"O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz"

2024-yil 3-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlab  mavzusida tumanimizning 211-maktabida yuqori sinf o'quvchilari uchun sayyor tadbir o'tkazildi.

AKM mutaxassislari tomonidan kitob ko'rgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga, tadbirda ilm olish borasida ustoz va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o'rni va ahamiyati, ushbu ulug' ayyomning mohiyati haqida so'z olib borildi.

Yoshlarga tog'ri yo'l ko'rsatib, ularni shijoatli, tashabbuskor, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalashda o'qituvchi va ustozlarning hissasi naqadar ulkan ekanligi ta'kidlab o`tildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр