12/02/2025 - 11:36
2025-yil 12-fevral kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk mutafakkirlar — turkiy xalqlarning shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy va oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda va Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bag`ishlangan "Bir asrning ikki dahosi" deb nomlangan adabiy-ma`rifiy kecha o`tkazildi.

Tadbirda ikki buyuk shaxsning o`ziga xos merosi yoritilib, ularning adabiyot, san'at va ilm-fan sohalaridagi yuksak xizmatlari haqida chuqur fikr almashildi va ularning o`z zamonasi va keyingi avlodlarga qoldirgan ta`siri haqida so`z yuritildi.
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur haqida nafaqat adabiy tafsilotlar, balki ularning hayoti va faoliyatiga oid qiziqarli tarixiy faktlar, ularning davlat boshqaruvi va siyosiy idoralaridagi faoliyatlari ham muhokama qilindi. Navoiy o`zining “Xamsa” asari bilan o`zbek adabiyotining eng yirik adabiy durdonalaridan birini yaratgan bo`lsa, Bobur o`zining “Boburnoma” asari orqali dunyo adabiyotiga katta hissa qo`shgan. Tadbirda "Lashkarbegi" MFY Keksa va nuroniylar kengashi raisi Zulfiya Rasuliy, o`qituvchilar va faol kitobxonlar qatnashdilar.
 Shuningdek, tumanimizning 211-maktab o`quvchilari  faol ishtirok etib, ushbu yirik mutafakkirlarning asarlaridan va g`azallaridan parchalar o`qidilar. Alisher Navoiy va Boburning hayot yo'li, ularning ijodiy merosi haqida qiziqarli tarihiy sahna chiqishlarini taqdim etdilar. Tadbir so`nggida faol qatnashgan kitobxonlarga esdalik sovg`alari topshirildi.
12/02/2025 - 11:36
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida 2025-yil 11-fevral kuni XX asrning buyuk rus shoirlaridan biri, yozuvchi, bastakor va adabiy tarjimon Boris Leonidovich Pasternak tavalludining 135 yilligiga bag`ishlangan “Buyuk shoir izidan” nomli tadbir o`tkazildi. 

Tadbir davomida Pasternakning shaxsiy hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirda Pasternakning asarlaridan olingan parchalar va uning ijodi bilan bog`liq turli materiallar namoyish etildi. Shuningdek, kitobxonlar Pasternakning she’riyati bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir nihoyasida kitobxonlar shoirning adabiy merosi asosida tayyorlangan kitob ko`rgazmasini tomosha qildilar.
11/02/2025 - 13:01
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida  nomli kitob ko`rgazmasi tayyorlandi. Ko`rgazmada diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari haqidagi kitoblar joy olgan.
11/02/2025 - 11:36
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekistondagi Gyote-Instituti vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvning maqsadi, o'zaro hamkorlikning uzoq muddatli rejasini muhokama qilish bo`ldi. Uchrashuv qiziqarli va samarali o`tdi. 

Uchrashuvda kutubxona faoliyati sohasida yirik loyihalar belgilandi. 
Natijada nemis zalida kitobxonlar va kutubxona mutaxassislari uchun ko'plab qiziqarli va foydali ishlar rejalashtirildi.
11/02/2025 - 11:36
2025-yil 11-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot kutubxona markaziga O‘zbekistonning mashhur estrada va folk-rok xonandasi, an’anaviy o‘zbek musiqasi ijrochisi, bastakor va O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Sevara Nazarxon tashrif buyurdi.

Sevara Nazarxon, o‘zining nafaqat musiqa san’ati, balki insonparvarlik, ta’lim va ilmga bo‘lgan katta e’tibori bilan ham tanilgan shaxs. 
Tashrif davomida xonanda kutubxonadagi kitoblar va ma’lumotlar bazasi bilan yaqindan tanishib, uning ilmiy va madaniy faoliyatlari haqida ma’lumot oldi. Shuningdek, xonanda kutubxona xodimlari va foydalanuvchilari bilan suhbatlashib, yaqin orada o`z farzandlari bilan axborot-kutubxona markazimizga yana tashrif buyurib, obuna bo`lishini aytib o`tdi. 
Tashrif davomida Sevara Nazarxon kutubxona va uning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirgan holda, yoshlarni ilm, san’at va ma’naviyatga qiziqtirishda kutubxonaning o`rni katta ekanini ta’kidladi.
10/02/2025 - 11:36
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Millarlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasida “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosining millatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi о‘rni” mavzusida o'tkazilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdilar.
                         
Sо‘nggi yillarda Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur о‘rganish, uning asarlarini keng targ‘ib qilish hamda xotirasini abadiylashtirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Har yili Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan yurtimiz bо‘ylab bayramona kayfiyat hukm suradi. Joriy yildagi tadbirlar ham kо‘tarinkilik, о‘zgacha shukuh bilan adabiyot, ma’naviyat, ilm-ma’rifat, dо‘stlik ayyomi sifatida о‘tkazilib kelinmoqda.Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosining millatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi о‘rni”  mavzusida bо‘lib о‘tgan davra suhbatida Qо‘mita rahbariyati, mutasaddi xodimlari, respublikadagi taniqli navoiyshunos olimlar, milliy madaniy markazlar raislari hamda vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirni Millatlararo munosabatlar qо‘mitasi raisi Rustambek Kurbanov ochib berdi.

Toshkent shahrida Markaziy osiyo xalqlari, jumladan, о‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz va tojik xalqlarining buyuk mutaffakkirlari – Alisher Navoiy, Abay Qо‘nonboyev, Chingiz Aytmatov, Abdurahmon Jomiy, Maxtumquli va boshqa kо‘plab atoqli mutafakkirlarga hurmat va ehtirom sifatida haykallari va  barelflari о‘rnatilgan. Ular о‘z ijodini Alisher Navoiy merosiga tayanib faoliyat olib borganligini kо‘rish mumkin. Navoiy, Bobur, Rudakiy, Maxtumquli, Abay yoki Tо‘qtag‘ul kabi ulug‘ zotlarning barchasi о‘z ijodi bilan nafaqat mintaqa xalqlarini, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st –birodar bо‘lib yashashga da'vat etganlar.
Qо‘mita raisi mintaqamizda yashab о‘tgan mutafakkirlar о‘z ijodi bilan nafaqat mintaqa xalqlarini, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st-birodar bо‘lib yashashga da’vat etganligini ta’kidladi. 
Tadbirning asosiy qismida Navoiyning hayoti va ijodi, shoir g‘azallarida dо‘stlik va adolatning tarannum etilishiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Jumladan, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Tо‘lqin Eshbek Alisher Navoiyning hayoti va ijod yо‘li haqida ma’ruza qildi. О‘zbek tili va adabiyoti rivojiga qо‘shgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak ma’naviyatli, teran tafakkurli insonlar yetib tarbiyalashda mutafakkir ijodining ahamiyati xususida sо‘z yuritdi.
Markaz rahbari Saodat Davlatova ma’ruzasi mavzusi “Alisher Navoiy ijodida millatlararo totuvlik g‘oyasi” deb nomlanadi. 
Tatar milliy markazi faoli Rinat Shigabdinovning ma’ruza mavzusi “Alisher Navoiy ijodi professor G‘.Sa’diyning ilmiy merosida” deb nomlanadi. 
Tadbirning munozara qismida ishtirokchilar tomonidan amaliy taklif va mulohazalar bildirildi. Tadbir sо‘ngida respublikamizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar vakillari tomonidan shoir ijodidan namunalar о‘qildi. 
Kо‘tarinki kayfiyatda о‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Alisher Navoiy ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.
06/02/2025 - 10:04
2025-yil 5-fevral kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Alisher Navoiy ijodi: kelajak avlodlar uchun ilhom” shiori ostida ko`chma kutubxona tadbirini tashkil etdilar. Tadbirda AKM mutaxassislari o‘quvchilarga Alisher Navoiy haqidagi qiziqarli ma'lumotlar, uning dunyoqarashi va o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berdilar, hamda Navoiy asarlari, uning hayoti va ijodi haqida keng qamrovli ma'lumotlar taqdim etdilar.

Shuningdek, tadbirda yoshlar bilan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi, o`quvchilar Alisher Navoiy asarlaridan parchalar o`qib faol ishtirok etdilar. Bundan tashqari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari uchun kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Navoiy asarlari, uning hayotiga oid turli adabiyotlar va shu kabi madaniy-ma'rifiy materiallar namoyish etildi.
Bu esa o`z o`rnida yoshlarni adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishda muhim qadamlardan biri bo`ldi.
31/01/2025 - 10:01
"Zamon yaratuvchisi. A.P. Chexov" Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida
2025-yil 29-yanvar kuni buyuk yozuvchi, dramaturg, akademik va shifokor Anton Pavlovich Chexovning tavalludiga 165 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida «Zamon yaratuvchisi: A.P. Chexov» nomli tadbir tashkil etildi.

Dastur doirasida kitobxonlar Chexov olamiga sho‘ng‘ish imkoniyatiga ega bo‘ldilar:
Ma’ruza kitobxonlarni yozuvchining hayoti va ijodi, uning shifokorlik faoliyati va jahon adabiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi bilan tanishtirdi.
Film tomoshalari Chexov hikoyalarini jonlantirib, ularning betakror muhitini, hazil va chuqur psixologizmini ochib berdi, hamda ularning doimiy dolzarbligini yana bir bor namoyish etdi.
«BETAKROR HAYOT TASVIRCHISI» nomli kitob ko‘rgazmasida yozuvchining eng yaxshi asarlari taqdim etildi. Chexov – nafis psixolog, kinoya va ma’nodor ishoralar ustasi, mingdan ortiq asarlar muallifi. Uning pyesalari butun dunyo sahnalarida hozirgi kunda ham namoyish etiladi va ekranlashtiriladi. Uning ijodidagi inson ruhi, hayot mazmuni, muhabbat va iztirob mavzulari bugun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Uning so‘zlari zamonlar osha yangraydi: “Tinchlanmang, o‘zingizni uxlatib qo‘ymang! Yosh, kuchli, bardam ekaningizda yaxshilik qilishdan to‘xtamang!”
Chexov – bu adabiyotdan ham ortiq. Bu hayotga qarash, donishmandlik va abadiy ma’no izlashdir. Har kim o`zida o'z Chexovini kashf etsin va uni sevib yashasin - va butun umri davomida u bilan ajralmasin!
30/01/2025 - 16:57
2025-yil 30-yanvar kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazida O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bag`ishlangan “Millatning o‘zgarmas izlari: Islom Karimov Xotirasi” nomli tadbir bo`lib o`tdi. Tadbirda Islom Karimovning O‘zbekiston tarixidagi beqiyos roli, uning yurt taraqqiyoti va millat farovonligiga qo‘shgan hissasi keng yoritildi. Kitob ko`rgazmasi orqali Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan materiallar, hujjatlar, kitoblar va rasmlar orqali uning xalq uchun qoldirgan merosi namoyish qilindi.

O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘lida Islom Karimovning liderlik fazilatlari, davlat boshqaruvi va iqtisodiy islohotlardagi yutuqlari alohida ta'kidlandi. Shuningdek, tadbirda kitobxonlar Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga oid o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Karimovning o‘z xalqiga bo‘lgan mehr-muhabbati va uning rahbarlik fazilatlari bugungi kunda ham jamiyatda yuqori baholanmoqda.
27/01/2025 - 18:29
2025-yil 24-yanvar kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “24 yanvar – Xalqaro ta'lim kuni”ga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda ta'limning ahamiyati, uning global miqyosdagi rivojlanishi va ta'lim sohasidagi yangiliklar muhokama qilindi. Ko'rgazmada ta'limning turli jihatlarini yorituvchi kitoblar namoyish etildi, bu esa kitobxonlarga ta'lim sohasidagi resurslar bilan tanishish imkoniyatini yaratdi.

Davra suhbatida “Zamondosh” klubi a’zolari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ular ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, ta'limda innovatsiyalarni joriy etish va yoshlarni bilim olishga rag'batlantirish masalalarida o'z fikrlarini bildirdilar. Kitobxonlar, shuningdek, ta'limga zamonaviy yondashuvlar va dunyo miqyosidagi tajribalarni o'rganish zarurligini ta'kidladilar.
Tadbir davomida ta'lim sohasida yangi yondashuvlar va global tendensiyalar haqida bahs-munozaralar olib borildi. Tadbir, ayniqsa, yoshlarni ta'limga qiziqtirish va ilm-fan sohasida o'z imkoniyatlarini kengaytirishga rag'batlantirish yo`lidada muhim turtkilardan biri bo`ldi.

Pages

Subscribe to Новости