08/04/2024 - 12:30

“Xon Atlas” festivali doirasida “Hayot ranglari” nomli tadbiri boʻlib oʻtdi.
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 8 aprel kuni yoshlarni milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, madaniy merosni asrab-avaylash va yuksaltirish maqsadida 211-maktab o‘quvchilari uchun sayyor tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Xon Atlas tarixiga oid videorolik namoyish etildi. AKM mutaxassislari tomonidan ming yillik o‘tmish timsoli, an’ana va urf-odatlari, estetik qarashlari, xalqimizning milliy libosidagi o‘ziga xos xususiyatlari haqida suhbat uyushtirildi.

O’quvchilarga, shuningdek, o‘ziga xos naqshga ega yorqin o‘zbek xon-atlasi butun dunyoga mashhur ekanini ta’kidladilar.
AKM xodimlari tadbir ishtirokchilarini kitob ko‘rgazmasi bilan tanishtirdi. Haqiqiy go'zallik va milliy ranglar bayrami bo'lib o'tdi.
06/04/2024 - 12:27

2024-yil 5-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Tarixda qolgan nom” tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir O‘zbekiston teleradio va televideniyada qator ko‘rsatuvlar muallifi va rejissyori, jurnalist va yozuvchi - Mastura Abdurahimovna Isxakova bilan bo'lib o'tdi. Tadbir O‘zbekiston ilm-fani, adabiyoti va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan taniqli ayollar – O‘zbekiston arboblari haqidagi turkum tadbirlarning boshlanishidir. Tadbir davomida muallifning “Navro‘z”, Zulfiya va Hamid Olimjon nomli hujjatli filmlaridan lavhalar namoyish etildi, ular haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, filmlar yaratilishi va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Tadbir davomida "DIPLOMAT INTERNATIONAL SCHOOL" o‘quvchilarining chiqishlari yorqin va qiziqarli bo‘ldi. Ishtirokchilar Isxakovlar oilasining hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Tadbir yakunida AKM mutaxassislari o'quvchilarga kutubxona zallari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdilar.
02/04/2024 - 12:21

Kitoblar qalbimizni ilitadi, ko‘nglimizni yoritadi, baxtli va saodatli,  nurli  kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat  bugun  hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam  egallashning yo‘li esa bitta, ya’ni – kitob o‘qish.
Joriy yilning 2-aprel  kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona  markazida "2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Sehrli ertaklarga sayohat"  nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada asarlar, ertaklar, maqollar, hikoyalardan iborat bo'lgan adabiyotlar hamda bolalar ensiklopediyalari o'rin olgan.
Yangi O‘zbekiston bolalariga atalgan kitoblar hayot maydonining eng yuksak cho‘qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga o‘xshaydi. Ularning har bir sahifasi farzandlarimizni izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlab va hamisha ilhomlantirib turadi.
01/04/2024 - 12:18

29 mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari STARS universiteti tashkil etgan "Ma'naviyat va ma'rifat markazi" ochilishida metodik yordam berdilar. Markazda tashkil etilgan kitob javonlariga kitoblarni joylashtirib berdilar.
26/03/2024 - 12:17

2024-yil 25-mart kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot- kutubxona markazida taniqli rus yozuvchisi, dramaturg, jurnalist  Yu.K. Oleshaning 125 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
AKM mutaxassislari tadbir ishtirokchilarini  yozuvchi hayoti va ijodi bilan tanishtiridilar. Tadbir davomida yozuvchi yaratgan asarlari asosida tayyorlagan kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhini  o‘tkazdilar.
20/03/2024 - 12:14

Joriy yilning 20-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman  axborot-kutubxona markazida Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan xalqimizning e'zozli milliy bayrami, tabiatga cheksiz go'zallik in'om etuvchi "Navro'z" ayyomiga bag'ishlangan "Assalom Navro'z" nomli kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
20/03/2024 - 12:12

Har yili mamlakatimizda Navro'z bayrami keng miqyosda nishonlanadi. Barcha shahar va qishloqlarda bayram sayillari, tomoshalar, boshqa bayram tadbirlari o'tkaziladi, milliy o'yinlar o'ynaladi. Shu singari 20-mart kuni, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 211-maktabda ham bayram tadbiri yuqori shukuhda  o'tkazildi. "Assalom, Navro'z" nomli ushbu tadbirda maktab o'quvchilari tomonidan she'r va milliy qo'shiqlar yangradi, milliy liboslarda milliy raqslar, turli xil bellashuvlar, milliy o'yinlar o'ynaldi. Tadbirda  Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etdilar.
20/03/2024 - 12:10

Navro'zi olam biz uchun eng qadimiy,  asl milliy,   urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni o'zida tarannum etuvchi bayram.
 
Joriy yilning 19-mart kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida  xalqimizning e'zozli milliy bayrami, tabiatga cheksiz go'zallik in'om etuvchi "Navro'z" ayyomiga bag'ishlangan "Assalom Navro'z" nomli kitob ko'rgazma tashkil etildi. Ko'rgazmada milliy bayramimiz tarixi haqida hikoyalar, o'zbek xalq ijodiyoti namunalari bo'lgan dostonlar, maqollar, bahor go'zalligi, nafosatini o'z she'rlarida tarannum etgan shoirlarning kitoblari o'rin oldi.
18/03/2024 - 12:08

2024-yil 15-mart kuni yoshlarni huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Inson huquqlari qonun bilan himoyalangan” nomli tadbir o'tkazdilar. Tadbir davomida mavzuga oid kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o‘tkazildi.
 
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad huquqiy ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash va huquqiy bilimni  oshirishdir.
16/03/2024 - 12:06

2024-yil 14-mart kuni  Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar. Konferensiya Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi Ma’naviyat ma’muriy markazi majlislar zalida, “Pravoslav kitobi kuni” munosabati bilan, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi elchixonasi, Rossotrudnichestvo, O‘zbekiston rus madaniyat markazi, O‘zbekiston “VETERAN” faxriylar va nogironlar uyushmasi vakillari, olimlar, tarixchilar, o‘qituvchilar, kutubxona muassasalari vakillari va turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar, jamoat arboblari ishtirok etdi.

Konferensiya davomida ishtirokchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Pages

Subscribe to Новости