"Lermontov siymosi abadiydir"

2024-yil 16-oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida AKM mutaxassislari tomonidan "Lermontov siymosi abadiydir" nomli shoirning 210 yillik tug'ilgan kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

 

Tadbirda "Tabiiy va aniq fanlar"ga ixtisoslashgan S.H. Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litsey o`quvchilari va litseyning rus tili o`qituvchisi Nazirova Saodat Normatovna ishtirok etishdi. Tadbirda nafaqat Lermontov ijodi bo`yicha, balki rus adabiyotining yirik va mashhur namoyondalarining ijodi bo'yicha o'quvchilar o'rtasida she'rxonlik va viktorinalar bo'lib o'tdi. Shoirning asarlari muhokama qilindi. Rus adabiyoti va Lermontov asarlari bo'yicha tayyorlangan kitob ko'rgazmalariga bibliografik sharh berildi. Faol ishtirok etgan o'quvchilarga kitob sovg'a qilindi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр