Ijod va ilhom kechasi: Muqaddas Abdusamatova bilan dildan suhbat

2025-yil 25-iyun kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida "Ijod va ilhom kechasi: Muqaddas Abdusamatova bilan dildan suhbat" nomli adabiy kecha yuksak maʼnaviy ruhda boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Doʻstlik ordeni sohibasi, taniqli shoira Muqaddas Salixovna Abdusamatova  oʻzining hayoti, ijodi, ilhom manbalari va ijodiy izlanishlari haqida samimiy soʻzlab berdi.

Adabiy kechada mahalla faollari, jumladan, Nuroniylar kengashi raisi Zulfiya Rasuliy hamda kengash a’zosi Xusan Valijonov faol ishtirok etib, yosh avlodni maʼnaviyat va adabiyotga oshno etish borasida oʻz fikrlarini bildirdilar.

Ushbu adabiy kecha nafaqat adabiyot ixlosmandlari uchun, balki keng jamoatchilik uchun ham ibratli va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarni milliy qadriyatlar, adabiyot va sanʼatga mehr bilan qarashga chorlaydi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр