chiqishlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. O‘quvchilarning ijodiy chiqishlari milliy merosimizning boyligi va qadriyatlarimizning bebaho ekanini yana bir bor namoyon etdi.
 
Badiiy-musiqali kecha davomida milliy urf-odatlar, an’ana va qadriyatlarimiz haqida ham so‘z yuritilib, yoshlarni ushbu boy merosni asrab-avaylashga undovchi fikrlar bildirildi. Tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
13/03/2026 - 16:07
2026-yil 13-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga 142-sonli umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o‘quvchilar uchun kutubxona bo‘ylab qiziqarli ekskursiya tashkil etildi.
 

 
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilarga kutubxonaning bo‘limlari, kitob fondi, zamonaviy axborot xizmatlari hamda kitoblardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Bolalar turli janrdagi kitoblar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni ko‘zdan kechirishdi.
 
Shuningdek, kutubxonaning o‘quv zallari va bolalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Tashrif davomida kitob o‘qishning ahamiyati, bilim olishda kitobning o‘rni haqida suhbatlar ham o‘tkazildi.
 
Mazkur ekskursiya o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, ularni kutubxona bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qildi.
10/03/2026 - 16:06
Joriy yilning 10-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ayollar huquqlari – taraqqiyot asosi” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi.
 

 
Mazkur kitob koʻrgazmada ayollarning jamiyatdagi oʻrni, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yoritib beruvchi adabiyotlar keng oʻrin oldi. 
 
Koʻrgazmadan oʻrin olgan kitob va nashrlar kitobxonlarda ayollar huquqlariga hurmat ruhini shakllantirish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi muhim oʻrnini anglashga xizmat qiladi.
 
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKM da kutamiz!

Pages

Subscribe to Новости