13/03/2024 - 12:04

Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida 12 mart kuni abxaz millatiga mansub, rus adabiyotining dunyoga mashhur namoyandasi, shoir va jurnalist Fozil Iskandar tavalludining 95 yilligi o'tkazildi. Adabiy tadbirda shoir haqida qiziqarli ma'lumotlar jamlangan taqdimot namoyish etildi.

Tadbirda O'zDJTUning "Rus tili filologiyasi" fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
11/03/2024 - 12:00

Joriy yilnining 9-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-maktabda o'tkazilgan "Bahor malikasi - 2024" tanlovida hay'at a'zosi sifatida ishtirok etdilar. Tadbirda yuqori sinf o'quvchi qizlari o'z bilim va mahoratlarini, 4 ta shart  bo'yicha bellashdilar.
Tadbirda kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim o'rni haqida qiziqarli ma'lumotlar bilan ko'rsatib berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
07/03/2024 - 11:57
Joriy yilning 7-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-maktabda "Ayol borki, olam munavvar!" nomli bayram dasturida ishtirok etdilar.
Dastur davomida o'quvchilar "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni"ga atab o'zlari chizgan rasmlar ko'rgazmasini taqdim etdilar.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari o'zlari tayyorlagan kitob ko'rgazmasi bilan tanishtirdilar. Bayram dasturi qiziqarli bo'lib o'tdi.
07/03/2024 - 11:54

Joriy yilning 7 mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, 211-maktabda "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan ko'chma kutubxona tashkil etdilar. AKM mutaxassislari o'quvchilarga axborot-kutubxona fondida mavjud bo'lgan ayollar, oila va mavzuga doir qiziqarli kitoblar taqdimotini o'tkazdilar.
Tadbir qiziqarli va sermazmun bo'lib o'tdi.
04/03/2024 - 11:53

Dunyoda mukofotu unvonlarning turi ko'p. Ammo butun boshli mustaqil mamlakatning, ozod xalqning qahramoni degan nomga sazovor bo'lish buyuk sharaf. Ozod Sharafiddinov adabiyotshunos - tanqidchilar, umuman, olim-ziyolilar orasida birinchi bo'lib Respublikamizning eng oliy mukofoti - O'zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandi.
 
Joriy yilning 1-martida  Mirzo  Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida adabiy tanqidchi, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov tavalludiga  bag'ishlangan "Ona tilimizning - ulkan jonkuyari"nomli  kitob ko'rgazmasi  tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoirning asarlari, ocherklari, tarjima kitoblari   hamda shoir haqida yozilgan asarlar o'rin olgan.
04/03/2024 - 11:50
Joriy yilning 29-fevralida Mirzo  Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida bahor kuychisi mangulik osmonidagi yulduz Zulfiyaxonim tavalludiga  bag'ishlangan "Bahor keldi seni so'roqlab"nomli  kitob ko'rgazmasi  tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada shoiraning she'rlari, she'riy to'plamlari  hamda shoira haqida yozilgan asarlar o'rin olgan.
01/03/2024 - 11:47
2024 yil 1-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug'bek tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda "Kitobxonlik kuni" tadbiri loyihasi asosida, O'zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligi munosabati bilan, ma'maviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Tadbirda AKM mutaxassislari Zulfiyaxonim ijodiga bag'ishlangan taqdimot bilan tanishtirdilar. Tadbirda O'zDJTU talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
27/02/2024 - 11:44
2024-yil 27-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bolinmasi bilan birgalikda “Kitob mening dostim” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda “Kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim o'rni” haqidagi taqdimot bo'lib o'tdi. Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi F.M. Hurramov  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining kitob va kitob mutolaasiga qaratayotgan e'tibori va farmoyishlari haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kitob mening do'stim” mavzusidagi kitob ko`rgazmasi bilan tanishdilar.
27/02/2024 - 11:41
2024-yil 26-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zMU 2-kurs talabalari uchun “Axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilari bilan ishlashning innovatsion shakllari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.



Seminarda AKM mutaxassislari kitobxonlar bilan ommaviy ish olib borishda eng ko‘p qo‘llaniladigan buktreyler, buktyuber va taqdimotlar haqida so‘zlab berishdi. Seminar yakunida talabalar kutubxona faoliyati bilan tanishdilar.
23/02/2024 - 00:00

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida 20 fevral kuni “Avlodlarga yetgan hikmat saboqlari” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sanat arbobi, Alisher Navoiy nomidagi teatr postanovkachi-rejissyori Andrey Slonim, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi – Oleg Bordovskiy, Lyudmila Polonskaya, 211, 250-sonli maktab o‘quvchilari va “Danko” klubi faollari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad: yosh avlodga doimo o‘z kuchi va aqliga tayanish, haqiqatni gapirish, nodon bo‘lmaslik, o'z kelajagi haqida o‘ylash zarurligini yetkazishdan iborat boldi. 
Tadbir yakunida faol ishtirokchi va oquvchilarga tashakkurnoma va faxriy yorliqlar topshirildi.

Pages

Subscribe to Новости