“Giyohvandlik – umr zavoli”

Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida   “Giyohvandlik – umr zavoli” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi.

BMT Bosh Assambleyasining 1987 yil 7 dekabrda qabul qilgan rezolyutsiyasiga binoan har yili 26 iyun Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni  sifatida nishonlanadi. Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘likdir. Uni asrash esa har birimizga omonat qilib berilgan.

Islom dinida ham inson joni, aqli va sihat-salomatligini saqlash, muhofaza etish eng muhim maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Ushbu ko‘gazmadan o‘rin olgan adabiyotlarda  giyohvandlikning oqibatlari, ularga qarshi kurash, giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, sog‘ligiga  xavf-xatar solish bilan bir qatorda inson kelajagiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar berilgan.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр