o‘z
RU
DE
"Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni" munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi
Joriy yilning 11-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Xalqaro aviatsiya va kosmonavtika kuni" munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada aviatsiya va kosmonavtika tarixiga oid, mashhur kosmonavtlar hayoti, koinot tadqiqotlari hamda fan-texnika yutuqlarini aks ettiruvchi kitoblar namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazma orqali kitobxonlar koinot olami, insoniyatning kosmosni o‘rganish yo‘lidagi izlanishlari va ilmiy kashfiyotlar haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin.
Ko‘rgazma ilm-fanga qiziqishni oshirish hamda kitobxonlarni yangi bilimlar sari undashga xizmat qiladi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
