04/12/2025 - 11:16
Joriy yilning 4-dekabr kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” ga bagʻishlab mazmunan boy va rang-barang kitob koʻrgazmasi tayyorlandi.
 

 
Koʻrgazmada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan asosiy tamoyillar keng yoritilgan adabiyotlar jamlandi. Shuningdek, konstitutsiyaviy islohotlar, huquqiy-demokratik davlat barpo etish yoʻlidagi tarixiy bosqichlar ham alohida o‘rin oldi.
 
Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – yoshlar va kitobxonlar ongida qonun ustuvorligiga hurmat, huquqiy savodxonlikni oshirish, mamlakatimizning bosh Qonunini chuqur anglashga ko‘maklashishdan iborat.
 
Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalamuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
03/12/2025 - 11:16
 Joriy yilning 3-dekabr kuni       “3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. 
 

 
Ko‘rgazma nogironligi bo‘lgan insonlarning huquqlari, ijtimoiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga doir adabiyotlar va koʻzi ojizlar uchun maxsus brayl alifbosidagi adabiyotlar bilan boyitildi.
 
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
02/12/2025 - 12:16
 “Tanishing – yangi adabiyotlar” kitob ko‘rgazmasi
 

 
Joriy yilning 2-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Tanishing – yangi adabiyotlar” mavzusida navbatdagi yangi adabiyotlardan tashkil topgan kitob ko‘rgazmasi tayyorlandi. Ko‘rgazma Prezidentimizning asarlari, zamonaviy rus adabiyoti namunalaridan iborat yangi nashrlar bilan boyitildi.
 
Ushbu ko‘rgazma o‘quvchilarni yangi ilmiy, ma’rifiy va badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Yangi kitoblar fondi bilan tanishish esa kitobsevarlarda yangicha fikr, keng dunyoqarash va mustahkam bilim hosil qilishga zamin yaratadi.
 
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevar va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida kutib qolamiz!
01/12/2025 - 12:16
 Joriy yilning 1-dekabr kuni, Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “1-dekabr — Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan ma’rifiy videorolik tayyorlandi.
 

 
Mazkur videorolik aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini kuchaytirish, OITS kasalligi haqida to‘g‘ri va ishonchli ma’lumotlarni yetkazish, profilaktika choralarini targ‘ib qilish hamda yoshlarning tibbiy madaniyatini oshirishga qaratildi.
 
Videomaterialda kasallikning kelib chiqish sabablari, uning oldini olish usullari, xavfsiz hayot tarzi tamoyillari hamda global miqyosda olib borilayotgan kurash tadbirlari haqida keng qamrovli tushunchalar berilgan.
 
 Ushbu tashabbus jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining xabardorligini oshirish va kasallikning oldini olishga qaratilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yana bir amaliy ko‘rinishidir.
28/06/2025 - 09:08
Mahmudxoʻja Behbudiy 150 yoshda! 
2025-yil 26-iyun kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Mahmudxoʻja Behbudiy 150 yoshda" nomli tanlovning taqdirlash marosimi bo'lib oʻtdi. 
Unda barcha tuman axborot-kutubxona markazi axborot-texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbarlari oʻzlari tayyorlagan videoroliklar bilan ishtirok etishdi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidan tashrif buyurgan taniqli yozuvchi Javlon Jovliyev, AOKA Toshkent shahar boshqarmasi bosh mutaxassisi Bekzod Mahmudov, Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi direktori X. Karimova, direktor oʻrinbosari S. Xudoyberdiyeva hamda Fondlarni jamlash xizmati rahbari G. Xadjayeva hakam boʻldi. 

Munosiblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 
Demak, 
1-oʻrin Xasanboyeva Shoira
2-oʻrin Taganmuratova Dinara
3-oʻrin Artikova Nilufar
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/6818 
27/06/2025 - 09:05
2025-yil 27-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Milliy uygʻonish harakatining rahbari – Mahmudxoʻja Behbudiy" nomli navbatdagi kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Bu koʻrgazma yurtimiz tarixida muhim o‘rin egallagan ma’rifatparvar siymolarning hayoti va faoliyatini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim hisoblanadi.
Kitob koʻrgazmada Mahmudxoʻja Behbudiyning asarlari, u haqidagi ilmiy tadqiqotlar, maqolalar va adabiy-tarixiy manbalar namoyish etildi. Ko‘rgazma nafaqat yoshlar, balki keng kitobxonlar ommasi orasida ham katta qiziqish uyg‘otadi. Behbudiyning millat uyg‘onishiga qo‘shgan hissasi, ma’rifiy islohotlar yo‘lidagi fidokorona xizmatlari, adabiyot va matbuotdagi faoliyati haqida muhim ma’lumotlar jamlangan.

Bunday kitob koʻrgazmalarini tashkil qilish yosh avlodda tarixiy xotirani mustahkamlash, milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosga hurmat bilan qarash tuyg‘ularini kuchaytiradi. 
Ushbu koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
25/06/2025 - 09:03
2025-yil 25-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Ijod va ilhom kechasi: Muqaddas Abdusamatova bilan dildan suhbat" nomli adabiy kecha yuksak maʼnaviy ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Doʻstlik ordeni sohibasi, taniqli shoira Muqaddas Salixovna Abdusamatova  oʻzining hayoti, ijodi, ilhom manbalari va ijodiy izlanishlari haqida samimiy soʻzlab berdi.
Adabiy kechada mahalla faollari, jumladan, Nuroniylar kengashi raisi Zulfiya Rasuliy hamda kengash a’zosi Xusan Valijonov faol ishtirok etib, yosh avlodni maʼnaviyat va adabiyotga oshno etish borasida oʻz fikrlarini bildirdilar.


Ushbu adabiy kecha nafaqat adabiyot ixlosmandlari uchun, balki keng jamoatchilik uchun ham ibratli va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni milliy qadriyatlar, adabiyot va sanʼatga mehr bilan qarashga chorlaydi.
24/06/2025 - 09:00
2025-yil 24-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Nur sochgan jadid kalomlari" mavzusida navbatdagi kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ushbu kitob koʻrgazmasi o‘zbek jadidchilik harakati namoyandalari ijodini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning millat taraqqiyoti yo‘lida tutgan o‘rni va tarixiy merosini targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilindi.
Ko‘rgazmada Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat va boshqa jadid allomalarning asarlari, ularning hayoti va faoliyatiga oid adabiyotlar namoyish etildi. 

Ushbu kitob ko‘rgazma  yoshlar uchun milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani tiklash va jadidlar merosini chuqurroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi. 
Ushbu kitob koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarimizni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazimizda kutib qolamiz.
23/06/2025 - 11:50

2025-yil 23-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazining mutaxassislari va foydalanuvchilar uchun zamonaviy axborot muhitining dolzarb masalalaridan biri — internetdagi xavfsiz yurish qoidalariga bag‘ishlangan “Internetda havfsiz yurish qoidalari: Soxta sahifalar orasida haqiqiy kitobni yo‘qotma” nomli davra suhbati va kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi.


Tadbirning bosh g‘oyasi — kutubxona xodimlarini va foydalanuvchilarni raqamli olamdagi xavf-xatarlardan ogoh etish, internetdan foydalanishda axborot madaniyati va ehtiyotkorlik tamoyillarini mustahkamlash. Shu maqsadda kutubxona mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga zamonaviy kiberxavfsizlik tushunchalari, onlayn firibgarlik shakllari, yolg‘on manbalarni aniqlash usullari haqida ma'lumotlar berildi.



Davra suhbati davomida "Soxta sahifalar" — ya’ni yolg‘on axborot vositalari, feyk yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan ishonchsiz kontentlar haqida muhokamalar olib borildi. Ishtirokchilar "haqiqiy kitobni yo‘qotmaslik", ya’ni axborot mo‘l-ko‘lligi zamonida asosli, ishonchli va sifatli bilim manbalariga tayanish zarurligini ta’kidladilar.


Tadbir doirasida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi esa "Internet madaniyati", "Axborot xavfsizligi", "Raqamli savodxonlik" kabi mavzularga oid adabiyotlar bilan boyitildi. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarga internetdagi tahdidlar haqida chuqurroq tushuncha berish bilan birga, bilimni asrashda bosma manbalar, mutaxassis yozgan asarlar va kutubxonalar haligacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini yana bir bor eslatdi.



Davra suhbati – kutubxona xodimlari uchun nafaqat ogohlik darsi, balki raqamli dunyoda axborotni tanlash madaniyatini shakllantirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
19/06/2025 - 13:34
Joriy yilning 19-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Barkamol avlod” bolalar maktabida navbatdagi koʻchma kutubxona tadbiri tashkil etildi. 
Ko'chma kutubxonaning asosiy maqsadi – yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni bilimga chanqoq, fikrlashga o‘rgatishdir.
Koʻchma kutubxonada kitob ko'rgazmasi ham taqdim etildi. Ko'rgazmada o‘quvchilarga turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar namoyish etildi. Ayniqsa, yosh bolalarga mo‘ljallangan ertaklar, sarguzasht hikoyalar, interaktiv va rasmli kitoblar ularning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar bolalar bilan suhbatlashib, kitob o‘qishning foydasi, uning tafakkur va nutq rivojiga ta’siri haqida tushunchalar berdilar.

Ko‘chma kutubxona tashabbusi orqali axborot-kutubxona markazi yosh avlodni ma’naviy jihatdan yetuk, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bunday ko'chma kutubxonalar kelajakda muntazam ravishda boshqa ta’lim muassasalarida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Pages

Subscribe to Новости