01/01/2023 - 12:31
Aziz yurtdoshlar Yangi 2023 yil barchamizga muborak bo'lsin!
Yangi yilda barchangizning xonadoningizga baraka, mustahkam sog'lik, ishlaringizga ulkan omadlar tilaymiz!
Yangi 2023 yil barchamizga qutlug' yil bo'lsin!
22/12/2022 - 16:40
22.12.2022 В Информационно-библиотечном центре Мирзо Улугбекского района состоялось мероприятие - литературно-информационный час "Новогоднее путешествие в мир книг" для учащихся 3-4 классов школы №211. Специалисты ИБЦ провели библиографический обзор книг с книжной выставки, на которой были представлены рассказы и сказки о зиме, новогодние приключения известных писателей.
В ходе мероприятия ребята познакомились с презентацией "Новогодние традиции и обычаи разных стран", активно участвовали викторинах "Угадай героя книг", "Новогодние загадки".
В заключении все дети получили призы.
17/12/2022 - 18:14
17.12.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish doirasida "Kitobxon ona - kitobxon bola" kitob ko'rgazmasidagi kitoblarning bibliografik sharhini o'tkazdilar.Ko'rgazmada quyidagi kitoblar namoyish etildi: oilaviy entsiklopediya , "Yashasin go'zal avlod", O`tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatov kabi taniqli mualliflarning asarlari, hamda bolalar uchun ertak va hikoyalar.
16/12/2022 - 14:45
16.12.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2-sinf o'quvchilari uchun 211-sonli maktabda "Kitobdan yaxshiroq dost yoq" nomli adabiy soat tadbirini o'tkazdilar. Tadbirda oquvchilar o'qishning afzalliklari to'g'risida suhbatda faol qatnashdilar va AKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan kitob ko'rgazmasidagi mustaqil o'qish uchun kitoblarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar va darsdan tashqari oqishlari uchun kitoblarni tanlab oldilar.
15/12/2022 - 17:57
15.12.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi "Kitobxon onalar kuni" dasturi doirasida "Asaka" mahallasi aholisi uchun "Kitobxon ona - kitobxon bola" kitob ko'rgazmasini taqdim etdilar.TAKM mutaxassislari kitoblarning bibliografik sharhini o'tkazdilar. Kitobsevar onaning jamiyatda ijobiy imidjini shakllantirish va bolaning o'qishga bo'lgan huquqini ta'minlash, hamda onalarning o'qish an'analarini tiklashga va bolaning kitob o'qishi uning rivojlanishini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam berishini ta'kidladilar.
Tadbirning maqsadi - oilaviy kitobxonlikni rivojlantirish, bolalarni o'qishga jalb qilish.
09/12/2022 - 16:45
09.12.2022 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma'rifat soatida Mirzo Ulug'bek tuman AKM xodimlari faol ishtirok etdilar. 09.12.2022-Siyosiy-ma'rifat soatida (https://www.youtube.com/watch?v=mVB6vo9N5TE)hafta davomida kiritilgan yangi qaror va qonunlar, bajarilishi kerak bo'lgan dolzarb muammolar haqida yaqindan tanishtirildi.
08/12/2022 - 11:45
8 dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun!
Konstitutsiyamizning 30 yilligi muborak bo'lsin, barchaga farovonlik, omad, sog'lik va ajoyib kayfiyat xamroh bo'lsin.
06/12/2022 - 16:54
6.12.2022 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati” nomli davra suhbati va kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi.AKM mutaxassislari o‘z suhbatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligining yorqin timsoli, inson huquq va erkinliklari, jamiyatda tinchlik va totuvlikni
ta’minlash poydevori ekanligi haqida gapiib berdilar.
Tadbir davomida kutubxona kitobxonlari “8-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” nomli kitob ko‘rgazmasida namoyish etilgan Konstitutsiyaga oid kitoblar to‘plami bilan tanishdilar.
05/12/2022 - 15:40
5.12.2022 211-sonli maktabda kitobxonlikni targ‘ib qilish doirasida 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi adabiy juftlik” tanlovi o‘tkazildi.O'quvchilar tomonidan sovg‘alar topshirildi.
Ishtirokchilar va tomoshabinlar bir soat davomida san’at-teatr olamiga sho‘ng‘igan havasmand yosh aktyorlar ijrosidan bahramand bo‘lishdi.
Tanlovni o‘tkazish va tashkil etishda Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi ishtirok etdi.
03/12/2022 - 16:48
3.12.2022 211-sonli o'rta maktab o'quvchilari, maktabning mas`ul xodimlari va Mirzo Ulug'bek tumani axborot kutubxona markazi mutaxassislari bilan birgalikda Butunjahon nogironlar kuniga bag'ishlangan "Bolalardan bolalarga" aksiyasi doirasida 101- maxsus internat maktabga tashrif buyurishdi.Tadbirning maqsadi bolalarda yaxshilik, mehr-oqibat, yaxshi ishlar va ularning har bir inson hayotidagi o'rni to'g'risida tasavvurni shakllantirishdir.
"Sabrli va mehribon bo'lishga shoshiling" shiori ostida adabiy va musiqiy kompozitsiya o'tkazildi.
Tadbir yakunida maktab-internat bolalariga sovg'alar topshirildi.
