"Siyosiy qatag`on qurbonlarini yod etish"

Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, "Lashkarbegi" MFY faollari va mahallaning "Keksa va nuroniylar Kengashi" raisi Zulfiya Rasuliy bilan birgalikda, 2024-yil 22-oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi"da bo`lib o`tgan "Siyosiy qatag`on qurbonlarini yod etish" haqidagi tadbirda ishtirok etishdi.
Tadbirda qatag`on qurbonlari tog`risida juda muhim ahamiyat kasb etgan ikkita kitob taqdimoti bo`lib o`tdi. Ulardan biri “Tarixning noma`lum sahifalari” 11-jildi to`plami bo`lib, unda ilmiy maqolalar, hujjat va materiallar, xotiralar o`rin olgan. Ikkinchi kitob esa O`zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda nashr etilgan “Tarix: xotira, xulosa va saboqlar” deb nomlangan.
Shuningdek, tadbirda qatag`on qurbonlarining nevara-ajdodlari ham qatnashib nutq so`zladilar va qatag`on qurbonlarining hayotlari va faoliyatlari haqida qiziqarli bo`lgan kamyob ma`lumotlar bilan bo`lishdilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр