22/10/2020 - 09:55
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu - uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir nillat sifatida biriktiradi, ya`ni xalqni - xalq, millatni - millat qiladi.
Mirzo Ulug`bek tumani Axborot-kutubxona markazi hammasi O`zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi.
20/10/2020 - 12:17
2020 yil 17 oktyabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazida "Ommaviy diktant" bo`lib o`tdi, bu tadbir 17-marotaba o`tkazilayotgan bo`lib, bu yil dunyoning 70dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. "Ommaviy diktant" - 2004 yilda Novosibirsk Davlat universitetida tashkil etilgan bo`lib, faol va g`amxo`r odamlar, shuningdek, sheriklikda amalga oshiriladigan jamoat loyihasi.
Ushbu loyihaning O`zbekistondagi sheriklari: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o`zbek tili va adabiyot universiteti, Rossiya hamkorlik tashkilotining O`zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti va O`zbekiston Rus madaniyat markazi.
Loyiha ma`muri - Mirzo Ulug`bek tuman AKM xodimi - Jestovskix Galina Anatolyevna, notiq - 211-sonli maktabning rus tili va adabiyoti o`qituvchisi Kim Yelizaveta Davydovna bo`ldi. Loyihada talabalar, maktab o`quvchilari va Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi fuqarolar qatnashdilar. 
  
12/10/2020 - 13:49
Tezkor yangilik!!!
Mirzo Ulug`bek tumani Axborot-kutubxona markazi "Tilga e`tibor - elga e`tibor" mavzusida k`orik-tanlov e`lon qiladi.
Ko`rik-tanlov Davlat tili kuniga bag`ishlanadi.
Barchani ushbu ko`rik-tanlovga taklif qilamiz.
Ko`rik-tanlov shartiga muvofiq bajarilgan ishlar 2020 yil 20 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Ko`rik-tanlovda 17 yoshgacha bo`lgan o`g`il-qizlar qatnashishlari mumkin.
G`oliblar quyidagi nominatsiya bo`yicha aniqlanadi:
1) O`zbekiston yozuvchi va shoirlarini Vatan va Davlat tili haqidagi she`riy asarlarini badiiy o`qish.
2) Vatan va Davlat tiliga bag`ishlangan qo`shiqlarni ijro etish (o`zbek va boshqa tillarda).
3) Til mavzusida maqolalar, maqollar va iboralar bilan prezentatsiya va videoroliklar tayyorlash.
Barcha shartlarni Telegram-kanallimizga yuborishingiz mumkin.
Telefonlar: +998(90) 972-52-24 - Jestovskix G.A.
                 +998(93) 5790-01-15 - Sadykov R.V.
02/10/2020 - 12:27
Qadrli ustoz va murabbiylar! Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etamiz. Sizlarga bu mashaqqatli kasbda doim omad sizni hamrohingiz bo`lishiga tilakdoshimiz!
28/12/2016 - 00:29
 
" O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 80 yoshda (1936) "



27/12/2016 - 23:55
 
« O'zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik 70 yoshda (1946) »



06/12/2016 - 23:45
 
“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – xayotimizning asosiy qonuni”

 


02/05/2016 - 23:42
 
"Shoir, yozuvchi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsin Mirsaidov (1921-2005) tavalludining 95 yilligiga"



01/04/2016 - 23:50
 
“1 aprel - halqaro kulgi kuni”



Pages

Subscribe to Новости