25/07/2024 - 10:37
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. AKM mutaxassislari “Oilaviy kitobxonlik avlodlarni birlashtiradi” doirasida kitobxonlar uchun kitoblarning bibliografik sharhini o‘tkazdilar. Ko‘rgazmada barcha yoshdagi kitobxonlar uchun, O‘zbekistonda inson huquqlari haqidagi kitoblar taqdim etildi. 23/07/2024 - 15:50
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (tuman) axborot-kutubxona markazlari direktorlarining 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar davom etmoqda.23-iyul kuni Toshkent shahar, Namangan, Xorazm va Buxoro viloyatlari axborok - kutubxona markazlarining hisobotlari tinglanish jarayonida yutuqli jihatlar e'tiborga olinib, xato va kamchiliklar tushuntirilmoqda.
22/07/2024 - 17:14
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (tuman) axborot-kutubxona markazlari direktorlarining 2024-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar davom etmoqda.
Hisobotlar tinglanish jarayonida yutuqli jihatlar e'tiborga olinib, xato va kamchiliklar tushuntirilmoqda.
19/07/2024 - 15:28
2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida, Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yozgi ta'tildagi mutolaa” nomli ko'chma kutubxona tashkil etildi. Ko'chma kutubxona tashrif buyurgan ota-onalar, o'qituvchilar va bolajonlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ko'chma kutubxona uchun kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada maktab o'quv dasturi va boshqa qiziqarli adabiyotlar taqdim etildi.
17/07/2024 - 15:23
2024-yil 17-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Rossiya hamkorlik tashkiloti” bilan hamkorlikda “F.I.Tyutchev: klassik asarlari” nomli adabiy viktorina tadbiri bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari “Go'zallik uyg'unligi she'riyati” kitob ko'rgazmasini tayyorladilar, unda ajoyib shoir F.I.Tyutchevning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar taqdim etildi. Tadbir davomida shoirning tarjimai holiga bag‘ishlangan film namoyish etildi.Adabiy viktorina tadbirida kitobxon bolalar va ota-onalari "Rossiya hamkorlik tashkiloti" mutaxassislari tomonidan o'tkazilgan adabiy o'yinda faol ishtirok etishdi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
15/07/2024 - 14:20
Toshkent shahar tuman axborot-kutubxona markazlarining 2024-yil I-yarim yillik yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. 12/07/2024 - 14:06
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Oila kitobxonligi avlodlarni birlashtiradi” loyihasi doirasida “Yozgi o‘qishlar: “Bolalik yo‘llari bo‘ylab kitob bilan”” tadbiri bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari yosh kitobxonlarning ota-onalari uchun “Oilada ayollarning o‘rni” mavzusida suhbat o‘tkazdilar, xususan, bolani yoshligidan kitobxonlikka jalb qilishda onaning o'rni va e'tibori haqida.Tadbir davomida bolalar uchun “Kitob qahramonini top” viktorinasi o‘tkazildi.
05/07/2024 - 14:00
Joriy yilning 5 iyul kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi Nemis oʻquv zalida, nemis yozuvchisi va dramaturgi Lion Feyxtvangerning 140 yilligiga bagʻishlangan “Lion Feuchtvanger – deutscher Schriftsteller und Dramatiker (1884 – 1958)” nomli kitob koʻrgazmasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ko'rgazmada adibning mashhur asarlari va adib haqidagi qiziqarli ma'lumotlar joy olgan. AKM mutaxassislari atoqli adib hayoti va ijodiga bibliografik sharh o‘tkazdilar.
03/07/2024 - 12:44
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida axborot-bibliografik xizmati tomonidan tashkil etilgan “2-iyul – O‘zbekiston Gerbi qabul qilingan kun” nomli kitoblar ko‘rgazmasi kitoblarining bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazmada O`zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning kitoblari, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Gerbi haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
26/06/2024 - 12:41
2024-yil 26-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Oila kitobi avlodlarni birlashtiradi” loyihasi doirasida “Inson huquqlari davlat himoyasida” nomli kitob körgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o‘tkazildi.Bolalar va ularning ota-onalari ko‘rgazmada taqdim etilgan inson huquqlariga oid “O‘zbekiston Konstitutsiyasi”, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya va boshqa kitoblar bilan tanishishdi.
