“O'zbekistonda qatag'on qurbonlari xotirasi e'zozlanadi” nomli davra suhbat

Yaqinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatagon qurboni bo'lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o'rganish, xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to'grisida”gi qarori e'lon qilindi. Shu mavzuga doir 5-sentyabr kuni Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazida “O'zbekistonda qatag'on qurbonlari xotirasi e'zozlanadi” nomli davra suhbati va kitoblar sharhi bo'lib o'tdi. Unda siyosiy qatag'on qurbonlari, shu jumladan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho'lpon, Usmon Nosir, Ishoqjon Ibrat va boshqalarning hayoti, faoliyatini kegnroq o'rganish, hotirasini abadiylashtirish bo'yicha xujjat materiallar bilan tanishishga imkon yaratildi. Qatag'on qurbonlari o'z faoliyatlari davomida adolatni tiklash, barcha sohalarda adolatli siyosat yuritish ijtimoiy ongning sifat darajasiga katta ta'sir ko'rsatishga intilishgani takidlab o'tildi. Bu esa o'z navbatida mamlakatimizda erkin demokratik taraqqiyotning yo'nalishlarini yangicha bosqichga ko'tarilishiga o'lkan hissa qo'shganligining aniq namoyondasidir.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр