Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari — taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning 14-aprel kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida “Ayollar huquqlari — taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi D.U. Sufiyeva olib bordi.

Davra suhbati davomida ayollar huquqlarini ta’minlash, ularning jamiyat va iqtisodiyotdagi oʻrnini mustahkamlash, xususan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda huquqiy mexanizmlar yuzasidan keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Tadbirda kutubxona mutaxassislari ham faol qatnashib, mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ushbu davra suhbati ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр