"Zulfiya-nafosat va sadoqat kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 Joriy yilning 2-mart kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "Ayollarni e'zozlash" oyligiga bagʻishlab, 148-sonli umumta’lim maktabida "Zulfiya-nafosat va sadoqat kuychisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
 Tadbir davomida Zulfiyaning hayot yo‘li, sermazmun ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shoiraning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi; unda Zulfiyaning zamonaviy yoshlar hayotiga ta’siri va uning O‘zbekistondagi o‘rni kabi mavzular yoritildi.
 
 Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilarga Zulfiya haqida keng ma’lumot taqdim etildi va uning asarlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.Tadbir so‘ngida viktorina o‘tkazildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр