5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

 Joriy yilning 4-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan Mirzo Ulug'bek tumani “Kelajak" markazida “5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi va bibliografik sharh o‘tkazildi.

Tadbir davomida atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga oid adabiyotlar kitobxonlarga taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzi mavzularidagi kitoblar haqida ma’lumotlar berildi.

 Bibliografik sharh jarayonida yoshlar o‘rtasida ekologik ongni rivojlantirish, tabiat boyliklarini asrashga mas’uliyat bilan yondashish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 Bu kabi tadbirlar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ekologik bilimlarni mustahkamlash va ularni ma’rifat sari yetaklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр