18/10/2024 - 10:30
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazining nemis o`quv zalida 2024-yil 16-oktyabr kuni "15-oktyabr nemis faylasufi Fridrix Nitsshe tavalludining 180 yilligi (1844-1900)" munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Tadbirda faylasufning hayoti va ijodi, asarlari, falsafiy g`oyalari muhokama qilindi. Uning kitoblari ko`rgazmasi o`tkazildi, kitoblarga bibliografik sharh berildi.
17/10/2024 - 10:07
2024-yil 16-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida AKM mutaxassislari tomonidan "Lermontov siymosi abadiydir" nomli shoirning 210 yillik tug'ilgan kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
 
Tadbirda "Tabiiy va aniq fanlar"ga ixtisoslashgan S.H. Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litsey o`quvchilari va litseyning rus tili o`qituvchisi Nazirova Saodat Normatovna ishtirok etishdi. Tadbirda nafaqat Lermontov ijodi bo`yicha, balki rus adabiyotining yirik va mashhur namoyondalarining ijodi bo'yicha o'quvchilar o'rtasida she'rxonlik va viktorinalar bo'lib o'tdi. Shoirning asarlari muhokama qilindi. Rus adabiyoti va Lermontov asarlari bo'yicha tayyorlangan kitob ko'rgazmalariga bibliografik sharh berildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga kitob sovg'a qilindi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
09/10/2024 - 10:04
2024-yil 7-oktyabr kuni Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazida "Yilning eng yahshi axborot-kutubxona mutaxassisi-2024" ko`rik tanlovining ll hududiy bosqichi bo`lib o`tdi.

Tanlovda 11 nafar ishtirokchi qatnashishdi. Shu jumladan, Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Islomova Dilbar Djurayevna ham ishtirok etdilar va faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
09/10/2024 - 10:00
2024-yil 9-oktyabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Yangi kitoblar bilan tanishing" shiori ostida yangi kitoblar taqdimotini namoyish etishdi. Kitobxonlar o`rtasida qiziqarli kitoblar bo`yicha davra suhbati olib borildi va bibliografik sharh o`tkazildi.
03/10/2024 - 16:15
2024-yil 4-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Toshkent shahar "Bilim" axborot-kutubxona markazi tomonidan "Kutubxonada statistik hisobotlarni tog'ri yuritish" mavzusida sayyor seminar o'tkazildi. Unda Toshkent shahar Sergeli, Yashnobod, Yunusobod TAKM direktorlari va xizmat rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarda TAKM mutaxassislari tomonidan topshirilgan hisobotlar va hisobotlarning xato va kamchiliklari tahlili "Bilim" axborot-kutubxona markazi "Ilmiy-metodika" xizmat rahbari Muxayyo Inoyatova tomonidan batafsil va chuqur tushuntirib berildi. Tadbir so'nggida TAKM mutaxassislari o'rtasida savol-javob o'tkazildi.

 
03/10/2024 - 16:10
2024-yil 3-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlab  mavzusida tumanimizning 211-maktabida yuqori sinf o'quvchilari uchun sayyor tadbir o'tkazildi.

AKM mutaxassislari tomonidan kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga, tadbirda ilm olish borasida ustoz va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o'rni va ahamiyati, ushbu ulug' ayyomning mohiyati haqida so'z olib borildi.
Yoshlarga tog'ri yo'l ko'rsatib, ularni shijoatli, tashabbuskor, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalashda o'qituvchi va ustozlarning hissasi naqadar ulkan ekanligi ta'kidlab o`tildi.

 
25/09/2024 - 16:04
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 2024-yil 2-oktyabr kuni "Yangi O'zbekiston kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida tumanimizda joylashgan 18-maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sayyor tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida bolalarga kitob o'qishning foydalari haqida so'zlab berildi, qiziqarli viktorinalar va kitob sharhlari o'tkazildi. O'z o'rnida bolalar ham tadbirda faol ishtirok etib, savollarga javob berishdi va yangi kitoblar bilan tanishishdi.

20/09/2024 - 15:36
2024-yil 19-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "Inson huquqlari davlat himoyasida" nomli kitob ko'rgazmasi yangi adabiyotlar bilan yangilandi va bibliografik sharh o'tkazildi. Kitob ko'rgazmasida O`zbekiston Respublikasi davlat qonunchiligiga doir kitoblar joy olgan.
19/09/2024 - 12:55
2024-yil 18-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi kitob fondi yangi kitob to'plamlari bilan boyitildi. Ko`rgazmada kitobhonlar uchun yangi kitoblarning bibliografik tahlili o`tkazildi. Ushbu kitoblar bilan tanishishni istasangiz, kutubxonamizga tashrif buyuring va ulardan bahramand bo`ling.
18/09/2024 - 12:51
2024 yil 17-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida kitob ko'rgamasi bo'lib o'tdi. Kitoblarga bibliografik sharh berildi. Onalar va bolalar yangi adabiyotlar bilan tanishdilar.

Pages

Subscribe to Новости