03/08/2022 - 14:30
 
  Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘inida “O‘zbek adabiyotining buyuk va
sonmas marifatparvarlari” nomli yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
  TAKM mutaxassislari kutubxonaga kelgan yangi kitoblar, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqa
o‘zbek mumtoz adabiyotining mashhur siymolari haqida so‘zlab berdilar.
  Taqdimot yakunida “Asaka” mahalla fuqarolar yig‘ini va Mirzo Ulug‘bek tumani AKM bilan birgalikda rejalar bo‘yicha
kelgusidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.


 
01/08/2022 - 14:13

‼️DIQQAT‼️ TANLOV‼️
O'zbekiston Respublikasi  mustaqilligining 31yillik bayrami munosabati bilan
“MENING JONAJON YURTIM – O’ZBEKISTON!” mavzusida she'rlar tanloviga START berildi.
 
‼️Video-roliklar  30.08.2022 yilgacha qabul qilinadi
Telegram  kanalimiz  chatiga video-roliklaringizni  yuboringmirzo_ulugbek_takm_event 
To'liq ismingizni, o'qish joyingizni (sinf / guruh) yoki ish joyingizni ko'rsatishni unutmang.
Barcha videoroliklar bizning  mirzo_ulugbek_takm_event    telegram kanalida joylashtiriladi.
Eng yaxshi videolar bizning  ijtimoiy tarmoqlarimizda ham joylashtiriladi:
Telegram: mirzo_ulugbek_takm_event   Instagram:  mirzo_ulugbek_takmFacebook:  MirzoUlugbekTAKM 
23/05/2022 - 17:55

23.05.22 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi “Traktorsozlar” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan birgalikda 211-sonli maktabda o‘tkazilgan 5 ta tashabbus festivalida ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad: yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, o‘z ona yurtining milliy qadriyatlari va an’analari bilan tanishtirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish.
“Traktorsozlar” mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari milliy urf-odat va an’analarimiz haqida so‘z yuritdilar, tadbir davomida badiiy milliy kashtachilik to'garak a'zolari  mahorat darslarini namoyish etdilar.
AKM mutaxassislari tomonidan  “Mening sevimli kitobim” kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.
Bayram tadbir ishtirokchilari ijrosidagi xalq qo‘shiqlari va raqslari bilan yakunlandi.

 
23/05/2022 - 14:31

23.05.22 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Asaka mahallasida davra suhbati o'tkazdilar, davra suhbatida  "Kutubxona - mahalla" doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
AKM mutaxassislari aholiga xizmat ko'rsatish, fondni qayta ishlash va joylashtirish masalalari bo'yicha o`zlarining maslahatlarini berdilar.
 Suhbat davomida AKM fondidagi  yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi.
19/05/2022 - 16:40

19.05.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazida O'zbekiston taniqli yozuvchisi  Raim Farhodiy tavalludining 80 yilligiga bag'ishlangan "Shoir va hikoyanafis Raim Farhodiy" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Toshkent shahridagi 211-maktab va Qibray tumanidagi 16-maktabning 3-4 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.
AKM mutaxassislari ozlari tayyorlagan taqdimot orqali yozuvchi va shoirning hayoti va ijodi haqida tadbir qatnashchilarini yaqindan tanishtirdilar, "Shoir va hikoyanavis Raim Farhodiy" nomli kitob ko'rgazmasini taqdim etdilar.
Oquvchilar shoir qalamiga mansub  she'rlarini yoddan aytib berdilar.
Tadbir so'ngida faol ishtirokchilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar va kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.
18/05/2022 - 17:47

18.05.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan "Fan va ta'lim" loyihasi doirasida "Yosh kitobsevar"  klubi a'zolari bilan Politexnika muzeyiga tashrif buyurishdi.
Keyin Amir Temur muzeyiga tashrif buyurib, O'zbekiston tarixi bilan tanishdilar.
Toshkent shahar markaziga qiziqarli sayohat qilib, me'moriy obidalarni ko'zdan kechirdi.
16/05/2022 - 16:27

16.05.22 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazida har yili o'tkaziladigan 15 may Xalqaro oila kuniga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.
Xalqaro oila kunini o'tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati e'tiborini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog'liq muammolarga qaratishdan iborat.
AKM mutaxassislari "Oila bebaho ne'mat" nomli kitob ko'rgazmasini tayyorladilar va kutubxona kitobxonlari uchun bibliografik sharh o'tkazdilar. Bizning davlatimizda oilaning o'rni katta ahamiyatga ega. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning "Oila - bu kichik Vatan, agar oila tinch, baxtli bo'lsa, Vatan tinch bo'ladi" degan so'zlari mazkur ko'rgazmaga epigraf bo'lib xizmat qildi."
Ko‘rgazmada O‘zbekistonning taniqli yozuvchilari O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, N.Jabborovning “Ma’rifat nadir”, Tohir Malikning “Odamiylik mulki”, shuningdek, “Oila psixologiyasi” va boshqa kitoblari namoyish etildi.
29/04/2022 - 14:49

28.04.2022 yil taniqli yozuvchi, shoir Muhammad Yusufga bag'ishlangan ko'chma tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda  4-5 sinf o'quvchilari ishtirok etdilar.
AKM mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirdilar.
Tadbir davomida uning  asarlari ko'rgazmasi namoyish etildi.
Tadbirda o`quvchilar tomonidan Muhammad Yusufning she'rlari o'qildi, Mirzo Ulug'bek tumani AKM tomonidan maktab kutubxonasi fondi uchun  Muhammad Yusufning ikkita kitobi sovg'a qilindi.
.
22/04/2022 - 15:14
21.04.2022 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitoblar olamiga sayohat” nomli adabiy kecha bo'lib o'tdi.
 Tadbirda 211-maktabning boshlangich sinf oquvchilari, 18-maktbning yuqori sinf oquvchilari ozlarining tayyorlab kelgan sherlari va badiiy sahna korinishlari bilan qatnashdilar.
Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tayyorlagan “Kitob va kitob mutolaasining inson hayotidagi muhim orni”taqdimoti namoyish etildi. 
Tadbir yakunida ishtirokchilar “Kitobxonlik haftaligi”da faol ishtirok etganliklari uchun faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. 
So‘ngra Toshkent shahar“Bilim” axborot-kutubxona markazidan tashrif buyurgan mehmon- mutaxassislar so‘zga chiqib, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etishda mazkur tadbirning katta ahamiyatga ega ekanligini va tadbir yuqori saviyada otganligini ta’kidlab o`tdilar.
22/04/2022 - 15:09

21.04.2022 “Kitobsevar millat” shiori ostida  II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida yozuvchi Mastura Isxakovaning "XX asr O'zbekiston tarixida nom qoldirganlar" nomli yangi kitobi taqdimoti bolib otdi. 
Tadbirda Rossiyaning O'zbekistondagi hamkorlik tashkiloti vakili I.V. Kepanova, L.Sh. Alimova, “Mongalichiy dvorik” sheriyat klubi azolari, “Oqibat” va “Lashkarbegi” MFY azolari ishtirik etdilar. 
Tadbir davomida yozuvchi oz turmush ortogi, taniqli kino rejissyor, senarist, dramaturg yozuvchi Jasur Isxakov haqidagi oz xotiralari bilan ortoqlashdi. 
XX asr O'zbekiston tarixida nom qoldirganlar" kitobiga bag'ishlab tayyorlangan film namoyishi ishtirokchilarga taqdim etildi. 
Tadbir qiziqarli va sermazmun otdi

Pages

Subscribe to Новости