o‘z
RU
DE
“XX asr boshlarida Turkiston va milliy ziyolilar”
Mirzo Ulug`bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2025-yil 15-yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo`lib o`tgan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, “ Shahidlar xotirasi” jamoat fondi va O`zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida chop etilgan, professor B.V. Hasanovning “XX asr boshlarida Turkiston va milliy ziyolilar” nomli kitob taqdimotida ishtirok etdilar. Kitob taqdimotida professor B.V. Hasanov Turkistonning XX asr boshlaridagi tarixiy jarayonlar, milliy ziyolilarni shakllantirgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy omillar haqida so`zlab berdilar.
Jumladan, Turkistonning o`sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayoti, milliy uyg`onish harakatlari, shu bilan birga, Turkiston ziyolilarining roli va o`z vaqtida yuzaga kelgan muammolarni chuqur yoritib, O`zbekistonning mustaqillik yo`lidagi tarixiy bosqichlari, milliy ziyolilar va ularning qat'iyatli kurashlari haqida so`z yuritdilar.