24/11/2022 - 16:05

24.11.22 y. Rus madaniyat markazi "Kitobxon ona - kitobxon bola" doirasida 5 yoshdan 15 yoshgacha "Pushkin asarlarini o'qib" nomli eng yaxshi kitobxon tanlovini o'tkazdi.
Tanlov  Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi, Toshkent shahridagi Rus madaniyat markazi, “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘ini hamkorligida bolib otdi.
Tanlovda buyuk rus yozuvchisi A.S.Pushkinning eng sara asarlari o‘qildi.
24/11/2022 - 13:45

24.11.2022 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida O‘zJTUning 2-kurs talabalari bilan“OITS – insoniyatga tahdid” mavzuida tadbir – davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
TAKM mutaxassislari sog'lom turmush tarzi bo'yicha profilaktik suhbat o'tkazdilar, ularni OITS haqida inson hayoti uchun haqiqiy tahdid sifatida tasavvur qilishga yordam beradigan kitoblar bilan tanishtirdilar, shuningdek, asosiy profilaktika choralari bilan tanishtirdilar. 
Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "Giyohvandlik va OITS - umr zavoli" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
22/11/2022 - 15:25

Mirzo Ulugbek tumani axborot-kutubxona markazi direktori T. S. Alimxodjayeva 16 noyabr kuni Yozuvchilar uyushmasida Xalqaro  bag'rikenglik va millatlararo totuvlik kuniga bag'ishlangan  "Yangi O'zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" nomli  tadbirda ozining " Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada oqish insonga zavq bagishlaydi" mavzusidagi ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tadbir davomida Tatyana Sergeevna “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali muxbiriga ham intervyu berdi.
17/11/2022 - 17:45

17.11.2022
 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati TSMRIning TTJ talabalari bilan 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan "Bayrog'imiz-g'ururimiz, orimiz" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. 
Suhbat davomida talabalar mavzuga doir qiziqarli test savollariga yozma javob berdilar.
17/11/2022 - 16:45

17.11.2022
Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi 4- tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish doirasida 211- maktab bilan hamkorlikda 9-10-11-sinflar o‘rtasida “Erudit” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Tadbirdan maqsad kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish.
 Tanlovda o'quvchilar faol ishtirok etishdi: ular adabiy krossvordlar yechishdi, adabiy asarlarni bilish bo‘yicha viktorinalarda qatnashishdi.
Tanlovda 10-B sinf o'quvchilari g'olib bo'ldilar.
17/11/2022 - 15:20
 
17.11.2022  Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari oilada kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida  "Kitobxon ona - kitobxon bola" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar. 
Ko'rgazmada ota-onalarning farzandlar bilan birgalikda kitob mutolaa qilishlari ularning kelajaklari va bilimlari oshishidagi muhim o'rni haqida foydali ma'lumotlar, hamda qiziqarli adabiyotlar joy olgan.
14/11/2022 - 17:22

14.11.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari o'zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoiri Usmon Nosir tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Otashin shoir, tarjimon va dramaturg" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmada shoir hayoti, ijodi haqida qisqacha ma'lumot, uning  va u haqidagi asarlar joy olgan.
10/11/2022 - 13:14

10.11.2022 Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Bibliografiya xizmati mutaxassislari 10 noyabr Butunjahon yoshlar kuni munosabati bilan "Yoshlar kelajagimiz" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar.
Ko'rgazmada yoshlarning bilim va tarbiyalari  uchun foydali, hamda O'zbekistonning yosh ijodkorlarining ilk kitoblari joy olgan.
Ushbu bayram munosabati bilan "Lashkarbegi"MFY yosh vakillari kutubxonaga tashrif buyurdilar.
04/11/2022 - 17:10

4.10.2022 “INFOLIB O'zbekiston 2022” haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan  “Yosh kitobsevar” klubi a’zolari uchun Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad yoshlarda O‘zbekistonning tarixiy “Oltin merosi”ga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
03/11/2022 - 18:42

2022-yil 3-11-kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB Uzbekistan – 2022” XI Milliy haftaligi doirasida yoshlarni kitobxonlikka yanada qiziqishlarini uyg‘otish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida “Kitobni varaqlab dunyoni ochamiz” nomli konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida AKM mutaxassislari kitobning inson kamolotidagi ahamiyati, zamonaviy dunyoda kutubxonaning vazifalari haqida so‘z yuritdilar.
7-sinf o‘quvchilari maktab dasturidan tashqari o‘zlari o‘qigan sevimli kitoblari muhokamasida, viktorinalar va adabiy o‘yinlarda faol ishtirok etdilar.

Pages

Subscribe to Новости