05/02/2026 - 16:12
Joriy yilning 5-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Mahmudxo‘ja Behbudiy — buyuk xalq ma’rifatchisi” mavzusida kitob ko‘rgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.Bibliografik sharhda jadidchilik harakatining yetuk namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, uning milliy ma’rifat, ta’lim-tarbiya, matbuot va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos xizmatlarini yorituvchi adabiyotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Behbudiyning asarlari orqali yoshlarni ilm-ma’rifatga, vatanparvarlik va ongli fikrlashga chorlovchi g‘oyalar targ‘ib etildi.
04/02/2026 - 16:56
Joriy yilning 4-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTUning "Rus filologiya" fakulteti 3-bosqich talabalari navbatdagi o‘quv amaliyotiga keldilar.Bugungi o‘quv amaliyoti davomida talabalar xorijiy, rus va o‘zbek adabiyoti mualliflarining asarlari asosida buktreylerlar tayyorlashni o‘rgandilar. Ular asar mazmuniga mos ssenariy tuzish, vizual obrazlar hamda musiqiy fonni to‘g‘ri tanlash orqali kitoblarni ijodiy tarzda taqdim etish ko‘nikmalarini shakllantirdilar.
Shu bilan birga, talabalar axborotni ijodiy yondashuvda taqdim qilish, kitobxon qiziqishini oshirishga qaratilgan vizual kontentlar yaratish bo‘yicha amaliy tajriba orttirdilar.
03/02/2026 - 17:49
Joriy yilning 3-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga OʻzDJTU bilan tuzilgan shartnoma asosida "Rus filologiya" fakulteti 3-bosqich talabalari o‘quv amaliyotiga keldilar.O'quv amaliyoti davomida AKM mutaxassislari talabalarga AKM faoliyati bilan tanishuv suhbati va o'quv zallar bo‘ylab ekskursiya o'tkazdilar.
AKMning umumiy faoliyati, hizmat ko'rsatish bo'limlari va kitobxon va foydalanuvchilar uchun qulayliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Amaliyot davomida talabalarga nafaqat AKM faoliyatining nazariy jihatlari, balki amaliy ko'nikmalari ham taqdim etildi.
Shuningdek talabalar AKM qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxonaga a'zo bo'ldilar.
03/02/2026 - 17:46
Joriy yilning 3-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman AKMda Oʻzbekiston Davlat san’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati” bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, hamda uning ish jarayonlarini o‘rgandilar."Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmat" bo‘limi mutaxassislari tomonidan talabalarga kutubxona fondidagi bosma nashrlarni skanerlash, ularni elektron shaklga o‘tkazish va elektron resurslardan samarali foydalanish jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.
03/02/2026 - 17:00
Joriy yilning 3-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “2026 yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” ga bag'ishlangan kitob koʻrgazmasining bibliografik sharhi tashkil etildi.Bibliografik sharhda mahalla hayoti, jamiyat taraqqiyoti, ma’naviyat va shaxs kamolotiga oid adabiyotlar haqida ma'lumot berildi.
30/01/2026 - 15:14
Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.O‘quv amaliyoti davomida talabalar axborot-kutubxona markazining "Nemis tili o‘quv zali" hamda "Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi" faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning ish faoliyatini o‘rgandilar.
Kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga AKMning umumiy faoliyati, uning vazifalari, mavjud o‘quv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida foydalanuvchilar va ilmiy jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.
30/01/2026 - 14:41
Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.Malaka oshirish o‘quv amaliyoti talabalarni AKM faoliyati bilan tanishtirishga qaratilgan suhbat tadbiri bilan boshlandi.
O‘quv amaliyoti davomida talabalar axborot-kutubxona markazida, xususan, “Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo‘limi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga AKMning umumiy faoliyati, uning vazifalari, o‘quv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida talabalar va ilmiy jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.
30/01/2026 - 14:41
Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga Oʻzbekiston Davlat San’at va Madaniyat Institutining “Kutubxona axborot faoliyati” fakulteti 4-bosqich talabalari malaka oshirish o‘quv amaliyoti doirasida tashrif buyurdilar.Malaka oshirish o‘quv amaliyoti talabalarni AKM faoliyati bilan tanishtirishga qaratilgan suhbat tadbiri bilan boshlandi.
O‘quv amaliyoti davomida talabalar axborot-kutubxona markazida, xususan, “Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo‘limi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Kutubxona mutaxassislari tomonidan talabalarga AKMning umumiy faoliyati, uning vazifalari, o‘quv va ilmiy resurslar, shuningdek, kutubxona tizimida talabalar va ilmiy jamoatchilik uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Amaliyot jarayonida talabalar kutubxona qoidalari bilan tanishib, axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.
30/01/2026 - 14:36
Joriy yilning 30-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov xotirasiga bagʻishlangan “Islom Karimov — mustaqilligimizning asoschisi va bunyodkori” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 88 yilligiga bagʻishlangan ushbu ko‘rgazmada Birinchi Prezidentimiz faoliyatini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyon etilgan bo‘lib, bunda ularning siyosiy nutqlari, uchrashuvlari hamda asarlarining chuqur tahlili o‘rin olgan.
Ushbu asarlar yoshlarda ma’naviy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
23/01/2026 - 14:52
Joriy yilning 23-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Xalqaro ta’lim kuni” munosabati bilan mazmunli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmada ta’lim va tarbiya, ilm-fan, ma’rifat hamda shaxs kamolotiga oid adabiyotlar namoyish etildi. Ushbu kitoblar orqali yoshlarni bilim olishga, mustaqil fikrlashga va kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsad qilingan.
Ushbu kitob ko‘rgazma “Xalqaro ta’lim kuni”ning ahamiyatini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKM da kutib qolamiz!
