O‘quv amaliyoti doirasida

 Joriy yilning 25-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Fondlarni to‘ldirish va adabiyotlarga ishlov berish” bo‘limida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
 
 Amaliyot jarayonida talabalar bilan amaliyot rahbari uchrashuv o‘tkazib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
 
 Bo‘lim mutaxassislari koʻrsatmasi asosida amaliyotchilar kitoblarni tartibga solish, bo‘limlarga ajratish va fonddagi joylashuvini belgilash ishlarini samarali amalga oshirmoqdalar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр