24/04/2024 - 15:23
Toshkent shahar Bilim axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi, shoir, Navoiyshunos olim, tilshunos Bahodir Qobulning "Salom Turkiston" va "Ota chiroq" kitoblarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassisi ishtirok etdi.
22/04/2024 - 15:21
“IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida, 2024-yil 22-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-sonli maktabda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan "Kitob olamiga sayohat" nomli kitob haftaligining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
AKM mutaxassislari tomonidan kitob mutolaasining ahamiyati haqida so'z yuritildi, "O'qish zarar emas - o'qimaslik zarar" nomli taqdimoti hamda "Kitobdan yaxshi do'st yo'q" nomli kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. Maktabning 1"B"-sinf o'quvchilari adabiy intellektual viktorinada faol ishtirok etdilar va sovg'alar bilan taqdirlandilar. Tadbir yakunida bolalar "O'qishni bilish qanday yaxshi" shiori ostida she'rlar va o'z chiqishlarini namoyish etdilar.
20/04/2024 - 15:19
2024-yil 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: kitobxon ona - kitobxon bola” dasturi doirasida “Kitobxon ona, kitobxon bola” kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada oilaviy o'qish uchun kitoblar: ertaklar, sarguzashtlar, bolalar uchun o‘quv adabiyotlari hamda bolalar va ularning ota-onalari uchun foydali bo'lgan adabiyotlar namoyish etildi. Taqdimotning maqsadi - oilaviy kitobxonlikni yanada kuchaytirish va kitobxonlikka jalb etish.
20/04/2024 - 12:49
Китобсевар миллат шиори остидаги IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» бошланади
Жорий йил 22-26 апрель кунлари Ахборот ва оммавий коммуникациялари агентлиги ташаббуси билан Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ҳамда Тошкент шаҳрида анъанавий IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» бўлиб ўтади.
Ҳафталик доирасида республика миқёсидаги нашриётлар томонидан чоп этилган янги маҳаллий ва хорижий китоблар тақдимоти, китобсеварлар учун турли маҳорат дарслари, мутолаа тадбирлари, ёзувчи ва адиблар билан учрашувлар, давра суҳбатлари ва бошқа қатор маънавий-маърифий, маданий дастурлар ўрин олган.
Барча китобсеварларни зиё ҳафталигига, мутолаага таклиф қиламиз!
19/04/2024 - 12:47
Korrupsiya – nihoyatda ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyotga putur yetadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, xalqning davlat boshqaruvi hokimiyati organlariga ishonchi yo‘qoladi, uyushgan jinoyatchilik kuchayadi, jamiyatda ma’naviyat izdan chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim zamonlardan boshlab unga qarshi kurashib keldi.
2024-yil 19-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida mutaxassislar uchun “Xuquqiy bilimlar kuni” da Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga bag'ishlab "Korrupsiyaga yo'l yo'q" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi va tadbir davomida kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
18/04/2024 - 12:45
2024-yil 17-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Hamid G'ulom tavalludining 115 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Nemis tili filologiyasi" fakulteti talabalari ishtirok etdilar.
AKM mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini yozuvchi hayoti va ijodi bilan tanishtiridilar. Tadbir davomida yozuvchi yaratgan asarlari asosida tayyorlangan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhini o‘tkazdilar.
17/04/2024 - 12:42
Joriy yilning 16-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tumanida kitobxonlikni yanada tarĝibot qilish maqsadida Respublika miqyosida bòlib òtayotgan "Eng yaxshi kitobxon" ko'rik tanlovining tuman bosqichi bòlib òtdi. Kòrik tanlovga 248-maktab mezbonlik qildi. Kòrik-tanlovda iqtidorli va kitobsevar òquvchilar 3 ta shart bo'yicha bellashdilar.
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari kòrik-tanlovga hakamlik qildilar va òquvchilarning bilimlarini baholadilar. Birinchi òrinni egallagan ĝolib ya'ni, eng yaxshi kitobxon o'quvchi Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi va esdalik sovĝalari topshirildi.
13/04/2024 - 12:37
1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin “Vostok” kosmik kemasida dunyoda birinchi boʻlib Yer orbitasi boʻylab parvozni amalga oshirgan. 108 minut davom etgan parvoz insoniyatning kosmosni oʻrganish tarixida yangi davrni boshlab bergan. Shundan beri har yili 12-aprel Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni deb belgilangan va keng miqyosda nishonlanib kelinmoqda.
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 12-aprel Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuniga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
09/04/2024 - 12:35
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi “Xon Atlas” festivali doirasida joriy yilning 9-aprel kuni “Milliy qadriyatlar tarannumi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etidi.
AKM mutaxassislari kitob ko'rgazmasiga bibliografik sharhini o‘tkazdilar. Xon atlasning kelib chiqish tarixi va shakllanish bosqichlari, shuningdek, ushbu milliy matoni ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni haqidagi qiziqarli ma’lumotlar berdilar.
09/04/2024 - 12:32
Sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Kesh yaqinidagi Xòja Ilğor qishloğida tuğilgan.Sohibqiron Amir Temur qurgan buyuk imperiya jahon tarixida ulkan iz qoldirgani bilan alohida ahamiyatga ega. Milliy davlatchiligimiz rivojiga bemisl hissa qo'shgan ulug' ajdodimiz davlat qurish, uni ma'lum tartib-qoidalar asosida boshqarish borasida ko'plab islohotlarni amalga oshirgan, yangiliklarni joriy qilgan.
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan "Buyuk sarkarda" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi.
