“2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh

 Joriy yilning 3-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” munosabati bilan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.

 

 Sharh davomida mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning faolligini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga bag‘ishlangan adabiyotlar haqida ma’lumot berildi. Ishtirokchilar kitoblar mazmuni bilan yaqindan tanishtirildi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр