o‘z
RU
DE
“Аmaliy san’at“ ko‘rgazma
Ijtimoiy loyiha doirasida Moskvadagi "Crocus City Hall"dagi voqealardan jabr ko‘rgan rossiyalik oilalarning 100 nafar farzandi O‘zbekistonga keldi. Ular O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining “Anor” oromgohiga joylashtirildi.
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Аmaliy san’at“ ko‘rgazmasi tashkil etilib, bolalarni O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirdi, milliy an’analar haqida suhbatlashdi.
"Matoga rasm chizish" mahorat darsi o'tkazildi. Bolalar futbolka va sumkalarga akril bo‘yoqlar yordamida milliy o‘zbek naqshlarini qo‘llashdi va naqshlarning tarixi va ma’nosini o‘rgandilar. Sevimli ertak qahramonlari - haykalchalarni chizish bo'yicha mahorat darsi ham o'tkazildi.
Bolalar ijodiy jarayonga ishtiyoq bilan kirishdilar, bu ularga ko'plab ijobiy his-tuyg'ular va yangi bilimlarni olib keldi. Mahorat darslari ishtirokchilari o‘zlarining ijodiy ishlarini iliq ijodiy uchrashuvimiz esdalik sifatida saqlab qolishdi.