07/05/2024 - 16:03

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida "Kitobxon ona - kitobxon bola” dasturi doirasida kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi va bibliografik sharh o'tkazildi.
 
Ko‘rgazmada oilaviy o'qish uchun  kitoblar: ertaklar, sarguzashtlar, bolalar uchun o‘quv adabiyotlari hamda bolalar va ularning ota-onalari uchun foydali bo'lgan adabiyotlar namoyish etildi.
 
Taqdimotning maqsadi - oilaviy kitobxonlikni yanada kuchaytirish va kitobxonlikka jalb etish.
06/05/2024 - 16:00

Joriy yilning 6-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qaipbergenov tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan “Qoraqalpoq qomusi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
04/05/2024 - 15:59

Joriy yilning 29 apreldan 3 mayga qadar Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv asoslari" bo'yicha 40 soatlik o'quv kursida o'qib, malaka oshirdilar. Darslarni yuqori tajribali va malakali ustozlar olib bordilar.
Ushbu o'quv darslarida:
- Kasaba uyushmasi nima? Uning prinsiplari va vazifalari;
- Mehnat sohasiga oid asosiy qonunchilik;
- Mehnat intizomi;
- Xodimlarni ishga qabul qilish to'g'risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
- Mehnatni muhofaza qilish kabi darslari yuqori saviyada o'tkazildi.


O'quv kursi yakunida o'tilgan darslar yuzasidan test savollariga javob berib, "Sertifikat" oldilar.
02/05/2024 - 15:55

Joriy yilning 2-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 95 yilligiga bag'ishlangan  “Hayot, senga oshiqman” nomli  kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmada shoir ijodiga mansub bo'lgan she'rlar, asarlar va tarjimalardan iborat adabiyotlar o'rin olgan.
28/04/2024 - 15:53

2024-yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitobxonlik haftaligi-2024" doirasida "Mantiqiy xato" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  
Taqdimotda Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.
28/04/2024 - 15:51

2024-yil 25-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Danko” adabiy klubi bilan hamkorlikda "Abadiy bahor" nomli adabiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi O‘.G‘. Bordovskiy —  va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, A.Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining postanovkachi rejissyori A. E. Slonim ishtirok etdi. Tadbirda "Danko" klubi a'zolari o‘zlari tomonidan bahor, muhabbat, do‘stlik haqidagi she’rlarini o'qib berdilar.

Tadbir davomida O.G.Bordovskiy “Kitob mening sodiq do‘stim, ezgu fikrlarning haykaltaroshi” kitobiga kirgan go'zal va mazmunli she'rlaridan o'qib berdi.
Adabiy tadbir juda sermazmun bo'lib o'tdi. Tadbirda ishtirokchilar o'z ijodlari orqali bir-birlari bilan qiziqarli va sermazmun muloqot qildilar.
26/04/2024 - 15:48
2024-yil 26-aprel kuni Mirzo Ulug'bek  tuman Axborot-kutubxona markazida “IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida  “O'qiganlarimizni o'rtoqlashamiz” nomli tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirga 18-sonli maktabning 4"B" sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar va AKM mutaxassislari  tomonidan ularga kutubxona fondida mavjud kitoblar asosida yaratilgan  “O'qiganlarimizni o'rtoqlashamiz” nomli taqdimot namoyish etildi va  kitobning insoniyat uchun ahamiyati, kitobxonlikning foydalari haqida ma'lumot berdilar.
O'quvchilar  "O'qiganlarimiz haqida" nomli viktorinada faol ishtirok etdilar va o'zlari o'qigan kitoblari haqida hayajon va tasurot bilan gapirib berdilar. Tadbir davomida kitobxonlarni e'tiborini badiiy adabiyotga jalb qilish maqsadida buktreylerlar va bolalar, ilmiy adabiyotlar klassiklari  kitob ko'rgazmalari namoyish etildi.
Tadbirni o'tkazishdan maqsad o'quvchilarning kitobxonlikka bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish; o'quvchilardagi muntazam ravishda kitob o'qishga bo'lgan ehtiyojini shakllantirishdan iborat.
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5656
 
25/04/2024 - 15:46

Joriy yilning 25-aprel kuni “IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida Mirzo Ulug'bek  tuman axborot-kutubxona markazi axborot-bibliografiya xizmati tomonidan Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab  “Mehr va muhabbat kuychisi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi va  kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
25/04/2024 - 15:42
“IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida o'tkazilayotgan haftalikning 3-kunida kutubxona bo'ylab sayohat! 
2024-yil 24-aprel kuni   Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida “Siz kitobning uyini bilasizmi?” nomli  tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga 71-sonli maktabning 4-sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar va kutubxonadagi o'quv zallari  bo'ylab ekskursiya uyushtirdilar.
Axborot-kutubxona markazi  mutaxassislari tomonidan  "O'qish zarar emas - o'qimaslik zarar" nomli taqdimoti namoyish etildi va kitobxonlarga  kutubxonadan foydalanish qoidalari, kerakli kitobni qanday tez topish mumkinligi, uning afzalliklari to'g'risida mal'umot berildi.  O'quvchilar "Kitob qahramonini toping?"nomli viktorinada faol ishtirok etdilar.
 
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5651
24/04/2024 - 15:40
“IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida o'tkazilayotgan haftalikning 2-kunida tadbir tashkil qilindi.
2024-yil 23-aprel kuni   Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Kitob – bizning eng yaxshi do'stimiz” nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda "Yosh kitobxon" klubi kitobxonlari qatnashdilar va tadbir davomida tashkil etilgan  intellektual viktorina savol-javob o'yinlarida   faol ishtirok etdilar. 
“Kitobsevar millat”  nomli kitob ko'rgazmasi  tashkil etildi va tadbir davomida kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi o'tkazildi.
 
https://t.me/mirzo_ulugbek_takm/5650

Pages

Subscribe to Новости